Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Rui Gonsales de Klavixo
ning «Kundaliklari» Temur va Temuriylar davri 
tarixidan baho beruvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404 yili 
Samarqandda Temur saroyida bo‗lgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-
1406 yillar) ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yo‗l xotiralaridan iborat, 
ya‘ni uning 1403-1404 yillari Turkiya, Eron va Movaraunahr, xususan Amir 
Temur saroyida ko‗rgan-bilganlarini o‗z ichiga olgan asardir. 
Klavixoning Amir Temur yurtiga qilgan elchilik sayohati 1403 yilning 22 
mayidan boshlanib, 15 oy deganda u Samarqandga yetib keladi. Bu sayohatda 
Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paeo de Santa Mariya, 
qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo‗ldilar. Klavixoning safari 
Amir Temurning 1402 yilda Ispaniyaga Xoja Muhammad Qozi boshchiligida 


103 
yo‗llagan elchiligiga javoban qilingan edi. Tarixiy manbalarda keltirilgan 
ma‘lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80-90 yillarida Temur davlatining shon-
shuhrati Ovropa mamlakatlarigacha yetib borgan. Angliya, Fransiya, Ispaniya, 
Genuya va Vizantiya singari davlatlarning hukmdorlari Amir Temur bilan siyosiy 
va iqtisodiy (savdo) munosabatlarni o‗rnatishga intilib, ulug‗ jahongir huzuriga 
muntazam ravishda o‗z elchilarini yuborib turdilar. Masalan, yuqorida tilga olingan 
Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi don Pelagiya de Samotmatir va don 
Ferdinand de Polasuslos 1402 yili Amir Temur Qorabog‗da turganda uning 
huzuriga kelishgan va o‗sha yilning 20 iyulida Amir Temur bilan Boyazid I 
Yildirim (1389-1402 yy.) qo‗shinlari o‗rtasida bo‗lgan eng katta qirg‗in barot 
urushni tomosha qilishgan edilar. Jangdan keyin uyushtirilgan katta qabul 
marosimida bulardan boshqa yana bir necha mamlakatlarning elchilari ham
qatnashdilar. Xullas, o‗sha yillarda Temur bilan Ovropa davlatlari o‗rtasidagi 
savdo va siyosiy munosabatlar qanday bo‗lganligini juda ko‗p rasmiy hujjatlardan 
bilib olish mumkin. 
Rui Gonsales de Klavixoning «Kundaliklari»da o‗sha vaqlarda Amir Temur 
qo‗l ostidagi mamalkatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun 
kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar, 
qasrlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, ustaxonalar, Temuriylar 
davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O‗rda, Mo‗g‗iliston va boshqa mamlakatlar 
bilan bo‗lgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bo‗lgan siyosiy 
va savdo aloqalari, tartib-qoidalar va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy 
hayotida tutgan o‗rni haqida e‘tiborga molik ma‘lumotlar keltirilgan. Bu 
ma‘lumotlar, shubhasiz Turkiston zaminining o‗sha vaqtlardagi ijtimoiy-siyosiy 
tarixini, ota-bobolarimizning turmush tarzini o‗rganishda muhim tarixiy 
manbalardan biri rolini o‗tashi turgan gap.
Samarqand va unda Amir Temur tarafidan qurdirilgan binolardan ba‘zilari 
haqida Klavixo jumladan quyidagilarni yozadi: 
Samarqandning boyligi haqida «Bu yurt don-dun, may, meva-cheva, 
parranda go‗shti, har xil go‗sht, qo‗yinki hamma narsa boydir…bir juft semiz 
qo‗yning narxi bir dukat (dukat – Ispaniyada o‗sha vaqtda amalda bo‗lgan oltin 
pul)». 
Katta xiyobon va savdo rastalari haqida, «Samarqand shahrida har yili 
Xitoy, Hindiston, Tatariston va boshqa mamlakatlardan keltirilgan mollar 
sotiladi….Podsho ikki tarafida qator dehqonlar joylashtirilgan savdo rastalaridan 
tarafida qator dehqonlar joylashtirilgan savdo rastalaridan iborat ko‗cha o‗tkazishni 
buyurdi. Mazkur ko‗cha shaharning bir chekkasidan boshlanib, qoq o‗rtasidan 
o‗tib, ikkinchi chekkasidan chiqishi lozim edi… Ko‗chaning tepasi gumbaz 
shaklida yopilgan bo‗lib, yorug‗lik tushib turadigan tuynukchalarga qo‗yilgan».


104 
«Shu yili (1404 y.) iyul oyida Xonbaliq shahridan qariyb 800 tuyadan tashkil 
topgan savdo karvoni Samarqandga yetib keldi».
Ko‗ksaroy qasri va undagi podshohga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi 
ustaxona haqida «Shahar chetidagi bir qasr bo‗lib….Tevarak atrofi suv oqib turgan 
xandaq bilan o‗ralgan bo‗lib, qasr yo‗lab bo‗lmaydigan istehkom bo‗lib qolgandi. 
Qasrda podshohning farmoyishiga binoan, bir mingga yaqin hunarmand asirlar 
joylashtirilgandi. Ular saltanat uchun yil bo‗yi sovut, dubulg‗a, kamon, nayza 
yasaydilar». Umuman Klavixo o‗zining «Kundalik» igida quyidagi asosiy 
masalalar haqida ham to‗xtalib o‗tadi: 

Amir Temurning o‗zi bilan birga olib yuradigan ko‗chma masjid haqida; 

Mahalliy xalqning (uni Klavixo Chig‗atoylar deb ataydi) turmush tarzi 
haqida; 

Feodal majburiyatlarning biri haqida; 

Amir Temur saroyida ayollarning mavqei haqida; 

Shahzodalar va Amir Temur saroyidagi xotinlar tasviri to‗g‗risida 
to‗xtaladi. 
Jumladan, Xonzoda begim va Saroymulxonimni tasvirlab bergan. 
«Kundalik»da shunga o‗xshash qiziqarli ma‘lumotlar juda ko‗p. 
Klavixoning «Kundalik»ida ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham 
uchraydi. 

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə