1. Fransiya ikkinchi jahon urushidan so`ng



Yüklə 85 Kb.
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü85 Kb.
#130947
1   2   3   4   5   6   7   8
fransiya ikkinchi jahon urushidan song iqtisodiyot

1951-yil dekabrda Fransiya tashabbusi bilan Yevropa ko`mir va po`lat birlashmasi (YKPB) tashkil etildi. Bu Fransiya va Germaniya ko`mir hamda po`lat eritish sanoati birlashuviga asos soldi. 1952-yili Parijda «Yevropa mudofaa uyushmasi» to`g`risidagi shartnoma imzolandi va u Germaniyaning qayta qurollanishiga olib keldi. 1955-yili may oyida Germaniya NATO tarkibiga kirdi. Bunga javob sifatida Sovet Ittifoqi 1944-yilgi sovet-fransuz shartnomasini bekor qildi.
Tashqi siyosatdagi bunday o`zgarishlar mamlakatda chuqur ijti-moiy va siyosiy nizolarni keltirib chiqardi. Siyosiy kurash umumiy sha-roitning beqarorligiga sabab bo`ldi, deb baholash mumkin. To`rtinchi respublikaning 12 yillik mavjudligi davomida yigirma uchta hukumat almashdi.
Nihoyat, To`rtinchi respublika xalq ishonchini yo`qotdi. Ish tashlash harakati kuchaydi. 1956-yilgi ish tashlashlarda 982 ming kishi, 1957-yilgisida 2964 ming kishi ishtirok etdi.
1958-yil may oyida navbatdagi hukumat inqirozi ro`y berdi. Parijda harbiy g`alayon tayyorlanardi. Bu esa demokratik kuchlarning noroziligiga sabab bo`ldi. 1958-yil 28-may kuni yuz minglab kishilar harbiy diktatura o`rnatilishiga qarshi norozilik bildirib namoyishga chiqdilar. Mamlakatda tartibsizlik yuzaga kelib, hukumat faoliyati izdan chiqdi. Siyosiy tebranish xavfi oldidan 1958-yil 1-iyunda Milliy majlis general de Gollni mamlakat premyer-ministri etib tayinladi. Generalning Fransiya uchun tarixiy ahamiyatga ega yangi siyosiy hayoti bosh-landi.

5.Beshinchi respublika


De Goll mamlakatning yangi konstitutsiyasini taklif etdi. 1958-yil sentabrdagi referendumda qatnashganlarning 79 foizi uni yoqlab ovoz berdi.
Yangi konstitutsiyaga ko`ra prezident umumxalq ovozi bilan 7 yil muddatga saylanadigan bo`ldi. Davlat rahbari shaxsan barcha ichki va tashqi siyosatni boshqaradi, premyer-ministr, ministrlar va barcha har-biy va fuqarolik rahbarlarini tayinlaydi, turli dekret va farmoyishlarni imzolaydi, saylovdan bir yildan so`ng har qanday paytda Milliy majlisni tarqatib yuborish huquqiga ega.
Prezident Oliy bosh qo`mondon, Oliy Kengash va Milliy mudofaa qo`mitasi raisi sanaladi. U tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa ministrliklari faoliyatiga ham rahbarlik qilar edi. Qonunlar va qaror-larning barcha loyihalari prezident kanselyariyasida ishlab chiqilardi. 1958-yil 21-dekabrda general Sharl de Goll umumxalq ovozi bilan respublika prezidenti etib saylandi. Fransiyada Beshinchi respublika tarixi boshlandi. Sh. de Goll uchun saylovchilarning 75,5 foizi ovoz berdi. U xalq ishonchiga va favqulodda vakillikka ega bo`ldi.
Sh. de Goll Jazoir xalqining o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini tan oldi (1959-yil 19-sentabr). Bunga javoban Jazoirda fransuz mus-tamlaka qo`shinlari zobitlari g`alayoni boshlandi. Sh. de Goll zudlik bilan uni bostirish choralarini ko`rdi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə