Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


-rasm: Yo‘l kengligini o‘lchashdagi hisoblash ko‘rsatkichlari



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə10/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

1.5-rasm: Yo‘l kengligini o‘lchashdagi hisoblash ko‘rsatkichlari.
S –avtomobillar kengligi, V – tasma kengligi, X – trannsport vositalari bilan o‘q chizig‘i orasidagi masofa; U – harakatlanadigan yo‘l qirg‘og‘i bilan yo‘lning umumiy qirg‘og‘igacha bo‘lgan masofa. Barcha masofalar metr hisobida.
Yo‘l qatnov qismini aniqlash: X va U lar uchun quyidagi empirik formulalar tavsiya qilingan: X = 0,3 + 0,1 V1 V2 ; U= 0,1 0,0075V. Bu yerda x va u lar m da, V- tezlik km/s. Quvib utishda xarakat bir tomonga bo‘lgani uchun X = 0,3 + 0,075 V1 V2 ; tavsiya etiladi. Qatnov qismining kengligini asoslashda mavjud holat ko‘proq nazarda tutiladi: qarama qarshi xarakatlanayotgan avtomobillardan biri uncha katta kenglikga ega bo‘lmagan lekin yuqori tezlikda xarakatlanuvchi yengil avtomobil, ikkinchisi kengligi katta bo‘lgan lekin past tezlikda xarakatlanuvchi yuk avtomobili. QMQ 2.05.02-95 asosan qatnov qismi kengligi beriladi.
QMQ da xarakat tasmasi soning har qaysi toifali avtomobil yo‘lidagi qiymati tanladi. Lekin hisoblashlarda quyidagi formula yordamida aniqlashimiz mumkin: n = pr zN N, bu yerda N-yengil avtomobilga keltirilgan xarakat miqdori, avt/soat. -mavsumiy xarakatni noravonlik koeffisiyenti, z-yo‘lni yuklanganlik darajasi, Npr-yo‘l toifasiga mos ravishda namunaviy o‘tkazuvchanlik qobiliyati.
Yo‘l kengligini hisoblashdan maqsad, yo‘l qirg‘og‘idagi ariq, undan keyingi piyoda yo‘lagi va qo‘shimcha ihota maydonlari uchun masofa va ihota maydoniga ekiladigan daraxtlar turini tanlash uchun ularning o‘lchamini tanlashga kerak bo‘ladi.
Daraxt va boshqa ekiladigan o‘simliklarning shoxlari transport vositalarining harakatlanishiga ьo‘siq bo‘lishini oldini olishda bu ko‘rsatkichlar zaruriy o‘lchamlari oldindan hisobga olingan holda ekish ishlari rejalatiriladi.


1.3. avtomobil yo‘llarida harakatlanuvchi transport vositalarining aholiga ko‘rsatadigan faol ta’sirlari
Avtomobil yo‘llarida harakatlanuvchi transport vositalari harakatlanish davrida quyidagicha tarzda aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi adabiyotlardan ma’lum:
1. Yonilg‘ining dvigatel ichida yonishi natijasida yuzaga keladigan zararli va zaharli gazlarning ajralib chiqishidan atmosfera havosining ifloslanishi orqali;
2. Transport vositalari dvigateli va transport vositalarining harakatidan yuzaga keladigan shovqinlar;
3. Transport vositalari dvigateli va transport vositalarining harakatidan yuzaga keladigan changlar.
Hozirgi kunda neft mahsulotlari yonishi natijasida dvigateldan qo‘rg‘oshin, kadmiy, benz(a)piren, uglerodli va boshqa inson organizmi uchun zararli gazlar ajralib chiqadi. Bularning miqdori shaharlarda juda sezilarli darajada bo‘ladi.
Piyodalar yo‘laklarida intensiv transport harakati kuzatiladigan yo‘llarda changlar 314 birlik/soat ga qadar bo‘lishi mumkin va bular ruxsat etilgan chegaraviy me’yor(RECHM) dan ortib ketadi. Shuning uchun ham avtotrassalardan 1,2 km uzoqlikda, yerdan 300 m balandlikda ham bunday zararli omillar uchrashi, aniq aytadigan bo‘lsak, ularning ta’siri kuzatiladi/3/.
Umuman olganda transport vositalarining harakatlanishi natijasida atmosfera havosining ifloslanishini umumiy holatdan kelib chiqib, bularning ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan ifloslanishlar orqali tushuntirish mumkin.
Atmosfera havosining ifloslanishi zavod va fabrikalar, issiqlik elektr stansiyalari, metallurgiya sanoati qatorida taransport vositalarining sezilarli darajada ifloslaydi. Bunda transport vositalarining ifloslashi ko‘p miqdori ichki yonuv dvigatelidan chiqayotgan uglerodli gazlarning ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi bilan izohlanadi.
Avtotransport vositalari chiqarayotgan gaz miqdorini sezilarli darajada kamaytirishning eng qulay usuli respublikamizda 21-asrga qadar asosiy yonilg‘ilar hisoblanish neft mahsulotlari – benzin, kerosin va solyarkalar o‘rnida gazdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish hisoblanib, bu usulda dvigatellardan chiqayotgan uglerod (II) oksid miqdorini ikki baravardan ortiq darajada kamaytirishga erishiladi.



Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə