Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
G„iyosiddin Ali.
Temur davriga oid eng ilk manbalardan biri fiqhshunos 
G‗iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islom Yazdiyning ―Ro‗znomai g‗azovati Hindiston‖ 
asari bo‗lib, bunda Amirning Hindistonga yurishining kundaligi berilgan. Bu 
―Kundalik‖ shaxsan Temurning topshirig‗i bilan olim tomonidan 1399-1403 yillar 
oralig‗ida yozilgan. 


102 
Ushbu ―Kundalik‖ Amir Temurning Hindistonga qilingan alohida yurishiga 
bag‗ishlangan bo‗lib, bizgacha yetib kelgan mukammal qo‗lyozmalardan biridir. 
Asarda Temurning harbiy yurishlarining ildizini, uning urushlarda va shaharlarni 
qamal qilishda qo‗llagan strategiya hamda taktikaga oid usullarini, Temur 
zamonasida amal qilingan amirlar va bahodirlar tizimining mohiyati va 
strukturasini tushunishga taalluqli qiziqarli ma‘lumotlar, Hind xalqining Temur 
qo‗shinlariga ko‗rsatgan qarshiliklari to‗g‗risida muhim xabarlarning shohidi 
bo‗lamiz. Bulardan tashqari Temur zamonalari hamda safdoshlari to‗g‗risida, 
Samarqand va boshqa shaharlar haqida ham qiziqarli ma‘lumotlar bor. 
1902 yilda Toshkentda bo‗lib, Turkiston xalq kutubxonasining qo‗lyozma 
asarlari bilan tanishgan V. V. Bartold ―Kundalik‖ning qo‗lyozmasiga e‘tiborini 
qaratadi. Qo‗lyozmaning forscha matnini uning shogirdi P. A. Zimin tomonidan 
nashriga tayyorlandi va V. V. Bortoldning tahriri va kirish so‗zi bilan chop etildi. 
Nizomiddin Shomiy
. Olimning hayoti haqida quyidagilar ma‘lum: 1393 yili 
Amir Temur Bog‗dodni ishg‗ol qilgan vaqtda Nizomiddin Shomiy o‗sha yerda 
bo‗lgan va Amir Temur xizmatiga qabul qilingan, 1404 yilgacha u bilan birga, 
jahongirning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 
1402 yilda Temur unga o‗zining tarixini aniq va sodda tilda yozishni 
buyurgan. Nizomiddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida yozib 
tamomlagan. Asar buyuk jahongirning hokimiyat tepasiga kelishidan to 1404 
yilgacha bo‗lgan voqealarni o‗z ichiga oladi. «Zafarnoma» haqiqatdan ham sodda 
tilda ravon uslubda yozilgan bo‗lib, faktik materiallarga boy. Lekin Amir 
Temurning hayoti mazkur asarda bir muncha ideallashtirilgan. Asar O‗rta Osiyo, 
Qozog‗iston, Yaqin va o‗rta Sharq mamlakatlarining XIV asrning ikkinchi yarmi 
XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‗rganishda muhim va ishonchli 
manbalardan biri hisoblanadi. 
1937 yilda Nizomiddin Shomiy asari F. Tauer tomonidan chex tilida chop 
etiladi. Shungacha ―Zafarnoma‖ Yevropa tillariga o‗girilmagan edi. 

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə