Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
«Temur tuzuklari».
«Tuzuki Temuriy» (Temur tuzuklari), «Malfuzoti 
Temuriy» (Temurning aytganlari) va «Voqiomi Temuriy» (Temurning boshidan 


106 
kechirganlari) nomlari bilan atalmish bu asar e‘tiborga molik tarixiy manbalar 
jumlasidandir. «Temur tuzuklari»ni butun jahonning ko‗rgina mamlakatlarida, 
masalan, Rossiya, Angliya, Franciya, AQSH, Finlandiya, Daniya, Eron, Turkiya, 
Misr, Hindiston, Yaman kutubxonalaridan topsa bo‗ladi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, 
qaysi asar qimmatli, amalda zarur bo‗lsa, undan ko‗proq nusxa ko‗chirilgan. 
Bizgacha yetib kelgan qo‗lyozmaning asli Xurosonlik Abu Tolib al-Husayn 
Arabiston bo‗ylab sayohati davrida Yaman vodiysi Ja‘far podsho kutubxonasidan 
topib, turkiy tildan fors tiliga tarjima qilingan. O‗zi tarjima qilgan bu qo‗lyozmani 
u 1047 (1036-1038 yy.) yillar oralig‗ida Buyuk Boburiylardan Shohjahonga (1628-
1659yy.) taqdim qilgan. Shohjahonning topshirig‗iga binoan shu yilning o‗zida 
qo‗lyozma matni Muhammad Afzal Buxoriy tomnidan tahrir qilinib, undagi 
tafsilotlar to Temur vafotigacha, 1405 yilgacha «Yulduzlar baxtli ravishda 
uyg‗unlashgan kishining hikmatli so‗zlari» nomida yetkazilgan. 
«Temur tuzuklari» - podsholarning turish-turmushi va odob-axloq 
normalarini belgilovchi risoladir. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismida, jahon 
tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste‘dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan 
Amir Temurning yetti yoshi (1342 y.)dan to vafotigacha (1405 y. 18 fevral) qadar 
kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqroq qilib aytganda, uning 
Movaraunahrda markaziy hokimiyatni qo‗lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham 
berish va markazlashgan davlat tuzish, qo‗shni yurt va mamlakatlarni o‗z 
tasarrufiga kiritish bayon etilgan. 
Ikkinchi qism, jahongirning nomidan aytilgan va uning toju-taxt vorislariga 
atalgan o‗ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora 
qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va 
qo‗shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish 
tartibi, davlat arboblari va qo‗shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar, 
vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko‗rsatgan alohida 
xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. 
«Tuzuk» yozish odati Amir Temurdan ham avval bo‗lgan, keyin ham. Bu 
odat asli xitoylardan va turk-mo‗g‗ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk 
hoqonlaridan qolgan «Qonunnoma», Chingizxondan qolgan «Bilik», Xondamir 
yozgan «Qonuni Humoyun», Ruzbehxonning qalamiga mansub bo‗lgan va 
shayboniylardan Ubaydulloxonnning topshirig‗i bilan yozilgan «Suluk al-mulk» 
(Podsholarga yo‗l-yo‗riq) shular jumlasidandir. 
Bunday asarlarda davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalari 
vazifalari, xayri-sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to‗plash tartibi, harbiy 
yurishlarni o‗tkazish va qo‗zg‗olonni bostirish qoidalari bayon etilgan. 
«Temur tuzuklari» ham o‗sha jamiyat sharoitida bitilgan boshqa asarlar 
singari hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ko‗zlab yozilgan, o‗sha sinfning 


107 
dunyoqarashini ifoda etgan. Asarda Amir Temurning harbiy yurishlari, buzuq 
odamlarning ko‗payishini oldini oluvchi harakat deb, o‗z ozodligi va Vatanning 
mustaqilligini himoya qilgan xalqlar esa kofir, buzg‗unchi, bezori deb atalgan.
Temurning o‗zi esa odil va insonparvar podsho sifatida tasvirlanadi, uning shaxsi 
ko‗p jihatdan ideallashtiriladi. Shunga qaramay, asarda fan uchun muhim 
ma‘lumot va faktlar ko‗p. Ulardan ayrimlarini misol tariqasida qayd qilamiz. 
Asarda aytilishicha davlat asosini 12 ijtimoiy toifa: 1) Sayidlar, ulamo, 
mashoyix, fozil kishilar; 2) Ishbilarmon, donishmand odamlar; 3) Xudojo‗y, tarki 
dunyo qilgan kishilar; 4) No‗yonlar, amirlar, mingboshilar, ya‘ni harbiy kishilar; 5) 
Sipoh va raiyat; 6) Maxsus ishonchli kishilar; 7) Vazirlar sarkotiblar; 8) Hakimlar, 
tabiblar, munajjimlar, muhandislar; 9) Tafsir va hadis olimlar; 10) Ahli hunar va 
san‘atchilar; 11) So‗fiylar; 12) Savdogar va sayyohlar tashkil etadi. Uning 
taqdarini esa uch narsa: podsho, xazina va askar hal qiladi. Ikkinchi misol. Qo‗shin 
asosan, o‗n, yuz, ming va tumanga bo‗lingan, o‗n kishilik harbiy bo‗linma tepasida 
turgan boshliq – o‗nboshi, yuz kishilik qismining boshlig‗i no‗yon deb atalgan. 
Asarda ularning haq-huquqlari, oylik maoshi ham aniq ko‗rsatilgan. Masalan, 
oddiy sipohiy mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2-4 ot barobarida, 
o‗nboshi qaramog‗idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‗p, yuzboshi o‗nboshidan 
ikki barobar ortiq maosh olishgan. Mingboshilarning maoshi esa yuzboshinikidan 
uch barobar ortiq bo‗lgan. 
Uchinchi misol. Amir Temur o‗zining ulkan imperiyasini uluslarga bo‗lib, 
idora qildi. Movaraunahrdan boshqa uning tasarrufida bo‗lgan barcha viloyat va 
mamlakatlar 4 ulusga bo‗linadi. 
«Tuzuklar»da Amirlar haqidagi ma‘lumotlar ham diqqatga sazovor. Bunda 
keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, amirlar asosan harbiy kishilar bo‗lishgan va 
Amir Temurga tobe bo‗lgan qirq aymoqdan 12 tasi: barlos, arg‗in, jasoir, tulkicha, 
duldoy, mo‗g‗ul, sadus, tug‗oy, qipchoq, arlot, tatar va tarxonlar ichidan tanlab 
olingan. Amirlik rutbasi Amir Temur faoliyatining dastlabki paytlarida u bilan 
birga bo‗lgan 313 kishiga berilgan.
«Tuzuklar»da vazirlar, amirlar va hokimlarga beriladigan in‘omlar haqida 
ham gapirilgan. Masalan, qaysi bir amir biron qo‗shinni yengsa yoki mamlakat 
olsa uni uch narsa: 1) tug‗, nog‗ora va bahodirlik martabasi; 2) davlat 
kengashlariga bemalol kirish huquqi: 3) Biron sarhadning noibligi bilan saylangan. 
«Tuzuklar»da Amir Temur davrida alohida undiriladigan soliq va jarimalar 
haqida e‘tiborga molik ma‘lumotlar bor. O‗sha vaqtda soliq to‗lovchi xalqdan 
xiroj, molu jihot, sovurin, kunalga, boj, shilon puli singari soliq va jarimalar 
undirilgan. Shuni ham aytib o‗tish kerakki, xiroj ba‘zan sug‗oriladigan yerlardan 
olinadigan hosilning uchdan bir qismi, yomg‗ir suvi bilan bitgan yerlarda umumiy 
daromadning to‗rtdan bir qismi hajmida to‗langan. 


108 

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə