1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng


Muvaqqat rejim davri (1944-1946-yillar)



Yüklə 85 Kb.
səhifə3/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot

3.Muvaqqat rejim davri (1944-1946-yillar)


Urushdan keyingi dastlabki vaqtli hukumatga Sh.de Goll rahbarlik qildi. Hukumat tarkibiga antifashist partiya vakillari, Qarshilik haraka-tining faol ishtirokchilari, shu jumladan, kommunistlar va sotsialistlar ham kirdi.
Vaqtli hukumat okkupatsiya yillarida fashistlar bilan hamkorlik qilgan kishilarni davlat apparatidan tozaladi. Peten va Laval boshchi-ligidagi barcha ministrlar davlatga xiyonat qilishda ayblanib, sud qilindi. Laval o`lim jazosiga hukm etildi. Peten esa avf qilindi. Unga o`lim jazosi umrbod qamoq bilan almashtirildi. Barcha reaksion tashkilotlar tarqatildi, ularning rahbarlari esa turli muddatlarga hukm qilindi.
Muvaqqat rejim davridagi asosiy voqea mamlakat yangi konstitu-tsiyasi qabul qilinishi kerak bo`lgan Ta`sis majlisiga saylovlar bo`ldi. Saylov 1945-yil 21sentabrda bo`lib o`tdi va unda Fransiya KP g`olib chiqdi. FKP 5 million ovoz (umumiy ovozning 26 foizi) olib, jami 545 ta deputatlik mandatidan 152 tasiga ega bo`ldi. Ikkinchi o`rinni 142 ta mandat bilan sotsialistlar egalladi, uchinchi o`ringa esa 141 ta mandatga ega Xalq harakati vakillari chiqishdi. Sotsialistlar va kommunistlar Ta`sis majlisida eng ko`pchilikni (294) tashkil etganda mamlakatda yangi siyosiy sharoit yuzaga keldi. De Goll premyer-ministr lavozimini egalladi. Hukumat tarkibiga kommunistlar, sotsialistlar va Xalq respub-likasi harakati vakillari kirdi.
Biroq hukumatning bunday taqsimlanishi de Gollni qoniqtirmasdi. Shu bois
1946-yil yanvar oyida bo`lib o`tgan Ta`sis majlisida deputat-lar harbiy xarajatlarni 20 foizga qisqartirishganda orada nizo chiqdi va general iste`foga chiqdi. Bunday xatti-harakat bilan u o`zining shaxsini bildirib qo`ymoqchi bo`ldi. Biroq hech kim de Golldan hokimiyatga qaytib kelishini so`ramadi va u 1958yilgacha mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etmadi.
Ayni paytda Sh. de Gollning isteToga chiqishi mam-lakatdagi voqealar rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Ta`sis majlisi va hukumat mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy strukturasida keskin burilishni anglatuvchi bir qator ilg`or chora-tadbirlar qabul qildi. Barcha yirik banklar, elektr energetikasi va gaz sanoati davlat tasarrufiga o`tkazildi. Davlat mulkiga aylantirilgan korxonalarni boshqarishda hukumat vakillari, ishchi va xizmatchilar ham ishtirok eta boshladi. 40 soatlik ish haftasi, ishchilar uchun 2 haftalik, xizmatchilar uchun 3 haftalik ta`til joriy qilindi. Ish haqi 80 foizga oshdi, yagona ijtimoiy sug`urta tizimi joriy qilindi. Mamlakat jamiyatni demokratlashtirish va mehnatkashlar turmushini yaxshilashda keskin burilish yasadi.
Muvaqqat rejim erishgan katta yutuqlardan biri sifatida mamlakat-da demokratik tuzumni belgilab bergan yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi bo`ldi. Hukumat va parlamentni nazorat qiluvchi kuchli prezi-dent hokimiyatini o`rnatish loyihasi rad etildi. Fransiya o`z tarixining yangi davriga kirdi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə