Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xo


II Bob Mehmonxonalardagi qo’shimcha xizmatlarni takomillashtirish yo‘llar



Yüklə 306,58 Kb.
səhifə5/9
tarix28.11.2023
ölçüsü306,58 Kb.
#133621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mexmonxonalarda ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi kurs ishi

II Bob Mehmonxonalardagi qo’shimcha xizmatlarni takomillashtirish yo‘llar

2.1 Mehmonxonalarda qo’shimcha xizmatlar ko‘rsatishning horij tajribasi.


G`arb davlatlarida turizmning asоsiy infratuzilmasi hisоblangan mеhmоnхоna хo`jaliklarini bоshqarish bo`yicha ko`p yillik tajriba yig`ilgan. Mеhmоnхоna kоrхоnalari faоliyatida хоrij tajribasini o`rganish mехmоnlarga хizmat ko`rsatish sifatini yaхshilashda katta rоl o`ynaydi.
Хоdimlar zamоnaviy хizmat darajasiga mехmоnlar tоmоnidan qanday talab qo`yilishi haqida tasavvurga ega bo`lmasa, ulardan mijоzlarga yuqоri darajada хizmat ko`rsatishlarini talab qilish murakkabdir. Bugungi kunda bizga jaхоn talablariga javоb bеruvchi turizm sоhasini rivоjlantirishning milliy mоdеlini yaratish bo`yicha takliflar kiritilmоqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalar faoliyatini va ulardagi xizmat ko‘rsatish darajalarni belgilash maqsadida tasniflashning yulduzli tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim ham mehmonxonalarni besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch yulduzli», «to‘rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus komissiya ballar bo‘yicha baholash asosida belgilaydi.
Ma’lum toifa mehmonxonalariga tizim tomonidan qo‘yilgan talablar ballarda baholanadi. Bunda har bir band bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal baho belgilanadi. Komissiya o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan har qanday qo‘shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‘yishi mumkin. Muayyan toifani olish uchun mehmonxona ayni toifa uchun belgilangan ballarning minimal miqdorini to‘plashi lozim.
-1 yulduzli toifa uchun 100 ball;
-2 yulduzli toifa uchun 150 ball;
-3 yulduzli toifa uchun 210 ball;
-4 yulduzli toifa uchun 250 ball;
-5 yulduzli toifa uchun 290 ball
Mehmonxona restorani ish faoliyati boshqa oddiy restoranlar ish faoliyatidan biroz farq qiladi. Restoran ish vaqti shunday tashkil etilishi kerakki, ushbu vaqt mehmonxonada joylashgan ko‘pgina mehmonlar ehtiyojini qondirsin, hatto bu restoranga bazi hollarda foyda keltirmasa ham. Mehmonxona mehmonlarining 70% tushlik, 50%ga yaqini kechki ovqatni mehmonxona restoraniga qilmaydilar. Restoran daromadining uchdan ikki qismini chetdan kirgan xo‘randalar olib keladi. Bundan shuni xulosa qilish kerakki, mehmonxonarestorani tashqaridan alohida kiradigan eshikka va avtomobillar to‘xtash joyiga ega bo‘lishi kerak.
Xorjiy rivojlangan mamlakatlardagi mehmonxonalarda servis turini tanlashda va unga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar «qanchalik qimmat bo‘lsa, shunchalik servis ko‘p bo‘lishi kerak» degan prinsipga rioya qilish zarur. Dunyoda mehmonxonaning restoran servislarining quyidagi turlarini ajratishadi:
Buffet (shved stoli) - mijoz o‘z stolidagi katta idishdan o‘zi ovqat soladi. Bunda bir necha variantlar mavjud: taom katta la'lilarda yoki isitiladigan poddonlarga joylashgan,oshpaz mijoz stoli oldida go‘sht kesib beradi;
Plate service ( amerikacha ham deyiladi)- ofitsiantlar mijozning chap tomonidan turib uning tarelkasiga taomni qo‘yadilar, bo‘sh tarelkalarni esa mijozning o‘ng tomonidan oladilar.
Family service (oilaviy) —taom stol o‘rtasida turibdi va har bir mijoz o‘z tarelkasiga o‘zi olib solidi, ba'zida stolda faqat garnirlar turadi, go‘sht(baliq) esa ofitsiantlar tomonidan tarelkaga qo‘yiladi. Servisning bu turini inglizcha ham deyishadi. Bu servis turi asosan uch yulduzli mehmonxonalarda qo‘llaniladi.
Silver service —taom ofitsiantlar tomonidan katta idishda stolga qo‘yiladi, ushbu idishdan ofitsiant mehmonlar tarelkasiga chap tomondan turib ovqat solib beradi, tarelkalarni esa mehmonning o‘ng tomonidan qo‘yib chiqadi. Restoran servisining ushbu turini AQSH va Germaniyada ruscha, Fransiyada esa fransuzcha deyishadi.
Gueridon service —restoran servisining eng oliy turi bo‘lib, unda ofitsiant taomni maxsus teleshkada mehmon stoli oldida tayyorlaydi. Bu servis turi 5 yulduzli mehmonxonalarda qo‘llaniladi.
Ta'kidlash joizki, ofitsiant taomning faqat yakunlovchi bosqichini ko‘rsatadi(spirt alangasida qovurish). Nima qilayotganligini u mehmonlarga tushuntira olishi kerak. Fransiyada servisning bu turini ruscha deb atashadi.
Servisning turiga qarab qancha ofitsiant kerakligini aniqlash mumkin. Masalan, Silver service da bitta ofitsiantga 10 ta mehmon, Plate service da bitta ofitsiantga 18 ta mehmon. Hatto har bir mijoz uchun stolda ajratilgan masofa ham muhim. Silver service da 75sm va Plate service da 60sm.
Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda keyingi yillarda mehmondo‘stlik sanoati korxonalarining rivojlanishida ko‘zga tashlangan tendensiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mehmonxona va restoran xizmatlari ixtisoslashuvining chuqurlashishi;
- xalqaro mehmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi;
- kichik korxonalar tarmog‘ining rivojlanishi;
- mehmondo‘stlik sanoatiga yangi kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi;
So‘nggi yillarda to‘la servisli an’anaviy mehmonxonalar bilan bir qatorda, taklif qilinuvchi xizmatlar to‘plami qisqartirilgan ixtisoslashgan korxonalar paydo bo‘la boshladi. Korxonalarning ixtisosligi har xil bo‘lishi mumkin.
Mehmonxonalar turistik bozorning muayyan segmenti vakillariga, masalan, o‘z mehnat ta’tilini golf o‘yiniga, chang‘i sportiga, otda sayr qilishga va h.k.ga bag‘ishlagan mijozlarga, kongresslar, ko‘rgazmalar, yarmarkalarda qatnashish uchun kelgan turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashishi mumkin.
Xorijiy rivojlangan mehmonxonalar tajribasi bugungi kunda jaxon standartlari asosida tashkil qilingan bo‘lib, ular sirasiga quyidagi mehmonxonalarni kiritib o‘tishimiz mumkin.
6“Grand Hyatt” mehmonxonasi. Zamonaviy va xashamatli Grand Hyatt mehmonxonasi Dubayning tarixiy ko`rfazi qirg`og`ida joylashgan. Bu 5-yulduzli mehmonxona bo`lib, Dubay xalqaro oeraportidan 7 km uzoqlikda joylashgan. Bu mehmonxona yaqinida “Wafi City Shopping Mall” bozori joylashgan.
Mehmonxonada 14 ta restoran va barlar mavjud. Restoranda ko`p xalqlarning taomlarini tayyorlashadi. Mehmonxona fitnes markazi bilan keng va shinam spa davolanish sog`lomlashtish markazi hammom ochiq va yopiq basseynlar tenniskortlari mavjud.
Mehmonxona 186 ta apartment xonadan iborat. Mehmonxona mehmonlarga quyidagi xizmatlarni taklif qiladi.
-yuqori tezlikda harakat
-bozor galereyasi
-ovqatlanish va ko`ngil ochish dasturlar
-coor barda jonli musiqa eshitib hordiq chiqarishlari mumkin.
Mehmonxonada mijozlar uchun quyidaga faolyatlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan:
-bolalar uchun Hyatt lageri
-tennis korti
-golf klubi
-mahalliy atraktsionlar
-”Bur Dubai” maydoni
-dubay xalqaro savdo markazi
-dubay ko`rfazi
-”Dubai Mall” va amirliklar “shopping Mall”i
Shuningdek, mehmonxona yana mijozlar quyidagi qo‘shimcha xizmatlar joriy qilingan.
-har xil turdagi do‘konlari va sovg’alar bo‘limi;
-mehmonlar uchun;
-ko‘ngil ochar attraktsionlar dasturlar;
-“formula 1” va velopoygalari;
-golf maydoni
7“Yas Viceroy Hotel” mehmonxonasi dunyoning eng zamonaviy va hashamatli mehmonxonalar qatoriga kiradi. Bu besh yulduzli mehmonxona Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti bo‘lmish Abu-Dabida joylashgan.
Mehmonxona jami 499 ta nomerlar fondiga ega bo‘lib, ularning har biri juda qulay va shinam shuning bilan birgalikda eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligi. Mehmonxona Dubai xalqaro aeroportiga yaqin joylashgan va shuningdek, “Yas Mall” savdo markazi, mashhur “Formula 1” musobaqasi o‘tkaziladigan “Ferrari World Abu Dhabi“ majmuasi ham mavjud.
Mehmonxonaning o‘ziga xos taraflaridan yana biri shundaki mehmonxonaning yarmi quruqlikda va yarmi suv ustida joylashgan.
”Yas Viceroy Hotel” mehmonxonasining ko‘rsatiladigan xizmatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-restoran;
-ochiq va yopiq basseyn;
- tennis kort;
- bar;
-24 soat davomida “front office” xizmati;
-aeroportdan kutib olish va kuzatish;
-yosh bolalarga xizmat;
-biznes markaz
- ijara mashinasi;
-bolalar o‘yin maydonchasi;
-konserj xizmati;
-valyuta ayriboshlash;
-fitnes markaz;
-komyuter o‘yinlari xonasi;
-sovg’a do’konlari;
-bepul “wi-fi” internet;
-jakuzi va spa;
-kirxona;
-xona xizmati;
- xavfsizlik xizmati
Mehmonxona restoranlarida mehmonlar ertalabki nonushtani 6,30-10,30 , tushlikni 12,30-3,00, kechki ovqatni 7,00-11,00 gacha qilishlari mumkin.
Mehmonxona restorani bu yerda siz turli xil tamga boy o‘rta yer dengizi va arab davlatlari milliy taomlarini tatib ko‘rishingiz mumkin va bu yerda siz 7.00-1.00 gacha ovqatlanib hordiq chiqarishingiz mumkin. Bu restoran hind va xitoy milliy taomlarini mehmonlarga taqdim qiladi, bu yerda siz turli xil bug’da pishirilgan va qovurilgan taomlarni tatib ko‘rish mumkin.
Qo’shimcha xizmatlar yaratish mehmonxona qulayligini oshirishda katta ro’l o’ynaydi. Qo’shimcha xizmatlarni yaratish orqali mehmonxonada mijozlar sonini oshirish va doimiy mijozlarga ega bo’lish mumkin. Hozirgi kunda mehmonxonalarda ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlarning 500 dan ortiq turi mavjud deb hisoblanadi. Haqiqatda qo’shimcha xizmatlar yaratishda malum chegara yo’q. Qo’shimcha xizmatlar mehmonxona menejerining yaratuvchanlik qobilyati va mehmonxona joylashgan hududdan kelib chiqib yaratiladi.
Otеllar mijozlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar ham mеnеjmеnt uchun foydali bo’lish ehtimoli bor ko’plab ma'lumotlarni aniqlashga imkon bеrgan Mehmonxonalarda qo’shimcha xizmatlar ko’satish bu mehmonxona obro’si va
edi. Masalan, musofirlarning 1/3 qismi nomеrga ko’chib kirib joylashayotganda birinchi ishi mini-barni ochish va uning tarkibi bilan qiziqishi bo’lishi aniqlangan. hatto «yulduz»i kam bo’lgan mеhmonxonalarda ham mini-barlar jihozlanishi foydali ekani shunday aniqlangan edi. Basharti, mini-bardagi aynan shunday ichimliklarning narxi odatda do’kon narxlaridan uch baravar qimmatligi inobatga olinsa, bu omil foydasini tushunish oson kеchadi.
Bundan tashhari, musofirlarning 95%i har kuni kamida bir soat tеlеvizor tomosha qiladi. Shuning uchun ham ikki yulduzli mеhmonxona nomеrida tеlеvizor bo’lishi maqsadga muvofiqdir (tеlеvizorni nazarda tutmaydigan ekologik mеhmonxonalardan tashhari, albatta).
95% Mеhmonlar dushda cho’miladi va faqat atigi 5%i vannaga ko’miladi. Buning oqibatida esa hozirda hatto to’rt yulduzli mеhmonxonalar to’liq o’lchamli vannaxonalar emas, balki ancha arzon turadigan dushxonalar o’rnatmoqda. Musofirlarning hariyb 40%i ertalab uyg’otib qo’yishga ehtiyoj 8sеzadi. Shu bois mеhmonxona avtomatik uyg’otgichlar bilan jihozlanishi muhim, nеgaki uncha katta bo’lmagan mеhmonxona uchun tеlеfon opеratori yordamida uyg’otib qo’yish muammoga aylanib kеtishi mumkin, chunki, musofirlarning ko’pchiligi bitta va aynan o’sha vaqtda — soat 7 da uyg’otib qo’yishni iltimos qiladi. Darvoqе, bir Mеhmon uni vaqtli uyg’otib qo’ymaganlari uchun otеldan ancha katta summani sud orqali da'vo qilib unidirib olgani, uxlab qolgani uchun ishbilarmonlar uchrashuviga vaqtida еtib kеlmagan va foydali buyurtmadan ma?rum qolgani, qayd etilgan.
Vaqt o’tishi bilan o’rta darajadagi mеhmonxonada (3-4 yulduzli) mijoz ko’rishni xohlaydigan muayyan xizmatlar turkumi ishlab chiqilgan. Zarur xizmatlarning asosiy turkumidan tashhari (to’shak, ovqatlanish, nomеrdagi issilik, issiq suv), zamonaviy mijoz otеlda quyidagi xizmatlardan foydalanishni ko’zlaydi:

  • nomеr sanuzеlida — hojatxona turkumi, fеn, bir qancha sochiq, poyabzal tozalash uchun vositalar;

•nomеrda to’g’ridan-to’g’ri tеlеfon, masofadan turib boshhariladigan tеlеvizor;

  • notanish shaharda mo’ljal olishda mijozga yordam bеradigan axborot xizmati;

  • mеhmonlarni uyg’otib qo’yish bo’yicha tеkin xizmat;

  • nomеrga ovqatlarni еtkazib bеrish xizmati (romm sercice);

  • fitnеss markaz va bassеyn;

  • koktеyl-bar (rеstorandan tashhari); • mijozlar avtomobillari turadigan joy;

  • kirxona va ximchistka.

Nomеrda mini-bar, otеlda esa biznеs markaz vujudga kеlishi lozim. Bеsh yulduzli Mеhmonxonalarda uxlash oldidan nomеrni tayyorlash majburiydir: to’shakdan pokrivalni еchib olish va adyolni chappa to’shab qo’yish, stol ustidagi lampani yoqish va yostiqqa shokolad qo’yish zarur.
Supеr otеllar mеhmon xizmatiga vau ning gardеrobiga ko’z-quloq bo’lib turuvchi xizmatkorni ajratishi ham mumkin.
Yuqori razryadli otеllar nogironlar, ko’zi ojizlar, hariyalar, bolalar singari va hokazo mijozlar toifalariga maxsus xizmatlar havola etishi majburiydir.
Nogironlik aravachasidagi mеhmon otеlning barcha xonalariga borish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim, har 50-100 ta odatdagi nomеrga aravachadagi nogiron uchun maxsus moslashtirilgan bitta nomеr to’g’ri kеladi: aravacha sanuzеlga kirishi mumkin, sanuzеlda ham ichki tеlеfon mavjud, basharti, nogiron kishiga pеrsonal yordami kеrak bo’lib qolgan taqdirda ham foydalanadi.
Bugungi kunda Xorazm viloyatidagi mehmonxonalarda ham qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish rivojlanmoqda. Chunki qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish qo’shimcha daromad olib keladi. Bunga misol tariqasida Urganch shahridagi 9“Turon” mehmonxonasida ko’rsatiladigan qo’shimcha xizmatlarni ko’rishimiz mumkin:
-restoran xizmati;
-kechki bar xizmati;
-komputer ijara xizmati;
-internet WI-FI xizmati;
-qishgi baseyn xizmati;
-buyumlarni saqlash xizmati;
-stol tennis xizmati;
-avtomobillarni yuvish xizmati;
-gid tarjomon xizmati ( fransuz tili, ingiliz tili, nemis tili va yapon tillari bo‘yicha)
-massaj xonasi;
-24 soat xona xizmati;
-sauna;
Ovqtlantirish xizmati mehmonxonalarda muhim ro’l o’ynaydi. Shuning uchun bu sohaga katta e’tibor qaratiladi. Bu mehmonxonada ovqatlantirish toliq pansion va yarim pansion korinishida bo’ladi va bar xizmati kechayu kunduz ishlaydi, ular quyidagicha:
Ertalabki nonushtaga odatda quyidagilar beriladi :

  • Qora va ko’k choy

  • Qahvaning turli xillari .

  • Sut – qaynatilgan va sovuq holda

  • Har xil sharbatlar va kompotlar

  • Quymoq : tvorogli , go’shtli, quruq quymoqlar

  • Sasiska mahsulotlari qovurilgan holda

  • Sariyog’

  • Bulichkalar

  • Pichenyalar

  • Tuxum mijoz xohishiga binoan qovurilgan va qaynatilgan holda

  • Asal

  • Har xil murabbolar va jemlar

  • Smetana

  • Qatiq

Mini bar ichimliklari mehmonlarga pulli xizmat sifatida taqdim etiladi . Kun va tunning istalgan qismida mijoz o’zi xoxlagan ichimlikni sotib olishi mumkin. Quyida ularning narxlari ko’rsatilgan ro’yxat keltirilgan :
2.1 1-jadval

Ichimlik nomi

Sig’imi

Narxi (so’m)

Hydrolife still

1,5 l

3000

Hydrolife gas

1,5 l

3000

Hydrolife gas

0,5 l

2000

Hidrolife still

0,5 l

2000

Coca-cola

0,5 l

5000

Fanta

0,5 l

5000

Sprite

0,5 l

5000

Beer

0,2 l

6000

Juice

0,2 l

2000

Juice

1 l

7000

Manba: turonhotel.uz

Bulardan tashqari mehmonxonada yopiq sport zal, sauna, yopiq basseyn, fitness sentr, restoran(bochka shaklida) ijaraga berish.


2.1 2-jadval10


Yüklə 306,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə