Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti mehmonxona xo



Yüklə 306,58 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü306,58 Kb.
#133621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mexmonxonalarda ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi kurs ishi

Xizmat turi

Sig’imi

Narxi(so’mda)

yopiq sport zal

24 kishi

40 000

sauna

12 kishi

35 000(bir kishi uchun)

yopiq basseyn

8 kishi

180 000

fitness sentr

24 kishi

10 000(bir kishi uchun)

restoran(bochka shaklida)

6 kishi

80 000

Stol tennisi

4 kishi

20 000(2 kishi uchun)

Manba:turonhotel.uz
Ushbu xizmatlardan tushadigan mablag‘lar mehmonxonaning kelajakda yangi xizmat turlarini tashkil etish va joriy qilish uchun sharoit yaratishda foydalaniladi. Xizmatlar paketini mijozlarga taklif qilishda albatta reklama asosiy rol o‘ynaydi. Chunki har bir yaratilgan yangi xizmat haqidagi ma’lumotlardan mijozlar reklama vositalari yordamida xabardor bo‘ladi va shu orqali xizmatlarni ularga ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi

2.2 Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatishda zamonaviy tehnologiyalardan foydalanish


Mehmonxonada xizmat ko’rsatishda zamonaviy tehnologiyalardan foydalanish mehmonxona uchun qo’shimcha qulayliklar beradi. Xavfsizlik xizmatida zamonaviy tehnologiyalardan foydalanish mehmonlarning xavfsizligini taminlash uchun muhim hisoblanadi. Agar mijoz mehmonxonada o’zini xavfsiz his qilmasa, u bu erga boshqa kelmaydi. Mijoz nomerda o’zini xavfsiz his qilishi uchun mazkur nomer eshigi mustahkam va ishonchli bo’lishi (hech bo’lmasa shunday ko’rinishga ega bo’lishi), zanjirga qulflanishi, «ko’zcha» va ishonchli qulf bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Hozirda uch xil kalitli: mexanik, magnitli va elektron qulflar qo’llanadi. Ularning barchasi o’z yutuq va kamchiliklariga ega. Mexanik qulflar nisbatan arzon. Magnitli qulflar ularning kaliti yo’qolgan taqdirda qulfni qayta dasturlashtirish imkonini beradi (bunday holda mexanik qulfni almashtirishga to’g’ri keladi). Bundan tashqari, magnitli va elektron kalitli sistema nomerga kirgan barcha odamlarni qayd etish imkonini beradi (mehmonxona xodimlari tegishli kodli o’z kalitlariga ega bo’ladi). Magnitli kalitlarning kamchiligi shundaki, ular tasodifan magnitsizlanishi va natijada mijoz o’z nomeriga kirolmay qolishi mumkin. Bundan tashqari, qulf ishlashi uchun magnitli kartochka-kalitni qulf tirqishidan o’tkazish kerakki, bu yoshi o’tgan mijozlar uchun muayyan qiyinchilik tug’diradi.
Magnitli va elektron qulflar mehmonxonada qizg’in foydalanish hususiyatlaridan kelib chiqib yasalgan standart mexanik qismdan va qulf mexanizmini boshqaradigan elektron qismdan tashkil topadi. qulfning o’zi sifatli materialdan yasaladi. qulf qopqog’ini maxsus asbobsiz ochib bo’lmaydi.
Bunday qulflar kalitlarining quyidagi turlari farqlanadi11:

  • «smart» - karta;

  • perforatsiya yoki shtrix - kodli karta;

  • magnit chiziqli plastik kartochka (eng ko’p tarqalgan variant).

Magnitli yoki elektron qulflar o’rnatilgan mehmonxonaning ish jarayonini sodda qilib quyidagicha tavsiflash mumkin: mehmon joylashayotganida unga kodli kartochka beriladi. Ushbu kartochka yordamida mehmon o’ziga ajratilgan nomer eshigini faqat muayyan vaqt oralig’ida (mehmonxonada yashash vaqti mobaynida) ochib kira oladi. Ma’mur mehmonni ro’yxatga olishi jarayonida kodni dasturlashtirish amalga oshiriladi. Bunday karta ko’p marta qo’llaniladigan bo’lishi mumkin. Shunda u kodni ko’p karra qayta yozish imkonini beradi.
Elektron qulflarning maxfiylik darajasi ham ancha yuqori bo’ladi. Elektron qulfni yasama kalit bilan ochib bo’lmaydi, kodni yozib olish va undan nusxa ko’chirish esa – juda qiyin ish. Buning ustiga, kartochkada mehmonxona nomi va nomer raqami odatda ko’rsatilmaydi. Binobarin, elektron kalit yo’qolgan taqdirda ham mehmon o’z nomeriga birov ruxsatsiz kirishidan himoyalangan bo’ladi.

  • Bundan tashqari, elektron (magnitli) qulflar quyidagilarni ta’minlaydi:

  • muayyan belgi (zona, qavat)ga ko’ra birlashtirilgan bir necha nomer eshigini bir karta bilan ochish;

  • nomerga kirish uchun bir necha kartani dasturlashtirish (masalan, nomerga oila joylashganida);

  • nomerdagi seyfni ochish uchun ayni shu kartadan foydalanish;

  • nomerga kirishni nazorat qilish. qulf eshikning oxirgi 300 ochilishini eslab qoladi. Bu juda muhim, masalan, nomerdan o’g’rilik sodir etilgan taqdirda qonunbuzarni aniqlash uchun;

Agar mijoz mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish dasturida ro’yxatga olingan bo’lmasa, uni dasturlashtirish mumkin emas;
Nomerda elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat. Nomerda asosiy ulab-uzgich yoniga maxsus moslama o’rnatilgan bo’lib, nomerda chiroqlarni yoqishdan oldin kalitni ana shu moslama tirqishidan o’tkazish talab etiladi. Nomerdan ketayotganda mijoz kalitni o’zi bilan olib ketadi va oradan ma’lum vaqt o’tgach, nomerdagi chiroq o’z-o’zidan o’chadi;
Ayni vaqtda keng tarqalgan qulflarning notarmoq turini o’rnatish yuqorida zikr etilgan imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu variantda har bir qulf individual moslama hisoblanadi va boshqa qulflarga yoki markaziy kompyuterga ulanmaydi. Ular o’rtasidagi aloqa ko’chma programmator orqali amalga oshiriladi.
Sistemaning tarmoq turi o’rnatilgan, ya’ni barcha qulflar yagona tarmoqqa birlashtirilgan taqdirda, qo’shimcha funktsiyalar paydo bo’ladi:

  • xonaga ruxsatsiz kirilganini aniqlash;

  • nomerlarni markazlashtirilgan tartibda nazorat qilish (mijoz nomerda, mijoz nomerda yo’q, nomerni tozalash, bunda tozalash boshi va oxiri qayd etiladi va h.k.).

O’zini hurmat qilgan mehmonxona kalitlarning quyidagi turlaridan foydalanadi:
bosh kalit (Grand master Key) – bir yoki ikki nusxasi bosh direktorda va xavfsizlik xizmati boshlig’ida bo’ladi. Ushbu kalit bilan mehmonxonadagi istalgan eshikni ochish va berkitish, ayrim qulflarni esa mehmonxonadagi boshqa bironta ham kalit bilan ochib bo’lmaydigan qilib berkitish mumkin;
asosiy kalit (Master Key) – nomer fondi xizmatining boshlig’i, bosh muhandis, qabul qilish xizmati boshlig’ida bo’ladi. Ushbu kalit yordamida bosh kalit bilan berkitilgan qulflardan boshqa barcha qulflarni ochish mumkin;
sektsiya kaliti (Submaster Key) – mehmonxona xodimalarida bo’ladi. Ushbu kalit bilan, aytaylik, bir qavatda joylashgan nomerlarning eshiklari ochiladi.
Boshqa muammolarga quyidagilar kiradi: avtomobillarni qo’yish muammosi, ayniqsa, mehmonxona restoranlari o’z xizmatlarini ko’chadagi mijozlarga ham taklif qilish; foydalanish harajatlarini kamaytirish muammosi; yong’in xavfsizligi tizimini tashkil etish muammosi va boshqalar.
Bularda tashqari bronlashtirish jaroyonida ham zamonavy tehnologiyalardan foydalanish keng tarqalgan. Hozirgi kunda mijozlar mashhur yoki sohil bo’yidagi mehmonxonalarni ancha oldin bron qilishiga majbur bo’lmoqda. Chunki bu mehmonxonalarda nomerlar doim yoki mavsum paytlarida band bo’ladi. Asosan horijiy turistlar bunday vaziyatlarda internet orqali bronlashtirishdan foydalanadilar. Bu ancha qulay va kam mablag’ va pul sarf qilinadigan yo’l hisoblanadi. Internet orqali bronlashtishni booking.com opexsa.com saytlari orqali ham bronlashtirish mumkin.


Yüklə 306,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə