Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mahmud Qoshg„ariy
. XV asrda o‗tgan yirik tilshunos olim. Asl ismi: 
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshg‗ariy. Mahmud Qoshg‗ariy 
Qoraxoniylar xizmatida bo‗lgan nufuzli turk beklaridan birining oilasiga mansub 
bo‗lib, 1092-1038 yillar orasida taxminan Barsgonda tug‗ilgan, lekin umrining 


100 
ko‗p qismini Bolasog‗un, Qoshg‗ar, Bog‗dod shaharlarida o‗tkazgan. O‗rta asr 
fanining ko‗p sohalarida xususan, arab tili, turkiy tillarni, tarix hamda geografiya 
fanlarini chuqur egallagan. O‗rta Osiyo va Eronga sayohat qilib, bu 
mamlakatlarning yirik shaharlarida bo‗ladi. 
Mahmud Qoshg‗ariy o‗zining turkiy tillarga bag‗ishlangan ikkita muhim 
asari bilan mashhur. Bulardan biri «Javohir an-Nal fi lug‗at-it-turk», ikkinchisi 
«Devonu lug‗at-it-turk» muqaddima va lug‗at qismlaridan iborat. 
Lug‗at qismida X-XI asrlarda turkiy xalqlar orasida iste‘molda bo‗lgan 
so‗zlar atroflicha izohlab berilgan. 
Lug‗atning tarix uchun qimmati shundaki, unda har bir turk qabilalari 
(Bejanag-Pecheneg, Qipchoq, O‗g‗iz, Yamoq, Boshqird, Baslik, Koy, Yabuku, 
Tatar, Qirg‗iz, Chigil, Tuxsi, Yag‗mo, Uyg‗ur, Igrok, Joruq, Jumul va boshqalar) 
ularning belgilari (tamg‗alari), turar joylari hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan 
o‗rni atroflicha ko‗rsatib berilgan. Bu jihatlar Mahmud Qoshg‗ariyning mazkur 
asari O‗rta Osiyo va Markaziy Osiyo va Qozog‗istonning turkiy zabon xalqlarining 
tarixini qolaversa, o‗zbek xalqining etnik kelib chiqishi tarixini o‗rganishda bosh 
manbalardan biri hisoblanadi. 
Uning qimmatli ―Devonu lug‗at at-turk‖ asarining dunyoda yagona 
qo‗lyozmasi hozir Istambulda (Turkiya) saqlanmoqda. Ushbu asarning arabcha
matni 1915-1917 yillari uch jildda Istambulda, mukammal o‗zbekcha sharhli
tarjimasi S.M.Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960-1963 yillari 
Toshkentda chop etilgan. ―Devonu lug‗at at-turk‖ asarining usmonli turkcha 1939-
1941 yillari B.Atali, inglizcha 1982-1985 yillari R.Dankoff bilan J.Kelli,
uyg‗urchasi esa 1981-1984 yillari bir guruh tarjimonlar tomonidan amalga 
oshirilib, chop ettirishgan.

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə