Davoniy asarlarida



Yüklə 46,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü46,51 Kb.
#154353
  1   2
5742-Текст статьи-14317-1-10-20220505



136 
ILM-MA'RIFAT VA AXLOQ TO'G'RISIDAGIFIKRLAR JALOLIDDIN 
DAVONIY ASARLARIDA 
Katta o’qituvchi Soibnazarova M.N., 
 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» 
asarida ilm-ma'rifat va axloq to'g'risidagi fikrlarining ta'lim-tarbiya jarayonidagi 
axamiyatiyoritilgan.
 
Kalit so’zlar:
axloq,oila, fazilat, yaxshilik, yomonlik, insoniylik,razillik, 
dunyoqarash, komil inson, tarbiya. 
Jaloliddin Muhammad Ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy Eronning Kazarun 
viloyatidagi Davon qishlog'ida 1427 yilda dunyoga kelgan.Jaloliddin 
Davoniyboshlang'ich ma'lumotni qishlog'ida olgach, Sherozga keladi va u yerda 
madrasada tahsil ko’radi. Madrasada u musulmon qonunshunosligi (fiqih)bilan 
maxsus shug’ullanadi hamda ilm-fan sirlarini mashhur odamlardan 
o'rganaboshlaydi.Uning otasi Sa'diddin ham o'z zamonining fozil kishilaridan 
bo'lib,o'g'lining 
ham 
ilm-fanni 
chuqur 
egallashiga 
yordam 
beradi.Madrasanitamomlagach, Davoniyning ilmiy qobiliyatidan xabardor bo'lgan 
eron hukmdoriSulton Yoqub Oq qo’yinli tomonidan Sheroz shahriga qozi etib 
tayinlanadi. Umadrasada ham mudarrislik, ham qozilik vazifalari bilan shug`ullana 
boshlaydi. 
Davoniy faqat o'z yurtida emas, balki o'zga mamlakatlarda ham shuhrat 
qozonadi.Turli shaharlardan talabalar kelib, unda tahsil oladilar va ular orasidan 
ham yetukfozilu fuzalolar yetishib chiqadi.Davoniy keyinchalik Eron, Iroq, 
Hindistonda,Koshon, G'ilon, Tabriz, Hirot shaharlarida sayohatlarda bo'lib, ko'plab 
olimlarbilan hamsuhbat bo'lib, o'zining bilimi, dunyoqarashini yanada 
boyitgan.Davoniyumrining oxirgi yillarini o'z qishlog'ida o'tkazgan. Olim 1502 
yilda vafot etgan. 
Kazarun yaqinidagi qishlog'i Davonga dafn etilgan.Davoniy o'z davrining 
ilm-fantaraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qomusiy olim. Uning yirik olim 


137 
bo'libyetishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta'siri bo'lgan. 
Chunki,ilm-fan XIV-XV asrlarda xuddi ana shu ikki yirik fan va madaniyat 
markazidataraqqiy etgan. Davoniy bu ikki shahar ilm ahllari, shuningdek, 
Vizantiya,Ozarbayjon, Qirmon, Hurmuz, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari 
bilan uzviy 
aloqada 
bo'lgan. 
Ayniqsa, 
Hirotda 
bo'lganda 
mashhur 
shoir 
va 
mutafakkirAbdurahmon Jomiy bilan uchrashgan va keyinchalik u yerdan 
ketganidan so'ng 
ham alloma bilan xat yozishib turgan. 
Demak, Davoniyning yetuk olim bo'lib yetishishida Yaqin va O'rta 
SHarqMovarounnahrdagi yetuk olimlar bilan hamkorlik qilishi muhim omil 
bo'lganDavoniyning madrasadagi uzoq vaqt mudarrislik faoliyati uning ta'lim-
tarbiyato'g'risida o'z qarashlariga ega ekanligini ko'rsatadi. 
H.Aliqulov tadqiqotlarida keltirilishicha, Davoniyning hayoti va 
faoliyati,ilmiy-pedagogik merosini Sharq va G'arb olimlari Xondamirning «Habib 
us-siyar» kitobiga tayangan holda tadqiq etganlar. Samarqandlik olim Abu 
TohirXo'janing «Axloqi Muzaffariy», SHamsiddin Somiyning «Qomus ul-
allom»asarlarida alloma haqida ma'lumotlar berilgan. Lekin H.Aliqulov 
JaloliddinDavoniy haqida batafsil ma'lumot Ali Davoniyning «Jaloliddin Davoniy» 
nomlikitobida, A.M.SHastrining «Islom madaniyati haqida lavhalar» nomli 
asarida,ingliz 
tilida 
chop 
etilgan 
«Islom 
qomusi», 
M.Duayt 
va 
D.D.Donal'dsonlarningkitoblarida ancha batafsil aytib o'tilganini ta'kidlaydi. 
H.Aliqulovning 
tadqiqotlaridan 
ma'lum 
bo'lishicha, 
Davoniydan 
quyidagiilmiy meros qolgan: «Risolai isboti vojib» (Zaruriyatning isboti haqida 
risola),«Risolat ul-mufradot» (Moddalar haqida risola), «Risolat ul-huruf» (Harllar 
haqidarisola), «Risolati fi tavjix ul-tashbix» (Majoz talqini haqida risola), «tariqati 
tarbiyat ul-avlod» (Bolalarni tarbiyalash usuli), «Arznoma» (Armiyani boshqarish 
qoidalari) kabilar shular jumlasidandir. 
Shuningdek, Davoniyning she'rlari ham «Foniy» taxallusi bilan chop etilgan. 


138 
Lekin dunyoga mashhur bo'lgan, fors tilida yozilgan «Ahloqi Jaloliy» 
asaridunyoning ko'p tillariga tarjima qilingan va shuhrat qozongan. Mazkur 
asar1470-1478 
yillarda 
yaratilib, 
G'arbiy 
Eron 
Hokimi 
Uzun 
Hasangabag'ishlangan. Bu asar1839 yilda V.F.Tompson tomonidan ingliz tiliga 
tarjimaqilingan. 1911 yilda Kal'kuttada nashr qilingan. 1948 yilda Eshonjon 
IbnMuhammadxo'ja tomonidan o'zbek tiliga qisqacha tarjima qilingan. Mazkur 
asarnirus sharqshunosi A.A.Semyonov fikriga tayangan holda unimusulmon 
SHarqidagi mashhur kitoblar qatoriga qo'shadi, deydi tadqiqotchi'. 
Haqiqatdan ham ushbu asar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va 
boshqalarning axloq mavzusidagi asarlari qatorida turadi va axloqiy 
tarbiyadao'ziga xos o'ringa ega bo'lgan asar sanaladi. 
«Axloqi Jaloliy»da ham inson kamoloti uchun eng zarur bo'lgan 
axloqiyfazilatlar yo'llari va usullari bayon etiladi. 
«Axloqi Jaloliy» uch qismdan iborat. Birinchi qism - axloq faniga, ikkinchi 
Qism «Odamning ichki holati» oilaviy hayotiga, uchinchi qism-«SHahar (davlat)ni 
boshqarish va podshohlar siyosati», deb atalib unda muhim ijtimoiy-siyosiy 
masalalar ko'tariladi. CHunonchi, jamiyatning paydo bo'lishi, davlat va 
uniboshqarish masalalari, xalqning farovon hayot kechirishida podsholarning 
oʻrni,ilm-fan taraqqiyotining jamiyatda tutgan o'mi bayon etiladi. 
Biz, asosan Davoniyning, insonning haqiqiy kamolotga yetishida aqliv 
vaaxloqiy shakllanishi masalalariga to'xtalamiz. Avvalo, Davoniy va 
boshqamutafakkirlarga ergashib o'zining axloqiy qarashlarini talqin etdi. 
Masalan, Ahu Nasr Forobiy, Nasriddin Tusiy, Ibn Sinolar kabiinson 
kamologa erishishida adolat, donolik, shijoat singari yuksak fazilatlarga 
egabo'lishi, hissiy bilim bilan bir qatorda narsa va hodisalarning mohiyatini idrok 
qilishni to'g'ri talqin etdi. Davoniy insonning kamolga erishishi uning 
boshqalarbilan munosabatiga ham bog'liq ekanligini ta'kidlaydi, jamiyatda, ma'lum 
ijtimojymuhitda, boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan inson o'zi 
yashaganjamiyatda adolat hukmron bo'lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin 
devdi. 


139 
Shuning uchun u «Axloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli -- fozil shaharga 
vajohil shaharlarga bo'ladi. Forobiy kabi Davoniy ham fozil shahar 
boshqaruvchisidao'nta eng yaxshi fazilat mujassamlangan bo'lishi kerak, deydi. 
Bular:

birinchisi -hukmdor odamlarni e'zozlashi;

ikkinchisi davlat ishlarini adolatli ijro etishi; 

uchinchisi -hirs va shahvatga berilmasligi; 

to'rtinchisi hukmdorlikda shoshma-shosharlik va g'azabga yo'l 
qo'ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi;

beshinchisi irodasidan kelib chiqishi;

oltinchidan - xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat 
qilishi; yettinchisi - halqga nisbatan odil bo'lishi;

sakkizinchi - har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi; 

to'qqizinchisikishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, 
qobiliyatsiz kishilargaxalqning ehtiyojini qondirish uchun xudoning yuqori 
lavozim bermaslikni;

o'ninchisi- har bir - adolatli farımonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo'l 
qo'ymaslik kabilardir.
Shuningdek, Davoniy hukmdorning diniy majburiyatlarga ham rioya etishi 
kerakligini ta'kidlagan. Ko'rinib turibdiki, adolatli shox timsoli Davoniy istagan 
axloqiy kamol topgan shaxsdir. 
Davoniy «Axloqi Jaloliy»da ijtimoiy-siyosiy masalalarga qayta-qayta 
murojaat etadi. Chunonchi, jamiyatning paydo bo'lishi, davlat va uni 
boshqarishmasalalari, adolatli va adolatsiz podsholar, ilm-fan taraqqiyotining 
jamiyatdatutgan o'rni, aqliy va axloqiy tarbiya, insonda ijobiy xislatlarni tarkib 
toptirishmasalallari va boshqalar shular jumlasidan. 
Davoniy o'z asarida insonni ijtimoiy mavjudot sifatida qaraydi, inson 
faqatjamiyatda, kishilar orasida, ular bilan munosabatda shakllanadi, degan fikrni 
ilgarisuradi. U ot'mish olimlarining ta'lim-tarbiyaga oid asarlaridagi 


140 
an'analarnirivojlantirgan holda o'z qarashlarini o'tkir ruhshunos olim sifatida ham 
talqin 
etadi, uning fikricha bola yaxshi fazilatlarni ta'lim-tarbiya natijasida egallashi 
mumkin. Chunki, bolada his-tuyg'u juda erta shakllanib boradi, u ulg'aya borgan 
sari ayrim juz'iy narsalarni ham ajrata boshlaydi, tana a'zolari mustahkamlanadi, 
narsa va hodisalarni bir-biridan ajrata boshlaydi, yaxshilik va yomonlik to'g risida 
tasavvurga ega bo'la boshlaydi, aqli to'lishib, ongi o'sadi deydi olim. Ana shu 
paydo bo'lgan sezgi va aql orqali tashqi dunyoni bilishi mumkin deydi. 
Demak, yuqoridagi fikrlarga asoslanib, Davoniy insoniy fazilatlarga ega 
bo'lishdata'lim-tarbiyaning o'rniga katta ahamiyat berganligining guvohi 
bo'lamiz.Davoniy insoniy fazilatlarni to'rtga bo'ladi: donolik, adolat, shijoat, 
iffat.Bular orqali qadim-qadimlardan insonning xulq-odobi belgilangan.

Yüklə 46,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə