6-mavzu: gidrologik omillar ta’sirida vujudga keluvchi tabiiy geografik jarayonlar.(2 Soat) reja



Yüklə 203,17 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.10.2023
ölçüsü203,17 Kb.
#128558
6-Mavzu (1)



6-MAVZU: GIDROLOGIK OMILLAR TA’SIRIDA VUJUDGA 
KELUVCHI TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR.(2 SOAT) 
REJA: 
1.
Yer usti va yer osti suvi ta'sirida yuzaga keladigan jarayonlar. 
2.
Suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida yuz beruvchi jarayonlar. 
3. Karst, suffyuziya, o’zan va qirg’oq eroziyasi tabiiy jarayonlariga tavsif
 
Gidrologik va gidrogeologik oqim o’zaro chambarchas bog’liq holda 
shakllansada, ular tabiiy geografik jarayonlarning shakllanishida turlicha ahamiyat 
kasb etadi. 
Gidrologik oqim deb, suvning yerning yuzasi bo’ylab harakatlanayotgan
qismiga aytiladi. Gidrologik oqimni o’z navbatida o’zansiz va o’zanli deya ikki 
guruhga bo’lib o’rganish mumkin. 
O’zansiz oqim.
Erigan qor suvi, yomg’ir yog’ishi, do’l tushishi tufayli 
qiyalama yon bag’irlar bo’ylab, bir necha mm qalinlikda yer yuzasini sidirg’asiga 
qoplab oluvchi oqim shakllanadi. Ular ba’zan mayda jo’yakchalar xosil qilsada, bu 
jarayon uzoq vaqt davom etmaydi. Shu boisdan ushbu mayda jo`yakchalar 
qurigandan keyin nurash, deflyatsiya va boshqa jarayonlar ta’sirida o’zgarib 
yemirilib ketadi. 
O’zansiz oqim garchand qisqa muddat mobaynida faoliyat ko’rsatsada, yon 
bag’irlarning yemirilishi, yemirilgan jinslarning oqim bilan birgalikda qo’shilib 
olib ketilishi, boshqa joyga olib borib yotqizlishi, to’planishi kabi jarayonlar yuz 
berad. Yon bag’irlar bo’ylab karbonatli, sul’fatli va xloridli jinslar ochiq uchragan 
holatlarda esa karst jarayoni rivojlanadi. 
O’zanli oqim.
Mayda jo’yakchalar bo’ylab oqib tushadigan suvlarning 
qo’shilishidan yon bag’irning quyiroq qismida nisbatan birmuncha keng va 
chuqurroq bo’lgan jo’yakchalar vujudga keladi. Bunday chuqurliklar bo’ylab 
harakatlanayotgan suv o’zanli oqim deyiladi. Chunki oqim xarakatlanayotgan 
tabiiy pastqamlik o’zan o’rnini o’taydi. 
O’zanli oqimni shartli ravishda ikki guruhga ajratgan holda o’rganishimiz 


mumkin: 1) vaqtincha suv oqimi, 2) doimiy suv oqimi. Ularni tabiiy geografik 
jarayonlar shakllanishida tutgan o’rniga ko’ra alohida-alohida tarzda tavsiflashimiz 
mumkin. 
Vaqtincha suv oqimi. 
Bunday xususiyatga ega bo’lgan oqimlar asosan 
aridiqlimli mintaqalar uchun o’ta xususiyatlidir. Chunki vaqtincha oqar suvlar 
erigan qor suvi.yu yomg’ir, do’l tushishi, yoki yer osti suv zaxiralarining qisqa 
muddat mobaynida yer yuzasiga ko’tarilishi tufayli yuzaga kelgan suv manbalari-
buloqlar (efemer buloqlar) ta’sirida yuzaga keladi. 
Vaqtincha oqar suvlar ta’sirida tuproq eroziyasining asosiy ko’rinishi tarzida 
jarlarni vujudga keltiradi. 
Surilma. 
Surilma deb, ko’l, dengiz, jar shuningdek suv omborlari, kar’er, 
kanallarning tik qirg’og’ida, tog’ jinslari massasining tog’ yon bag’irlari bo’ylab 
pastga surilib (sirg’anib) tushishiga aytiladi. 
Surilma tushunchasi sof turkiy o’zakdan iborat bo’lgan xalq tabiiy 
geografik termini bo’lib, surilish, sirpanish kabi mazmun beradi. Bu tushuncha 
ushbu jarayonning tabiiy xususiyatlari va xududiy geografik tarqalish jixatlaridan 
kelib chiqqan holda shakllangan. 
Eruvchan tog’ jinislariga suv ta’sir etishi tufayli yuzaga keluvchi tabiiy 
geografik jarayon 
karst deb ataladi.
Ushbu atama Bolqon yarim orolidagi 
oxaktoshli (yura davriga xos) Karst platosi nomidan kelib chiqqan bo’lib, u 
detoponim, ya’ni geografik nomlarning terminlarga, oddiy turdosh otlarga 
aylanishi tufayli yuzaga kelgandir. Bu jarayon tabiatda, rel’efning shakllanishi, 
gidrologik va gidrogeologik oqimning o’zaro aloqasi, qazilma boyliklarning 
shakllanishi va h.k. jarayonlarining shakllanishid muhim rol o’ynaganligi uchun u 
XIX asrning oxirlari va XX asrlarning dastlabki damlaridan e’tiboran izchil 
o’rganila boshlandi.
Savollar
:
1. Gravitatsion kuch tufayli yuz beruvchi tabiiy geografik jarayonlar xususida 
tushuncha bering. 
2. Surilmalar qanday geografik tabiiy sharoitlar asosida vujudga keladi? 


3. Surilmalarning nechta genetik-morfologik turi mavjud? 
4. O’zbekistonda karst jarayonini o’rgangan olimlarni ko’rsating. 
5. Karst va uning metologik turlari haqida tushuncha bering. 
6. Psevdakarst yoki suffoziya haqida tushuncha bering. 

Yüklə 203,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə