Buxoro davlat universiteti tarix va yuridik fakulteti tarixiy geografiya



Yüklə 69,5 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü69,5 Kb.
#160244
Amir Temur va Temuriylar tarixi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA YURIDIK FAKULTETI




TARIXIY GEOGRAFIYA
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Amir Temur va Temuriylar tarixi
BAJARDI: XUDOYOROV NODIR

BUXORO 2023

Temuriylar davri tarixi tarixshunosligi


Reja:




  1. Amir Temur davrida ma’nuriy, ijtimoiy va madaniy sohadagi o’zgarishlar.

  2. Xondamirning “Xabib us siyar” asari Temuriylar davri tarixiga oid munim manba.

  3. A. Temur va Temuriylar davri tarixining o’rganilishi.

4.A.Temurning harbiy yurushlari tarixiy geografyasi
5.Temuriylar davrida ijtimoiy iqtisodiy axvol
Tayanch iboralar: Amir Temur, Temurnoma, ibn Arabshox, ibn Xaldun, Zafarnoma, SHomiy, Abdurazzok Samarkandiy, Klavixo, Ali YAzdiy,Samarkandiy,Zubdat ut-tavorix

XIV asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrning siyosiy hayotiga Xoji Barlos bekning jiyani Amir Temur qo’shiladi. U 1336 yili Kesh shahri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tugildi. Uning otasi Turag’ay barlos qabilasidan edi. Temur dastlab «turli beklarning qo’shinini boshqardi». 1360 yildan boshlab u 10 yil davomida goh u, goh bu feodal hukm­dor tomonida kurashdi va bir vaqtning o’zida barloslar qabilasini o’z atrofida jipslashtirib bordi. 1361 yilda u Tug’lug’ Te­mur tarafiga o’tdi va buning evaziga SHahrisabz hamda Qarshi hukmdori etib tayinlandi. Biroq, u Tug’lug’ Temurning raqibi Balx hukmdori amir Husayn bilan ittifoq tuzdi. Ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi isyon ko’tardilar. Biroq mag’lubiyatga uchragach, O’rta Osiyoni tashlab Seyistonga qochishga majbur bo’ldilar. Seyistondagi harbiy harakatlaridan birida Temur o’ng qo’li hamda o’ng oyog’idan yaralanadi. SHundan keyin u bir umr cho’loq bo’lib qoldi va kelgusida ulkan davlat tuzgan bu zot «Temurlang» (Oqsoq Temur) laqabini oldi. 1360 yilda SHahrisabz va Qarshining begi bo’lgan amir Temur 1370 yilga kelib, ya`ni 10 yil ichida butun Movarounnahrning hukmroniga aylandi.{4}


Ibn Arabshoh ma`lumotlaridan ko’rinadiki, Temurning otasi Turag’ay xudojo’y musulmon bo’lgan, u olim va darveshlarning, ayniqsa shayx SHamsiddin Kulor (Kulol)ning do’sti bo’lgan. Bu taqvodor zotning xoki Go’ri Amir maqbarasiga qo’yilgan yoki ko’chirilgan, Temurning yangi diniy maslahatchisi hamda homiysi Sayd Baraka umrining oxiriga qadar Temurning maslahatto’yi va ma`naviy padari bo’lib, Temur Xorazmga yurish qilganda ham ishtirok etadi. Sayd Baraka va termizlik sayidlardan so’ng ma`lum bir nufuzga, obro’-e`tiborga ega bo’lgan zotlar samarqandlik shayxul-islom Xoja Abdul-Avval va uning jiyani Xoja Isomiddin, keshlik Xoja Afzal va keshlik shayxul-islomning o’g’illarn Abdul-Homid va Abdurahmon hamda samarqandlik shayxul-islom al-Maliklardan iborat edi. Ibn Arabshohning so’zlariga ko’ra, amir Temur Zohid Zoyi al-din Abu Bakr Toyobodiyni (1381 yil-dan Xuroson ruhoniylarining etakchisi, Xuroson yonidagi Tonobod qishdog’idan chiqqan) o’zi erishgan zafarlarda katta xizmati bo’l­gan SHamsiddin Kulol va Sayd Baraka qatori homiylaridan biri deb hisoblagan.{4}
V. V. Bartol’dning ta`kidlashicha, SHohruh davrining tarixchilari CHingizxon qonunlari oldida islom shariati yuqori mavqega erishgan bir paytda, tabiiyki, Temurning xudojo’yligini va dinga bo’lgan jonkuyarligini bo’rttirib ko’rsatishga moyil bo’lganlar. SHubhasiz, amir Temur ulamo ahlining homiysi bo’lgan, ular bilan tengma-teng muloqotlar olib borgan va ayniqsa payg’ambar avlodlariga alohida hurmat bilan qaragan: sohibqironning o’z tug’ishganlaridan tashqari uning davlatida hayoti daxlsiz hisoblangan yakkayu-yagona odamlar sayidlar bo’lgan deyish mumkin. Bundan tashqari, Hofizi Abru yozishicha, Temur dini islomni mustahkamlash uchun g’amxo’rlik qilgan, u hech qachon vaqflarning pul bilan bog’liq ishlariga aralashmas edi. Bartol’d yana bir o’rinda Temur tarixni juda yaxshi bilgan, deb yozadi. Bartol’dning bu so’zlari tarixchi Ibn Xaldunning Temur bilan bo’lgan suhbati mazmuniga suyanib yozilgan.
Temur o’zining ona tili bo’lgan turk tilidan tashqari, forsiyni ham yaxshi bilgan va bu tilda olimlar bilan suhbatlar qurgan, o’z saroyida tez-tez bo’lib turadigan «qissaxonlik» lardan olgan tarixiy bilimlari bilan tarixchi Ibn Xaldunni ham hayratda qoldirishi turgan ran edi. SHuning uchun ham jahonda taniqli bo’lgan sharqshunos V. B. Bartol’d Temurni shunday ta`riflaydi: «U shaxmat o’yiniga qiziqar va bu sohada yuqori darajaga erishgan; islom dini ta`limotining negizlarini shu darajada yaxshi bilardiki, diniy munozaralarni kuzatib borishi va ularda bemalol ishtirok etishi mumkin bo’lgan. Bularning hammasi uning harbiy mu-vaffaqiyatlariga ham yordam bergan.»{6}
Uning amri bilan ajoyib bog’lar yaratildi, muhtasham binolar qad ko’tardi (birgina Samarqandda bunday binolar 20 mingdan oshiq edi), shaharlar, qishloqlar obod qilindi, yo’llar tiklandi, sug’orish inshootlari barpo etildi. SHarafiddin Ali YAzdiyning aytishicha, u hosil ko’tarish mum­kin bo’lgan biron bir er bulagining behuda yotishiga yo’l qo’ymagan ekan. Uning yaratuvchilik faoliyati vayrongarchilik ishlari kabi kishini lol qoldiradi. O’rta Osiyodagi ko’plab ulug’vor me`morlik yodgorliklari Temur va uning avlodlari nomi bilan bog’lik. an, to’y qozo-ninnng yuqori diametri ikki yarim metrni tashkil etadi. Unda bir yo’la 1000 oshxo’rga etarli palov damlash mumkin».
SHarafiddin Ali YAzdiyning yozishicha, Temur Samarqandga hunarmandchilik, me`morlik, fan va boshqa sohalarda foydasi tegishi mumkin bo’lgan barchani olib kelaverishni buyurgan. «U tur­li kasbdagi hunarmandlarni yig’ishga urindi», deb yozgan edi Klavixo. A. YU. YAkubovskiyning ma`lumotiga ko’ra, Samarqand­ning ishlab chiqarish qudratini oshirmoq maqsadida Temur bu erga Oltin Urda, Xuroson, Ozarbayjon, Armaniston, Fors, Mesopotamiya va boshqa viloyatlardan majburiy ravishda hunarmand­larni ko’chiradi. Tarixchilar XV asrda Samarqand aholisi etnik jihatdan rang-barangligini ta`kidlashgan.{5}
Hunarmandlar Movarounnahr shaharlari aholisining shoirlari, qo’shiqchilari, musiqachilari, tarixchilari jam bo’lgan mad-niy qatlamiga kiradilar. Ular safida Samarqandning XV- XVI asrlardagi mutafakkirlari sovun qaynatuvchilar guruhi boshlig’i shoir Javhariy, bichiqchi Mavlono Xavofiy, tikuvchihunarmand Mavlono Mir Arg’un Homado’z, Mavlono qobuliy Gazfurush (kalava sotuvchi), Mavlono Tolo`i Kamardo’z (kamar tikuvchi), Bisotiy Samarqandiy (gilam to’quvchi usta) va boshqalar bor edi.
Temur harbiy yurishlar chog’ida jamg’argan boyligining katta qismini o’z poytaxti Samarqandni bezashga, yangi yo’llar va savdo rastalari qurishga sarfladi. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Temur «dunyo savdogarlar sharofati bilan royishdir» deb hisoblaydi va nafaqat nchki, balki tashqi savdoni ham rivojlantirishga urinadi: bunda u faqat YAqin va Urta SHarq mamlakatlari emas, boshqa ko’plab mamlakatlar, jumladan Ispaniya, Frantsiya, Angliya bilan savdo aloqalarinn yaxshiladi. Bu o’rinda Samarqandning g’arbiy Ovrupo mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalariga tarixiy-jo’g’rofiy jihatdan baho berish kerak.{3}
XIV-XV asrlar chegarasida Temur shaxsi zamondoshlarinnng e`tiborini jalb qilibgina qolmasdan, balki Temurning diplomat sifatidagi faoliyati ham mutaxassislar nazariga tushdi. Tarixchilar Temurning g’arbiy Ovrupo davlatlari rahbarlari bilan qilgan yozishmalari haqida salmoqli dalillarga egadir. Tarixshunoslik bu borada etarli ma`lumotlarga ega. Ammo Temur davlatining SHarq va g’arb mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o’zaro aloqalari tarixchilarimiz tomonidan kam o’rganilgan. Bu hol ayniqsa XV asrning boshi, Temurning Usmoniylar davlatiga qarshi g’arbga yurishi, ya`ni «etti yillik» urushiga (1399-1404) tegishlidir.
XIV asr oxirida Turkiyaning harbiy qudrati osha bordi. 1389 yildan boshlab Turkiya Bolqon yarim oroli va Ovrupo xalqlariga nisbatan bosqinchilik yurishlarini boshladi. U Serbiya, Bolgariyani bosib oldi. Vengriya (Majoristonga) tahdid qila boshla­di. Sulton Urhon va Eldirim Boyazid 1396 yili g’arbiy Ovrupo ritsarlari ustidan g’alaba Qozonib, endi Konstantinopol (Stambul)ni olishga jon-jahdi bilan tayyorlanardi. SHuning uchun Vi­zantiya imperatori Manuil va uning noibi Ioann Paleolog yor-dam so’rab, Ovrupo saroylarini aylanib chiqdi. Xalqaro miqyosda bu davr Ovrupo uchun eng murakkab davr edi.
Ba`zi mamlakatlar turklar bilan sulh tuzib o’zlarini xavfdan qutqarmoqchi bo’lardilar. Boshqalari Rim otasi boshchiligida ittifoq tuzib, g’ayridinlarga qarshi kurashmoqchi edilar. Kichik Osiyoda ikkn hukmdor Te­mur va Boyazid to’qnashishdi. Xalqaro vaziyat Temur foydasiga edi. Boyazid tomonidan mahv etilgan kichikosielik amirlar Te­mur saroyida panoh topishgan va unga xizmat qilar, Boyazidning engilishini tilar edilar. g’arbning nasroniy davlatlari: Vizan­tiya regenti (monarx o’rniga vaqtinchalik hukmdor) va Genuya hukmdori Galat, Frantsiya qiroli Karl VI, Sultoniya shahrining (SHimoliy eron) katolik doiylari missionerlari Temurdan kumak so’rashdi. Temur esa o’z navbatida Venetsiya va Stambul - Konstantinopolning dengiz kuchlarini Usmoniylar davlatiga qarshi ishlatishdan manfaatdor edi.

Adabiyotlar:




1. Karimov I.A “Tarihiy hotirasiz kelajak yo’q” T.1998 yil
2. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T. Ma’naviyat 2008 yil
3. Saidkulov T.S.O’rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavxalar (1 kism) T. «Ukituvchi» 1993 y.
4. Ibn Arabshoh “Temur tarixi” T. Mehnat . 1992
5. Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” T. 1997
6. Amir Temur Yevropa elchilari nigohida. T. 2007
Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə