Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


96 
5.
Abu Said Gardiziy asari haqida ma‘lumot bering. 
6.
«Buxoro tarixi» asari necha bobdan iborat bo‗lib, ularning nomlanishi 
haqida nimalarni bilasiz?
7.
Abu Rayhоn Bеruniy qanday asarlar yozgan va ular haqida nimalarni 
bilasiz?
 
VI-BOB: O„RTA OSIYONING XIII-XV ASRLAR TARIXIGA OID 
YOZMA MANBALAR 
 
1219-1221 yillar ichida O‗rta Osiyo mo‗g‗ullar tomonidan istilo etildi. 
Chingizxon vafot etgandan keyin, uning bosib olgan yerlari o‗g‗illari o‗rtasida 
bo‗lindi. O‗rta Osiyo Chig‗atoyga tegdi. XIV asrning 40-yillariga kelib, Chig‗atoy 
ulusi ikkiga bo‗linib ketdi – Yettisuv va Qoshg‗arda qolgan mo‗g‗ullar mustaqillik 
e‘lon qilib, o‗z davlatini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mo‗g‗uliston nomi bilan 
mashhurdir. 
Mo‗g‗ullar hukmronligi yillarida Movaraunahr xalqi ikki tomonlama: 
mo‗g‗ullar hukmdorlari (dorugalar, bosqoqlar) hamda mahalliy feodallar tarafidan 
og‗ir ekspluatasiya qilindi. Ular asosiy daromad solig‗i xirojdan tashqari talaygina 
boshqa soliq va jarimalar (dorug‗achi, ulufa, tamg‗a, qopchur yasog‗i, tog‗lor, 
begor va boshqalarni) to‗lashga majbur etilgan edilar. 
Og‗ir feodal ekspluatasiya mo‗g‗ul hukmdorlarining beboshligiga qarshi 
Buxoroda Kosib Mahmud Torobiy boshchiligida 1238 yil qo‗zg‗olon ko‗tardilar, 
lekin bu qo‗zg‗olon boshqa shahar va viloyatlarga tarqalmaganliga uchun mo‗g‗ul 
qo‗shini tomonidan bostirldi. 
XIV asr o‗rtalariga kelib Chig‗atoy ulusining g‗arbiy-janubiy qismini tashkil 
etgan. Movaraunahrda feodal tarqoqlik yanada kuch oldi. Bu ayniqsa Qozog‗on 
vafotidan keyin (1358y.) kuchayib ketdi. Mamlakat mayda-chuyda qismlarga 
bo‗linib ketdi. Masalan, Shahrisabzdan Jaloir mustaqillik e‘lon qildi, Balxda Amir 
Husayn xon qilib ko‗tarildi, Shibirg‗onni Muhammad Apardi egalladi, Xuttalanda 
Kayxusrav o‗zini podsho deb e‘lon qildi. Bundan barlos amirzodalaridan Amir 
Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy hokimiyatni qo‗lga oldi. 1370-
1378 yillarda u mamlakatda tarqoqlikni tugatib, Movaraunahr va Xorazmni o‗ziga 
bo‗ysindirdi. 1380-1402 yillarda Temur qo‗shni mamlakatlar ustiga harbiy yurish 
qilib, Eron, Zakavkazya, Iroq, Kichik Osiyo va Shimoliy Hindistonni istilo qildi
Oltin O‗rda xoni To‗xtamishga (1376-1395 yy.) qaqshatqich zarba berib, uning 
poytaxti Saroy Berkanni egalladi. 
Temuriylar davlati tom ma‘nosi bilan markazlashgan davlat emas edi. U 
mayda uluslarga bo‗lingan holda idora qilindi. Masalan, Temur hayotligida 
imperiya to‗rt qismga bo‗linga edi. 


97 
Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin uning davlati inqirozga yuz tutdi. 
To‗g‗ri, u Shohrux (1409-1447yy.), Abu Said (1451-1469yy.) va Sulton Husayn 
Bayqaro (1470-1506yy.) davrida nisbatan markazlashgan va ma‘lum harbiy-
siyosiy kuchga ega edi, lekin uluslarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi mavqei 
hamon katta edi. 

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə