Muhit. Ekologik omillar va ularning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari. Reja



Yüklə 26,61 Kb.
tarix17.01.2018
ölçüsü26,61 Kb.
#20977

Aim.uz

Muhit. Ekologik omillar va ularning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari.
REJA:
1.Muhit.

2.Moslanish.

3.Ekologik omillar.

4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari.

5.Organizmlarni ekologik klassifikastiya qilish printsiplari.
1.Muhit.
Ekologiyada muhit deb tirik organizmlarni o’rab turgan, uning holatiga, rivojlanishiga yashab qolishigava ko’payishiga bevosita ta’sir etadigan jamiki o’lik va tirik tabiat sharoitiga aytiladi.

Muhit tushunchasi turli ma’nolarni anglatadi.Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar.

Asosan muhit ikki tipga ajratiladi.

1.Tabiiy muhit: havo, suv, tuproq, tirik organizm va hakazo.

2.Sun’iy muhit: inson tomonidan yaratilgan bo’lib, insonning mehnat mahsulidir.

Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud:

1.Suv muhiti

2.Havo muhiti

3.Tuproq

4.Tirik organizmlar

Muhit – hamisha har xil elementlarning murakkab kompleksidir.
2.Moslanish.
Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.

Organizmlarni ma’lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi.

Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.

1.Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.

2.Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.

3.Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.


3.Ekologik omillar.
Muhitning organizmlar bilan o’zaro ta’sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Ekologik omillarni ta’riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov {1933}, V.V.Alyoxin {1950} xizmatlari katta.

Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.

I.Abiotik omillar {olik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:

1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo.

2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari.

3) Topografik {relef sharoiti}.

II.Biotik omillar {tirik}ikki guruhga.

1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri.

2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish va hokazo.}

3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.

III.Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo.
4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari.
Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.

Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.

Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.

M: Rif hosil qiluvchi marjon poliplar faqat +20-300 doirasida yashaydi. Tilogoch esa yakutiada 69-350 C t da yashaydi. Fil,oq ayiq va hokazo.

Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.

Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.

Agar faktorlardan loaqal bittasining miqdor qiymati chidamlilik chegarasidan tashqarisiga chiqsa, qolgan sharoit har qancha qo’lay bo’lgani bilan tur yashay olmaydi.

Maksimum va minimum chegarasidan chiqadigan bunday faktorlar cheklovchi faktorlar deyiladi.M:Shimolda issiq etishmasligi, odatda ko’pgina hayvonlarni tarqalishini cheklaydi yoki dengiz suvining o’ta sho’rligi amfibiyalarning tarqalishini chegaralaydi.

Muhit ekologik faktorlarining tirlarga ko’rsatadigan munosabatiga ko’ra ekologik valentligi turlicha bo’ladi:turning moslashishi keng darajada bo’lsa har bir abiotik faktor nomiga “evri” qoshimchasi qo’shish bilan ifodalanadi.

M: 1.Evriterm turli t0 o’zgarishiga yashaydigan.

2.Evribat turli bosimlarda yashay oladigan

3.Evrigal turlicha sho’rlanish darajasidagi muhitda yashay oladi.

Agar turning ekologik valentligi tor doirada bo’lsa, ekologik faktor oldiga “steno” qo’shimchasi qo’shiladi.M:

1.Stenobat

2.Stenoterm

3.Stenogal

Har ikkala holatda ham umumiy holda ekologik valentligini (tur) ifodalamoqchi bo’lsak “stenobiont” va “evribiont” termini ishlatiladi.

Cheklovchi faktorlar turning geografik arealini belgilaydi. Ayniqsa organizmlarni tabiatda cheklovchi faktorlarini bilib olish insoning xo’jalik yuritishida juda katta rol o’ynaydi, chunki organizmlarning hayotiy faoliyatini boshqarishda, cheklovchi faktorlar kalit hisoblanadi.



5.Organizmlarni ekologik klassifikastiya qilish printsiplari.

Hayvonot, o’simlik olamini hozirgi zamon biologik sistematik klassifikastiyasini bosh mezoni qovm-qarindoshlik o’xshashlik belgilari hisoblanadi. Shunung uchun han.turli shaklga ega turli muhitda yashovchi organizmlar bitta guruhga bo’linadi.M:

Ekologik klassifikastiya qilishda esa hayvonlarni ularni tashqi muhitda xilma-xil hayot kechirishi ularni turlicha klassifikastiya qilish mumkin.

Biz hayvonlarni birgina harakat qilishiga qarab klassifikastiya qilsak, turli xil sinfga kiruvchi turlar 1 ta ekologik guruh kiritiladi. M: Suvda raketasimon harakat qiluvchilarga medo’zalar, bosh oyoqli mollyuskalar, xivchinlilar, yndo’z, beshiktervat lichinkalari va hokazo.

Xullas, turli-tuman ekologik faktorlarga ko’ra klassifikastiya qilish mumkin yoki yana bir misol organizmlarni oziqlanish harakteriga ko’ra klassifikastiya qilamiz.

1.Avtotroflar – 2 ga fototrof va xemotroflarga bo’linadi.

2.Geterotrof

1.a) fototroflar organik modda qilishda quyosh yorug’ligidan foydalanadi.

b) xemotroflar – ximiyaviy reaktsiya energiyasidan foydalanadi.

2.a) saprofitlar – oddiy organik birikmalar bilan oziqlanadi.

b)golozoy- murakkab organik birikmalar bilan oziqlanadi.

Golozoy organizmlar ham o’z navbatida qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.

A)saprofitlar o’simliklarni chirigan qoldiqlari bilan oziqlanadi.

B)fitofag tirik o’simliklar bilan oziqlanadi.

V)zoofag tirik hayvonlar bilan oziqlanadi.

G)nekrofag o’limtiklar bilan oziqlanadi.

Hayvonlarni oziqni tutishiga qarab ham ekologik klassifikastiya qilish mumkin.

M:Fil’troterlar kichik qisqichbaqalar, baqachig’anoq kit va hokazo.



Kavsh qaytaruvchilar, kavsh qaytarmovchilar, ovchilar va hokazo.
Tayanch iboralar: Muhit, tabiiy va sun’iy muhit; suv, quruqlik havo, tuproq va tirik organizmlar muhiti; moslashish; morfologik, fiziologik va xulq – atvor antropogen omillar; optimum va pessimum zona; ekologik valentlik; faktor; ekologik klassifikastiya.
Yüklə 26,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə