Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə16/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Kalit soz: Mashg`ulot, ko`rgazmali, amaliy, so`zlashish usuli, “oila”

Mashg'ulotni boshlashdan avval, tarbiyachi albatta o'zi tanlagan natura, o'yinchoq, illustratsiya va o'zi bolalarga nisbatan qayerda turishi kerakligini aniqlab oladi. Mashg'ulotdan oldin tarbiyachi albatta chizishni, loydan yasashni, qirqishni mashq qilishi lozim. Bu esa tarbiyachiga uni tasvir etishning yo'l va vositalarini aniqlab olish va har bir murakkab qismi ustida ko'proq ishlashni va bolalarning diqqatini ham shu yerga ko'proq tortish imkonini beradi. Mashg'ulotga tayyorlanish jarayonida tarbiyachi metodik adabiyotlarga murojaat etadi, qay bir metod va usullarni qo'llash mumkinligi ustida ishlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotni tashkil etishga tayyor bo'lgach, bolalarni o'yin faoliyatidan asta ta'limiy faoliyatga ko'chirib o'tadi. Mashg'ulotni tashkil etish jarayoni bir-ikki daqiqani tashkil etadi. Bu qism mashg'ulotga qarab turlicha uyushtirilishi mumkin. Masalan, bolalarning tasvirlashlari kerak bo'ladigan predmet yoki illustratsiyalami ko'rishni, kichkintoylarga esa o'sha narsa bilan o'ynashi, qo'li bilan tegishi mumkin bo'ladi. Kichik guruhdan boshlab bolalami sekin-asta, shovqinsiz, stol atrofiga o'tirishga o'rgatamiz. Mashg'ulotning turiga va mazmuniga qarab, turlicha o'tkazilishi mumkin. Masalan, kichik guruhda yarim oysimon shaklda o'tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi har bir bolani ko'radi va yordam ko'rsatish maqsadida har birining oldiga borishi mumkin.


O’quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o’yinlari, bo’sh vaqt va o’quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
O’quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o’quv rejaga muvofiq olib boriladi. O’quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.
O’quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog’liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
O’quv-tarbiyaviy jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qo’llaniladi:
yillik mavzuviy;haftalik
Rejalashtirishda ta’lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, mazmuni va turlari yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat o’quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o’tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.
Yillik mavzuviy reja
Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o’zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogika kengashida tasdiqlanadi.
Haftalik reja
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarni o’z ichiga oladi. Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo’yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg’ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo’naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o’tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o’yinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat/ passiv faoliyat; individual faoliyat/ kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o’tadigan faoliyat/ bola rahbarligi ostida o’tadigan faoliyat) va uni o’tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat/ ko’chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo’lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o’zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko’proq yoxud kamroq vaqtga mo’ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorda gullagan bog’ga borishni rejalashtirgan bo’lsa-yu, ob-havo juda yomg’irli bo’lsa, bu tadbirni xonada o’tkazishning imkoni bo’lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg’ulotlar ishlanmasidan iborat.
Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
titul varag’i;
guruhning o’quv yili va yozgi mavsumdagi kun tartibi;
ertalabki badantarbiya kompleksi;
guruhda sentyabrdan avgustgacha bo’lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi, ota-onalar bilan suhbat kiradi;
haftalik ish tahlili; ilovalar.Mashg’ulotlar ishlanmasida maqsadlar, jarayonning qisqacha ta’rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur ishlanmalar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o’zgartirilishi mumkin.
Dasturga qarab mavzular asosida mashg‘ulotlarni reja- lashtirishda tarbiyachi har bir yosh guruh bolalarining yoshini hisobga olishi kerak. Bunda beriladigan mashg‘ulotlar od- diydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.«Atrof-olamni o‘rganish va anglash» bo‘limida bolalarni kattalar bilan salomlashish, kattalarning salomiga javob berish, minnatdorchilik bildirish, rasmlarni tomosha qilish, obrazga qarab harakatni ifoda eta olish (ayiqcha, quyoncha) yaqin o‘yinchog‘i nomini aytish va ko‘rsatish, o‘zining ko‘rinishi, kiyimi hamda chiroyli o‘yinchog‘i bilan mamnun bo‘lishi ko‘rsatilgan.
«Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida bolalarga beriladigan bilimlar murakkablashib boradi, ya’ni «Ona Vatan va atrof-olam», «Kattalar mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasi qismlarini o‘rganishi», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish»lar yoritilgan.«Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarni o‘quv yilining oxirida umumlashtirib mustahkamlanishi ko‘r- satilgan.
«Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Transport vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarni o‘quv yilining oxirida umumlashtirib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan.
«Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar», «An’anaviy bayramlar», «Mashhur sarkar- dalar», «Xalq amaliy san’ati», «Kattalar mehnati», «Transport va aloqa vositalari», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarni o‘quv yilining oxirida umumlashtirib mustahkamlanishi ko‘r- satilgan.
«Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar», «An’anaviy bayramlar», «Mashhur sar- kardalar», «Xalq amaliy san’ati», «Kattalar mehnati»,«Transport va aloqa vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarni o‘quv yilining oxirida umumlashtirib mus- tahkamlanishi ko‘rsatilgan.



Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə