Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sharafuddin Ali Yazdiy
asari «Temur Zafarnomasi» va «Jahongir Temur 
tarixi» nomlari bilan ham ma‘lum. 
Tarixchi va shoir Mavlono Sharafuddin Ali Yazdiy, Yazd shahridagi yirik 
olim shayx Hoji Yazdiyning o‗g‗li bo‗lib, o‗spirinlikda otasi kabi shahardagi 
so‗fiylik oqimiga mansub shayxlar bilan muloqotda bo‗lgan. Ma‘lum vaqtdan 
so‗ng u Shohruxning o‗g‗li Fors hokimi Sulton Ibrohim saroyiga yaqinlashishga 
muvaffaq bo‗ldi. Noqulay vaziyatning vujudga kelishi – uning sotqinlikda 
ayblanishi, saroyni tark etishga majbur qildi va ma‘lum vaqt Samarqandda yashadi, 
keyinchalik o‗zining qadrdon qishlog‗i Yazd yaqinidagi Taftga qaytib keladi. Shu 
qishloqda Alisher Navoiy bilan Sharafuddin Ali Yazdiyning uchrashganligi 
ma‘lum. Yazdiy 858 (1454 y.) yilda vafot etdi. «Zafarnoma»dan tashqari uning 
qalamiga mansub bir nechta boshqa asarlar, shu jumladan nazm tarzida yozilgan 
«Temur tarixi» ham mansub. 
Muallif o‗z «Zafarnoma»sini «Sohibqiron fathnomasi» yoki «Jahongir 
tarixi» deb ham nomlaydi. 
Temuriy shahzodalardan Sulton Ibrohim istagi bilan «Zafarnoma» 
Sharafuddin Ali Yazdiy tomonidan 858 (1424-1425 yy.) yillarda tugallanadi. 
«Zafarnoma»ning asosiy matnida 1414 yilda yozilgan kirish («Zafarnoma» 
muqaddimasi), ayrim hollarda Boshlanish (Iftitah) deb ataladigan qism ham 


105 
berilgan. Mazkur qismda Temurning nasl-nasabi, O‗rta Osiyo Chingizxondan 
boshlab to Temurgacha mo‗g‗ullar tarixi va Temur tarixga oid birinchi hamda 
uning vafotidan so‗nggi qator voqealar tafsiloti beriladi. Qo‗lyozmaning bir necha 
tahriri, jumladan qisqartiligani ham mavjud. Sharafuddin Ali Yazdiy ko‗p asarlari 
va asosan Nizomiddiy Shomiyning asari negizida yozilgan. Lekin Sharafuddin Ali 
Yazdiy Nizomiddin Shomiy asarida bayon etilgan voqealarning ba‘zilariga yangi 
tarixiy manbalar asosida aniqliklar kiritdi; unga yangi fakt va dalillar bilan 
boyitdi. To‗g‗ri, Ali Yazdiy «Zafarnoma»sida Temurning shaxsi nihoyatda 
idellashtirilgan. Shunga qaramay, uning shaxsiyat va faoliyatidagi qarama-
qarshiliklar, ya‘ni uning tomondan zolim fotih ekanligi, ikkinchi tomondan esa 
Movaraunahrda feodal tarqoqlikka barham berib, markazlashgan feodal davlatga 
asos solganligi bir muncha haqqoniy va to‗g‗ri tasvirlangan. 
Sharafuddin Ali Yazdiyning zo‗r qimmati shundaki, unda mo‗g‗ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O‗rda, Elxoniylar, Chig‗atoylar ulusi, 
shuningdek Movaraunahrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo 
bo‗lishigacha bo‗lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda yoritib berilgan. Asarning 
bu qismi «Tarixi jahongir» yoki «Muqaddimai Zafarnoma» nomi bilan yuritiladi 
va 1419 yilda yozib tamomlangan. 
«Zafarnoma»ning asosiy qismi, muallifning dastlabki rejalariga ko‗ra, 3 
qismdan iborat bo‗lmog‗i, birinchi qismida Temur tarixi, ikkinchi qismida
Shohrux va nihoyat, uchinchi qismida Ibrohim Sulton davrida bo‗lib o‗tgan 
voqealar bayon etilishi mo‗ljallangan edi. Lekin biz hozir asarning birinchi 
qismigagina egamiz, xolos. Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. 
«Zafarnoma»ning asosiy qismi 1425 yili yozib tamomlangan. 
Keyinchalik ―Zafarnoma‖ matni shoir Lutfiy tomonidan fors, Xotifiy (1521 
yilda vafot etgan) tomonidan tojik tilida she‘riy usulda yoziladi. XVI asr 
boshlarida bu asar matnini Muhammad Ali ibn Darvishali Buxoriy o‗zbek tiliga 
o‗giradi. 
Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖ sining fors tilidan fransuz va ingliz tillarida 
birinchi tarjimasi 1722-1723 yillarda chop etildi. Tarjimon Peti dell Krua 
tarjimasining inglizcha rivoyati, 1885-1888 yillarda Kal‘kuttada Hindiston 
kutubxonasi seriyasida ikki tomlik tarjima amalga oshirildi. Rus tilida 
―Zafarnoma‖ dan parchalar Peterburgda amalga oshirilgan edi. 
XVI-XIX asrlarda al-Buxoriy, al-Xivokiy tomonidan o‗zbek tiliga, al-
Ajomiy tomonidan turk tiliga o‗girilgan matnlar qo‗lyozma tarzida mavjud. Eng 
yangi aynan nusxa nashri 1972 yilda Toshkentda A. K. Arends tahriri ostida Asom 
O‗rinboyevning mufassal kirish so‗zi bilan chiqdi. 

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə