Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xo



Yüklə 306,58 Kb.
səhifə7/9
tarix28.11.2023
ölçüsü306,58 Kb.
#133621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mexmonxonalarda ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi kurs ishi

Xulosa va takliflar


Mehmonxonalar faoliyatida servis va xizmat ko‘rsatish darajasini har jihatdan rivojlantirish, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va farovon hayot barpo etishning muhim omillaridan biridir.
Hozirgi kunda respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik obyektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda.
Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqda. Bu esa turizm sohasida katta yangilanishni taqozo etdi. Chunki, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi.
Bugungi kunga kelib respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda.
Bilamizki, so’nggi bir necha yillar davomida mamlakatimizda turizm sohasining asosi bo’lgan mehmonxonalar industriyasi jadal rivoj topmoqda. Shuningdek, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aholining ish bilan ta’minlanishi va o’z navbatida sayyohlikning ham yanad rivojlanishiga imkon yaratadi.
So‘nggi yillarda mamlakatmizda mehmonxonalar faoliyatini takomillashtirish va ularda ko‘rsatiladigan servis xizmatlarini jaxon talablari asosida shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Hozirgi kunda mehmonxonalarda qo’shimcha xizmatlar yaratish dolzarb mavzu bo’lmoqda. Qo’shimcha xizmatlar yaratish nafaqat mehmonxona balki mamlaktimiz turizmi uchun ham foydali hisoblanadi. Bu orqali chet eldan kelgan turistlaning qolish muddatini uzaytirish va qoshimcha daramodga ega bo’lish shu bilan birgalikda qo’shimcha ish o’rinlarini ochish imkoniyatini beradi.
Men o’z taklifimda mehmonxonada qo’shimcha xizmat yaratish ya’ni mehmonxonada kichik turoperatorlik xizmatini yaratishni ilgari surmoqchiman. Bizning viloyatimiz sharoitida bu juda zarur hisoblanib bizda bunga ehtiyoj yuqori hisoblanadi.
Mehmonxona bu xizmat turi orqali o’z mijozlariga qo’shimcha turistik markazga sayohatni taklif etadi. Malumki Ellikqala va to’trko’l tumanlarida tarixiy ahmiyatga ega bo’lgan 9 ta qala mavjud bo’lib, bugungi kunda bu qalalar chet ellik turistlarni jalb qilmoqda. Ammo hozircha bu hududlarga aniq turmarshrutlar soni yetarli emas. Bizning viloyatimizga kelayotgan ko’pchilik turistlar bu tarixiy obidalar ya’ni Ayoz qala, Tuproq qala, Kizil qala, Guldursun qala va bosqalar haqida va ularga qanday borish haqida mehmonxonalardan maslahat so’rashmoqda. Agar bur kunlik tur loyihasida 4 yoki 5 ta qalaga sayohatni uyishtirilsa bu mehmonxona uchun qo’shimcha daromad, ish o’rinlari kabi qulayliklarni yaratadi. Hozirgi kunda yarim kunlik sayohat ya’ni 3 qalaga sayohat uchun har bir turist 15$ berishga tayyor buning uchun faqatgina transport va gid-ekskursavot kerak bo’ladi. Bu narx eng oddiy va ekonom klass uchun holos. Bunday imkoniyatlardan foydalanib qo’shimcha ish o’rinlar yaratish, turizmdagi xizmatlar sonini oshirish va turistlar sonini oshirishimiz mumkin


Yüklə 306,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə