Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ibn Xalliqon. 
(1211-1282 yy.)
 
Ibn Xalliqon tarixchi-biograf olimdir. Uning 
to‗la nomi Ahmad ibn Muhammad ibn SHamsuddin Abulabbos al-Barmakiy al-
Arbiliydir. Ibn Xalliqon Suriyaning Xalab (Aleppo) va Damashq shaharlarida
tahsil ko‗rgan va yana 1238 yili Qohiraga borib o‗z bilimini oshirgan. 1261 
yili Damashqda qozi kalon, so‗ngra Qohiraning ―al-Faxriya‖ va boshqa 
madrasalarida mudarrislik qilgan, ayni vaqtda shaharning qozi kaloniga noib ham 
bo‗lgan. Uning muhim biografik asari ―Vafayot ul-a‘yon va anbo anbo uz-
zamon‖ (―Mashhur kishilarning vafoti va zamondoshlari haqidagi habarlar‖)
1256-1274 yillar orasida yozilgan. ―Vafayot ul-ayon va anbo anbo uz-
zamon‖ asarida bizning zamonamizgacha saqlanmagan ko‗pgina qo‗lyozma
asarlar va olimning shaxsiy kuzutuvlari natijasida to‗plangan faktik material 
asosida yozilgan bo‗lib, bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha
o‗tgan, shuningdek Ibn Xalliqon bilan zamondosh bo‗lgan mashhur olim va 
adiblarning tarjimai holini o‗z ichiga olgan muhim ma‘lumotlar mavjud. Bular
orasida bir talay O‗rta Osiyolik adib hamda olimlar nomlari ham mavjud.
Mazkur asar XIX asrda Gollandiya, Fransiya, Misr, Eron hamda Turkiyada 
chop etilgan. Kitobni de Slen ingliz tiliga tarjima qilib to‗rt jildda 1842-1871 
yillari chop ettirgan.
Shihobuddin Muhammad Nisoviy
(vafoti 1249 y. Xalab)

Xalqimizning
buyuk o‗g‗loniga bag‗ishlangan noyob asar ―Sirot us-sulton Jaloluddin
Menkburni‖ (―Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai holi‖) nomli asar 
muallifi. Muarrixning to‗la ismi Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali Muhammad 
Nisoviydir. Tarixchining otasi Xorazmshohlarning e‘tiborli amirlaridan biri
bo‗lgan. Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qal‘asining hokimi edi. Otasi vafot
(1220 y.) etgach, uning mol-mulki va mansabi o‗g‗liga o‗tgan. U 1224 yilga
qadar Niso viloyatining hokimi Nusratuddin Hamzaning noibi bo‗lib xizmat
qilgan. Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) hamda al-Halqa (Jurjon 
qishloqlaridan) da mo‗g‗ullar bilan bo‗lgan janglarda shaxsan ishtirok etgan.
So‗ng Astrobod viloyatlaridan Kabud joma (hozirgi nomi Hojilar) hokimi
Imom ud-davla Nusratuddin Muhammad huzuriga kelgan va uning yordami
bilan yana Nisoga qaytishiga muvaffaq bo‗lgan, lekin oradan ko‗p vaqt o‗tmay, 
Nisoda o‗zaro feodal kurash kuchayib ketganligi sababli u Iroqqa ketib qoladi
va 1224 yili Sulton Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va 
uning kotibi (kotib al-insho) lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin Muhammad


98 
Nisoviy bu lavozimda 1231 yilgacha, ya‘ni sultonning o‗limiga qadar xizmat 
qiladi. Keyin u Mayofarikin (Diyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-Malik
al-Muzaffar G‗oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan ko‗p
vaqt o‗tmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin Ildegiziylar (1137-
1225) huzurida, so‗ngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qal‘asiga hokim
etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Salohiddin Yusuf 
ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. 
SHihobuddin Muhammad an-Nisoviy O‗rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O‗rta SHarq
mamlakatlarining mo‗g‗ul istilosi davridagi (1220-1231 y.) ijtimoiy-isyosiy
ahvolidan baxs yurituvchi ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ nomli 
qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda yozib tugallangan bo‗lib, u 
memuar-xotira-yodnoma tarzida yozilgan. Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. 
Asarning I-IV boblarida mo‗g‗ul-tatarlar, CHingizxonning kelib chiqishi, xon 
bo‗lib ko‗tarilishi masalalari ixcham tarzda bayon etilgan. V-XXII boblar 
xorazmshoh Alouddin Muhammadning hayoti va faoliyatiga bag‗ishlangan.
XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mo‗g‗ul istilosi va 
xorazmshoh Alouddin Muhammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning hayoti 
va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi.Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 
yillar voqealarini o‗z ichiga olgan boblari original va zo‗r ilmiy qiymatga
ega, chunki bayon etilmish voqealarning ko‗pchiligida muallifning bevosita 
shaxsiy ishtiroki bor. Mana shuning uchun ham bu kitob tarix ilmi
namoyondalarining diqqat e‘tiborini o‗ziga jalb etmoqda. Undan ham
o‗tmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy (1244-1323 y.), Ibn Xaldun (1332-1406), 
Badruddin Ayniy (vafoti 1451 y.) qimmatli manba sifatida foydalanganlar. 
Zamonaviy sharqshunoslar ham o‗sha davrga oid tadqiqotlarida bu asarni 
chetlab o‗ta olmaydilar. ―Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni‖ nomli asarning
arabcha matni, frantsuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda hamda
Qohirada chop qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziyo va 
Ahmad Tavhid) va forsiy (tarjimonlar Muhammad Ali Nosih va Mujtab
Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII
asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolidan hikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. 
Volin) nashr etilgan edi. Kitobni to‗la holida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga 
tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr ettirgan.

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə