Siyosiy partiyalar to‘G‘risida 1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#152534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
337-I 26.12.1996



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA 
1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi
Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, 
manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati 
organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini 
ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat 
ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
74-moddasi

2-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga
, ushbu Qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga 
muvofiq, shuningdek o‘z ustavlari asosida amalga oshiradilar. 
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
3-modda. Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat 
ko‘rsatish prinsiplari 
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga 
oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy 
ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi 
boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi 
taqiqlanadi:
konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib 
qo‘yuvchi;
O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, 
fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; 
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi; 
xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi; 
milliy va diniy ruhdagi partiyalar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə