Ziyonet doc


Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri. 
Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta 
shahrida rimlik amaldor oilasida tug’ilgan. Otasi majusiy bo’lib, onasi xristianlikni 
qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin 
kitob, 500 vaznasi – xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan “Akademiklarga 
qarshi” (386), “Baxtli hayot xaqida” (386), “tartib haqida” (386) “Monologlar” 
(387) “ Jon manguligi haqida” (387-389) “O’qituvchi haqida” (388-389), “to’g’ri 
din haqida” (390), “Erkin iroda haqida”(388-395), “Tavba” (401), “Tazarru” 
“ilohiy shahar haqida” (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian 
iloxiyotchilaridan biri sifatida G’arbiy Yevropa o’rta asr manaviy – diniy hayotiga 
katta tasir ko’rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar 
ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy talimotni ishlab chiqdi. 
Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy 
talimoti va qadimgi talimotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr 
falsafiy doktarinalaridan Platon talimotini asosan neoplatonchilar talqini orqali 
o’rgangan. Avgustin talimoti o’rta asr tafakkurini belgilochi manaviy omilga 
aylanib, butun G’arbiy Yevropa xristianlik talimotiga katta tasir ko’rsatadi. O’rta 
asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga ko’tarila olmagan. U uning 
izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruxining 
asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U sanatga madaniyat va 
tabbiy fanlarga nixoyatda xam etibor bergan. Avgustin o’z falsafasining xristian 
asosiga katta axamiyat bilan qaragan uning falsafasi Geotsentrik ruhda, yani xudo 
falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlang’ich printsipdan kelib 
chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb takidlaydi. Xudo bilish 
sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni 
tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi 
baxtga erishishi mumkin. Shunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta 
yo’l ochib beradi.
Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi 
talimotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u 
faqat sharpadir, xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin 
emas. 
Avgustin talimotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bo’lgan olam aqli 
yaratilgan xudo uni o’z shaxsiy g’oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – 
Platonning g’oyalar haqidagi talimotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin 
talimotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida 
yaxshilik va yomonlik ular o’rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. 
Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik 
bo’lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi 
shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u 


34 
erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin 
yovuz iroda zaharlangan. Bundan o’z navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. 
Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat 
yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yo’q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin 
dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi 
yo’qligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy 
talimotida ham muhim o’rinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib 
chiqadi, xudo mexribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, 
yaxshilik uchun emas. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə