Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metod, vositalari



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə8/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

2-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish metod, vositalari.

Reja:


  1. Metod haqida tushuncha.

  2. Tabiatga nisbatan insoniy munosabatlarni shakillantishda bolalarning qurush-yasash faoliyatini rivojlantirish

  3. Tabiat bilan tanishtirish shakllari: mashg’ulot, ekskursiya,sayr va ularning turlari,otkazish metodikasi.

  4. Sayrlarni rejalashtirish. Maqsadli sayrlarni tashkil etish.



Maqsad: bolalarni tabiat bilan tanishtirish, qurush-yasash faoliyatini rivojlantirish , mashg’ulot, ekskursiya,sayr va ularning turlarini o`rganish haqida tushuncha berish.
Kalit so`zlar: qurush-yasash, mashg’ulot, ekskursiya,sayr

Tabiatga muhabbat-juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg’udir. U yuksak ruhiy va aqliy qatlamlarni o’z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muxitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M.Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o’zi yashab turgan mahalliy o’lka va O’zbekistontabiatiga muhabbat bilan qarash, ungako’ngil qo’yish ishtiyoqi o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan bu tuyg’u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi. Ana shuning uchun ham P.Yusupova o’zining «Formirovanie nachal materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v protsesse oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot ishida metodist olim A.V.Zaporojetsning quyidagi fikrini o’rinli keltiradi:«... maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo’lga qo’yish kerakki, bolalar tevarak-atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagieng oddiy bog’lanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari,o’zgarish va rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar,bunday material saviyaga mos bo’libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli hamdir». Bola ana shu bog’lanishlarni anglash orqali tabiatqonunlarini bilib boradi.


Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta’limyoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish- bu ularda tabiatga to’grimunosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagireal bilimlarni anglashning ta’limiy vositasi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyatiasosan o’z-o’zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo’lganbunday munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to’gri bo’ladi Oila, mahalla,bir so’z bilan aytganda, tevarakdagilarning, ayniqsa, maktabgacha ta’limmuassasasi tarbiyachilarining pedagogik ta’siri bilan bunday nojoiz faoliyattuzatib boriladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarningtabiathaqida ishonarli ma’lumotlarni egallashlari juda muhim.
Bolalar tabiat hodisalarini to’gri idrok etishlari uchun ularning tabiatniidrok etish jarayonini yo’naltirish zarur. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan vamaktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlarida undan kengfoydalanmasdan, maktabgacha ta’lim yoshidagibolalarni har tomonlama - aqliy,estetik, ahloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli haletib bo’lmaydi. qiziqarli hamdirqiziqarli hamdir».

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə