1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng



Yüklə 85 Kb.
səhifə7/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot

1969-yil iyunda Jorj Pompidu respublika prezidenti etib saylandi. U de
Gollning siyosiy yo`lidan borayotgan sodiq safdoshi edi. J.Pompidu o`tkazgan qayta tashkil etish natijasida siyosiy partiyalar soni kamaydi va «hukumat beqarorligi»ga chek qo`yildi.
1974-yil bahorida J. Pompidu vafot etdi. O`ngchilar vakili V.Jiskar d`Esten va so`lchi-sotsialistlar partiyasining yetakchisi Fransua Mitteran o`rtasida prezident saylovi uchun kurash boshlandi. Uncha ko`p bo`lmagan farq bilan V. Jiskar d`Esten g`olib chiqdi. U Jak Shirakni premyer ministr qilib tayinladi.
1974-yilda boshqa g`arb davlatlari kabi Fransiyani ham iqtisodiy tanglik qamrab oldi. Ishlab chiqarish pasayib, ishsizlik, inflyatsiya kuchaydi. Jahon bozorida neftning narxi tushib ketdi, natijada mam-lakatda yoqilg`i bahosi o`sib ketdi. Bu hoi barcha sanoat mahsulot-larining narxi oshishiga olib keldi. Aholining ko`pini ishsiz va hech qanaqa nafaqa olmaydigan yoshlar tashkil etar edi.
Jiskar d`Esten liberalizm rahidagi ijtimoiy islohotlar o`tkazishni zarur deb hisobladi. Bunga mehnat sharoitini yaxshilash, ayollar huquqini kengaytirish, yoshlarni ish bilan ta`minlash kabi tadbirlar kirar edi. Sodiq gollchi J.Shirak ilgarigi yo`nalishdan voz kechishni rad etdi.
1981-yilgi prezident saylovida so`lchilar vakili F.Mitteran g`olib chiqdi. U Milliy majlisni tarqatib yubordi va yangi saylovlarni tayinladi. Unda sotsialistlar ko`pchilik ovozga ega bo`ldi.
Yangi prezident va uning mahkamasi ilk faoliyatining birinchi yilida mehnatkashlar manfaatini ifodalovchi muhim islohotlar bilan tanildi. Ish haqi, ishsizlik uchun, ko`p bolali oilalarga to`lanadigan nafa-qa miqdori oshirildi, qariyalik nafaqasi va stipendiyalar ko`paytirildi, yirik kapitalni soliqqa tortish kuchaytirildi. Ish haftasi 39 soatgacha qisqartirildi va besh yil davomida ish haftasini besh kunlikgacha olib kelish majburiyati olindi. Sotsialist Pyer Morua rahbarligidagi hukumat 36 ta bank va 9 ta sanoat guruhini (metallurgiya, elektronika, kimyo, aviasozlik, harbiy tarmoq va boshqa) natsionalizatsiya qilish va umum-milliy organlar vakolatini qisqartirish hamda munitsipalitetlar huquqini kengaytirish yo`li bilan markazlashtirilmagan davlat boshqaruvi das-turini amalga oshirishga kirishdi. Bu 1936-1937-yillardagi Xalq sharoiti davridan buyongi eng chuqur islohotlar edi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə