Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xo


yilda mehmonxonalarning toifasi (yulduzlari) bo‘yicha ulushi, %



Yüklə 306,58 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü306,58 Kb.
#133621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mexmonxonalarda ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi kurs ishi

2017 yilda mehmonxonalarning toifasi (yulduzlari) bo‘yicha ulushi, %
1.1 1-diagramma1

Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda Mehmonxona xo’jaligi o’zining servis xizmat ko’rsatish turlari bo’yicha turli darajada bo’lsada, lekin barcha mehmonxonalarda asosan: qabul qilish va joylashtirish, savdo xo’jalik ishlari, muxandislik, xavfsizlik, sotib olish, ovqatlanish va boshqa servis xizmatlari yo’lga qo’yiladi. Albatta, mehmonxona turi, quvvati, darajasiga qarab bunday xizmatlar turini kamaytirilishi yoki kengaytirilishi mumkin. Masalan, bronlash xizmati alohida bo’lishi yoki kommertsiya ishlari bilan qo’shilishi, xarid qilish xizmati moliyaviy xizmat bilan, banket xizmati ovqatlanish xizmati bilan bo’lishi mumkin.
Mehmonxona xo’jaligi o’zining servis xizmat ko’rsatish turlari bo’yicha turli darajada bo’lsada, lekin barcha mehmonxonalarda asosan:

Albatta, mehmonxona turi, quvvati, darajasiga qarab bunday xizmatlar turini kamaytirilishi yoki kengaytirilishi mumkin. Masalan, bronlash xizmati alohida bo’lishi yoki kommertsiya ishlari bilan qo’shilishi, xarid qilish xizmati moliyaviy xizmat bilan, banket xizmati ovqatlanish xizmati bilan bo’lishi mumkin.So‘nggi yillarda mamlakatmizda mehmonxonalar faoliyatini takomillashtirish va ularda ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini jahon talablari asosida shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu bilan birga, davlat standartlariga asosan mehmonxonalarda zamonaviy xizmat ko‘rsatish darajalari belgilangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish darajalari taqdim etayotgan mehmonxonalar xizmat ko‘rsatish sifatini belgilash uchun ishlatiladi.
2Zamonaviy mehmonxonalar faoliyatida turistik xizmatlarda quyidagi xizmatlar lyuks, birinchi klass, turistlik klass, iqtisod klass qilib belgilanadi.
Lyuks klass” Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi. Ayniqsa, 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida alohida gid xizmatlari va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Bunday turlar VIP xizmat ko‘rsatish turkumi bo‘yicha taqdim etiladi.
Birinchi klass” (daraja) – bu nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirish, biznes klass darajadagi samolyotlarda uchish, obro‘li restaranlarda ovqatlanish, individual traasnfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistlik klass” Bu 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchish, shved stoli xili bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transferni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turi sanaladi.
Iqtisod klass” Bu eng arzon ximat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadilar. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni nazarda tutadi.
1.1 1-rasm3

Shu bilan birga, 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirishni, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon.
Ammo, ushbu belgilashlarning barcha darajalari shartli va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib, xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish shuningdek, bugungi kun talabidagi zamonaviy mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish hajmini ko‘paytirish, samaradorlik darajasini oshirish, ko‘proq bepul va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yaratish lozim.
Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatishda albatta mijozlar talablarini inobatga olish lozim. Mehmonxonalarning mijozlari orasida o’tkazilgan ko’plab statistik tadqiqotlar natijasida foydali statistik ma’lumotlar olingan. Misol uchun, mehmonxonalarning mijozlari orasida biznes-turistlar ulushi 40% gacha etishi, juft bo’lib sayyohat qiluvchi turistlar 43% ni, yolg’iz erkaklar 32% ni, yolg’iz ayollar esa – 22% ni tashkil etishi aniqlangan. Mehmonxonani dastlabki tanlashda quyidagi omillar hisobga olinadi (muhimlik darajasiga qarab): mehmonxonaning joylashgan o’rni, u ko’rsatadigan xizmatlar, yashash uchun to’lanadigan haq, tashqi ko’rinishi va tozaligi. Mijozlar ko’proq nimadan shikoyat qilishi ham aniqlangan:

  • xodimlar etarli darajada e’tibor bermasligi;

  • nomer joylashishga tayyor emasligi;

  • nomerni bronlashtirish majburiyati bajarilmaganligi;

  • mehmonxonada va nomerda mijoz o’zini xavfsiz his etmasligi;

  • nomerda harorat qulay emasligi;

  • shovqin darajasining kuchliligi;

  • karavotning noqulayligi;

  • narxning balandligi;

  • xizmat ko’rsatishdagi sustkashlik.

Mehmonxonalarning mijozlari orasida o’tkazilgan so’rovlar natijasida ham menejment uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan juda ko’p ma’lumotlar olingan. Misol uchun, mijozlarning to’rtdan uch qismi nomerga joylashishda birinchi navbatda mini-barni ochib ko’rishi va uning ichidagi narsalar bilan qiziqishi aniqlangan. Shuningdek, yulduzlar soni kam bo’lgan mehmonxonalarda mini-barlarni jihozlash foydali ekanligi ham aniqlangan (ayniqsa, mini-bardagi narxlar ana shunday ichimliklarga do’konlarda belgilangan narxlardan bir necha baravar balandligi hisobga olinsa).
Bundan tashqari, mijozlarning 95% har kuni kamida bir soat televizor tomosha qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda ikki yulduzli mehmonxona nomerida televizor bo’lgani ma’qul (televizor nazarda tutilmaydigan ekologik mehmonxonalardan tashqari).
4Mijozlarning 95% dush va atigi 5% - vanna qabul qiladi. Shu sababli hozirda ayrim to’rt yulduzli mehmonxonalar nomerlarda to’la o’lchamli vannalardan ko’ra ko’proq arzon dush kabinalari o’rnatmoqda. Mijozlarning 40%i ertalab uyg’otishni talab qiladi. Shu bois mehmonxona avtomatik uyg’otish sistemasi bilan jihozlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero, mijozlarni telefon operatori yordamida uyg’otish hatto kichkina mehmonxona uchun ham jiddiy muammo tug’dirishi mumkin, chunki mijozlarning aksariyati ularni ayni bir vaqtda – soat 7 da uyg’otishni so’raydi. Darvoqe, mijoz o’z vaqtida uyg’otmagani uchun mehmonxonadan sud orqali ancha katta pul undirib olgan hollar ham ma’lum. Misol uchun, shunday hollardan birida mijoz sudda mehmonxona aybi bilan uxlab qolgani va ishga doir uchrashuvga o’z vaqtida etib borolmagani uchun foydali buyurtmadan mahrum bo’lgani, ya’ni ziyon ko’rganini isbotlab bergan.
Bugungi kunda mijoz o’rta darajali (3-4 yulduzli) mehmonxonada ko’rishni umid qilgan xizmatlarning muayyan to’plami shakllangan. Zarur xizmatlarning asosiy to’plami (yashash sharoitlari, ovqatlanish, nomerning issiqligi, issiq suv)dan tashqari, hozirgi namunaviy mijoz mehmonxonada quyidagi xizmatlarni olishga umid qiladi:

  • nomerdagi vanna va hojatxonada – yuvinish buyumlari to’plami, fen, bir nechta sochiq, poyafzal tozalash vositasi;

  • nomerda chetga to’g’ridan-to’g’ri chiqish mumkin bo’lgan telefon, masofadan turib boshqariladigan televizor;

  • mijozga notanish shaharda mo’ljal olishga ko’maklashadigan axborot xizmati;

  • mehmonlarni uyg’otish bo’yicha tekin xizmatlar;

  • nomerga ovqat keltirish xizmati (room service);

  • fitness markazi, basseyn;

  • kokteyl-bar (restorandan tashqari);

  • mijozlarning avtomobillarini qo’yish uchun joy;

  • kirxona va kimyoviy tozalash xizmati.

Yüklə 306,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə