Kirish i-bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli mehmonxona xizmatlarining tavsifi va o‘ziga xos xususiyati Mehmonxonada ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar Mehmonxonada turistlar xavfsizligini ta’minlash masalalari



Yüklə 290,91 Kb.
səhifə1/9
tarix11.12.2023
ölçüsü290,91 Kb.
#143979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kirish i-bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli me


KIRISH
I-Bob. Turizm sohasida mehmonxonalarning o‘rni va roli
1.1 Mehmonxona xizmatlarining tavsifi va o‘ziga xos xususiyati
1.2 Mehmonxonada ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar
1.3 Mehmonxonada turistlar xavfsizligini ta’minlash masalalari
II-BOB “Surxon Hotel” mehmonxonasidagi xizmatlar tahlili
2.1 “Surxon Hotel” mehmonxonasi faoliyati tahlili
2.2 “Surxon Hotel” mehmonxonasida asosiy xizmatlar tahlili
2.3 “Surxon Hotel” mehmonxonasida qo‘shimcha xizmatlar tahlili
III-BOB “Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmatlar assortimentini yanada takomillashtirish yo’llari
3.1 “Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish sifatining o‘ziga xos xususiyatlari
3.2 “Surxon Hotel” mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etuvchi omillar
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.





KIRISH
Termiz shahridagi “Surxon” mehmonxonasi 1988 yilda ishga tushirilgan. Mehmonxona qulay joylashuvi (Termiz temir yo'l stansiyasidan atigi 2 km va Termiz xalqaro aeroportidan 14 km masofada joylashgan) shahrimizga samarali biznes hamda sayyohlik safarlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bu yerdan siz bemalol Termizning asosiy diqqatga sazovor joylariga borishingiz mumkin. Mehmonxona ish safarlari va ekskursiyalar uchun javob beradi.
Mehmonxonada uzluksiz elektr va gaz ta'minoti, avtonom issiqlik ta'minoti, mavsumiy konditsionerlar, mahalliy va shaharlararo telefon aloqasi, simsiz Wi-Fi internet kabi barcha zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalari mavjud. 2018 yilda mehmonxonada qayta katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bu erda bar mavjud. Qabulxona 24 soat ochiq. Mehmonlar restoranga tashrif buyurishlari yoki xonaga oziq-ovqat va ichimliklar yetkazib berishlari mumkin. .
Mehmonxonada 96 ta xona mavjud:

  • 77ta ikki o'rinli alohida krovatli xona

  • 16ta ikki o'rinli bitta katta krovatli xona

  • 3ta uch kishilik xona

Mamuriy bino 7 qavat bo`lib zilzila bardoshliligi 8 ballgacha. Kirish eshiklari jami 1 ta. Kir yuvish joylari mehmonxonaning yerto’lasida joylashgan.
"Surxon Hotel" mehmonxonasi Siz uchun
14,5 kvadrat metrdan 34 kvadrat metrgacha bo'lgan balkonli 77ta ikki o'rinli alohida krovatli xona;
15 kvadrat metrdan 34 kvadrat metrgacha bo'lgan balkonli 16ta ikki o'rinli bitta katta krovatli xona;
15 kvadrat metrdan 34 kvadrat metrgacha bo'lgan balkonli 3ta uch kishilik xonalar xizmatini taklif etadi.
Barcha xonalarda balkon mavjud. Mehmonxonaning barcha taklif etilayotga barcha xonalarida zamonaviy 2 (*) yulduzli mehmonxonalarga qo’yiladigan talablariga to’liq javob beradigan barcha qulayliklar mavjud.
Taklif etilayotga barcha xonalar zamonaviy mehmonxona talablariga mos ravishda jihozlangan.
Xonalar to'rt asosiy toifaga bo'linadi - Standart, Premium, Deluxe, Lux.
Mehmonxonada 24 soatlik xona xizmati, kir yuvish xizmati, qo'shimcha yotoq, avtoturargoh va internet tarmog’iga ulanish Mehmonxona xizmatlariga kiritilgan.
Mehmonxonaning quyidagi xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin:

  • Restoran

  • Nonushta “Shved stoli”

  • Konfrensiya zali

  • Vip zali

  • Yuk yaqlash xonasi

  • Kir yuvish xizmati

  • Kiyimlarni dazmollash xizmati

  • Shaxar va mobil telefonlarga qo’ng’iroq qilish

  • Shahar bo’ylab sayohatlar

  • Massaj

  • Sartaroshxona

  • Sovg’alar do’koni

  • Avtoturargoh

  • Bepul; Wi-Fi tizimi

  • Lift

Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda turizm sohasining zamonaviy infratuzilmasini barpo qilish, turizmni rivojlantirishga oid davlat dasturi, xorijiy investorlar ishtirokidagi mehmonxona majmualariga imtiyozlar berish, mamlakatimizda mehmonxona biznesini rivojlantirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining ko‘plab sohalari chet el investorlari va hamkor sheriklari bilan xorijda ishlarni muvaffaqiyatli olib bormoqdaki, buning evaziga O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turli mamlakat turistlari va namoyondalari soni o‘sib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Shu tufayli mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, assortimentini oshirish zarurati ham ortib bormoqda. Aynan shular mazkur malakaviy ishining dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 290,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə