1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng



Yüklə 85 Kb.
səhifə1/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
  1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI


“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Ikkinchi jahon urushidan so`ng Fransiya iqtisodiyoti.

TOPSHIRDI: Guruh 924-20 Samanqulov Davron


QABUL QILDI: S.A.Saitov


JIZZAX-2021


REJA:


  1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng

  2. De Goll va «qollizm» muammolari

  3. Muvaqqat rejim davri (1944-1946-yillar)

  4. To`rtinchi respublika (1946-1958-yillar)

  5. Beshinchi respublika

Adabiyotlar


1.Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng
Fransiya ozod etilgan 1944-yil kuzidan to To`rtinchi respublika konstitutsiyasi qabul qilingan 1946-yil kuzigacha bo`lgan muddatdagi siyosiy tuzumi tarixga Vaqtli rejim nomi bilan kirgan. Bu mamlakat tarixida uzoq davom etmagan, biroq juda muhim davr bo`lganki, unda demokratik va antifashist kuchlar katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Urush natijasida fransuz iqtisodiyoti kuchsizlanib qoldi. Sano-atda ishlab chiqarish hajmi urushgacha bo`lgan darajadan 38 foiz, qishloq xo`jaligida – 60 foizgacha pasaydi. Ko`plab zavodlar to`xtab qoldi, shaxtalar deyarli ishlamadi. Tashqi savdo qariyb yo`q darajada edi. Pul tizimi izdan chiqdi. Mamlakatda yonilg`i, xom-ashyo, oziq-ovqat, keng iste`mol mollari yetishmasligi yaqqol sezilib turdi. Narxlar jadal oshdi va urushdan oldingi darajadan 6 raarta o`sdi. Aholini oziq-ovqat bilan ta`minlash uchun kartochka tizimi joriy etildi. «Qora bozor» va chayqovchilik gullab-yashnadi.
Siyosiy hayotda ham katta o`zgarishlar ro`y berdi. Fransiya milliy manfaatlariga xiyonat qilgan partiyalar siyosiy maydondan ketdi. So`l antifascist tashkilotlar uchun ro`shnolik kunlari keldi. Ayniqsa, Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) katta obro` qozondi. Uni «otib tashlanganlar partiyasi» deb nomlashdi, chunki gitlerchilar uning deyarli barcha yirik vakillarini otib tashlashgan edi. Bu partiya rahbarligida fransuz Qarshilik harakati amal qildi. 1945-yilda u mamlakatdagi eng yirik siyosiy partiyaga aylandi. Uning saflarida 900 ming a`zo bo`lgan.
Qarshilik harakatida ishtirok etgani va ishchilar harakati bilan aloqasi tufayli sotsialistik partiya o`z pozitsiyalarini mustahkamladi. «Tamoyillar bayonotnomasi»da (1946-yil) u mavjud tuzumni tugatish haqidagi o`z niyatini e`lon qildi. Urush yillarida sotsiahstlar FKP bilan birligini bildirdi va 1944-yil dekabrida ikkala partiya Kelishuv qo`mitasini tuzishdi.
Urush paytida Yevropa mehnatkashlarini birlashtiruvchi va saflarida 5,5 million kishi bo`lgan Umumiy mehnat konfederatsiyasi (UMK) tashkil etildi.
Fashistlar bilan hamkorlik qilgan partiyalar hukumat dekretlari bilan tarqatib yuborildi. Ular o`rniga yangi partiyalar yuzaga keldi. Bu partiyalar orasida Xalq respublikachilar harakati (XRH) eng obro`lisi edi General de Goll (1944-yilda tuzilgan). Uning dasturida «inqilobni qonunlar yo`li bilan» amalga oshirish, sanoatni qisman natsionalizatsiya qilish va iqtisodiyotga rahbarlikni davlatga berish ko`zda tutildi. Harakat ishchilarning ishlab chiqarishni boshqarishdagi ishtirokini ko`zda tutuvchi tizimni yaratishni rejalashtirdi. XRH tashqi siyosatda G`arbiy Yevropa davlatlarini birlashtirish konsepsiyasini ilgari surdi. Uning yo`lboshchilari Amerika Qo`shma Shtatlari namunasi bo`yicha «Yevropa
Qo`shma Shtatlari»ni yaratishga chaqirdi.
Ushbu harakatning ommaviyligi birinchi galda general de Goll nomi bilan bog`liq edi. «Kurashayotgan Fransiya» vatanparvarlik hara-katining rahbari bo`lgan bu insonning irodasi va siyosiy qarashlari urushdan keyingi Fransiya tarixiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə