Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə10/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim kontseptsiyasiga ko’ra bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o’zaro bir-biriga bog’liq ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda jonsiz tabiat, o’simliklar,hayvonlar haqida ma’lumot berish, ularning tabiat vokea-hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo’ladiganhissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. Dastlabkitushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog’langan bo’lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat predmet-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o’rgatish va ular orasidagi alokava munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Bola o’zini o’rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan,havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning rangini ko’zibilan, tovushlarni qulog’i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turlisezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali boshmiyasiga borib etib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to’g’risidabilim paydo bo’ladi, ularning ko’rinishlari, qiyofalari, tasvirlari,manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalargahayvonlar va o’simliklarni qanday kuzatishni ko’rsatish, ularning diqqatiniularning tashqi ko’rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqattabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas’uliyatli munosabatnishakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uningdiqqatini mazkur predmet va hodisadagi predmetlarga qaratishni bilish zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ahloqiy, jismoniy, mehnatva estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.Bolaning ahloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tabiatgaehtiyotkorona munosabatda bo’lish asosiy o’rin tutadi. Bolalarga bu borada engyaqin yo’l ular o’sib ulg’ayotgan joydir. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachibolalar bilan hayvon va o’simliklarni kuzatadilar va parvarishlaydilar.Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnatqilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas’uliyat o’z-o’zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’simliklarni sug’orish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiyusullarini o’rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o’zlari bajarayotgan ishjarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarliksifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilantanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarningtabiatda bo’lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi vasalomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir.Tabiatning go’zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o’ziga rom qilmasdanqolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e’tiborlarinio’rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhimjihati bola kelajakda o’z hayotida dunyoning barcha va xilma-xil go’zalliklariniidrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
-inson organizmi va uning salomatligi haqida ma’lumot berishi
-jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o’zaroaloqadorligini ochib berishi
-maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatishgadoir xulq-atvor ko’nikma va malakalari bilan kurollantirish
-tabiatdan okilona foydalanish va uning boyliklariniko’paytirishga yo’naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan
tanishtirish
-Ona-tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylashga doir ishtiyoqni tarbiyalash
Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga beriladigan bilimlar xilma-xil shakllarda: mashgulotlarda, ekskursiyada, kundalik hayotda amalga oshiriladi.
Tabiat bilan tanishtirish mashgulotlarida beriladigan bilimlar bolalarning imkoniyatlari hamda urab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil rivojlantirish imkonini beradi. Mashg’ulotlarni ta`limiy ahamiyati bu bolalarga mashgulotlarda berilishi yoki aniqlanishi hamda umumlashtirilishi lozim bo’lgan bilim hajmi, bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi, nutqini ustiruvchi, qiziqishlarini o’stiruvchi, qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bo’lmogi lozim. Tarbiyaviy ahamiyati esa bolalarda kattalarga hurmat, Vatanga, o’z o’lkasi tabiatiga mexr - muhabbat tabiatni avaylab - asrash. tabiat bergan ne`matlardan o’z o’rnida unumli foydalanish kabi hislatlar tarbiyalanadi.
Mashg’ulot uning turlari
Yangi bilim beruvchi
Bilimlarni aniqlovchi
Bilimlarni mustahkamlovchi
Noa`anaviy mashg’ulot
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof muhit tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beradi. Tarbiyachi raxbarligida o’tadigan mashgulotlarda guruxlarning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy ilmiy blimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma`lum tizim hamda izchillikda ustiriladi Kundalik hayotda kuzatish, oyin mehnat vaqtida bolalarning shaxeiy bilimlari kuyib boriladi. Mashgulotdar ularni anikdash, tizimga solish imkonini beradi. Bolalarni mashgulotlarda uqitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Uslub mashgulotning turiga, uning maqsadiga ko’ra aniklanadi. Ayrim mashgulotlarda boshlangich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko’rsatish, badiiy asarlarni uqish, diafilm, kinofilmlarni kursatishdan foydalanadi. Boshka mashgulotlarda esa bilimlar aniklanadi, kengaytiriladi, chukurlashtiriladi Yuqorida keltirilgan usullardan tashkari mazkur mashgulotda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Mashgulotning yana bir muhim vazifasi - bolalar bilimini umumlashtirish tizimga solish.
Mashgulotlar barcha yosh guruxlarda kichik va o’rta guruxda, oyda ikki marta , tayyorlov guruhlarida haftada bir marta o’tkaziladi.
Mashgulotga tayyorlanish hamda-uni, o’tkazishda mashgulotning tuzilishi uslubini tugri tanlash ta`limiyv vazifalar xarakteri, tabiiy ob`ektlarning xususiyatlari va bolalarning yoshiga boglikdir. Masalan yovvoyi hayvon haqidagi bilimyi shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilm ko’rsatish hayvonlar. usimliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma`qul. Kichik yoshdagi bolalarning mashgulotlarida kuzatish uyin uslub idan foydalanib amalga oshiriladi. Ogzaki' uslubdan asosan maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan buladigan mapnulotlarda foydalaniladi. Tanlangan uslub dastur vazifasining to’lik, bajarilishinn va bolalarning faol aqliy faoliyatlarini ta`minlashi lozim Mannu lot utkazishga tayyorlanar ekan tarbiyachi ishlash uchun qanday kurgazmali kurollar tanlashni rasmlar, gerbariylar, tabiat kalendari va hokazolar.
Qanday usimlik yosh hayvonni parvarish kilish, ekiladigan ekinning nimaga kerak bo’lishini uylab kuradi. Shundan keyingina u mashgulotning borishi ustida fikr yuritadi.
Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qrbiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishtirishdagi mustaqilligini fikr doirasini oshirishda va uta faol bo’lishini ta`minlaydi. Bunday qrbiliyat bolalarga tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo’lish sabablarini bilishga imkon beradi Bolalarda izlanuvchanlik qrbiliyatini hosil kilish ma`lum tizim asosida amlga oshiriladi. U bolalarni tabiatda buladigan voqea, hodisalarni kurish, taxlil qilish asosida turli faoliyatlardan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi. Turli muammolar paydo bo’ladi. Bolalar bu muammolarni echishni uylab mulohaza yuritadilar Natijada bolalar tabiatda buladigan o’zgarishlar. Ob-havo, uning o’zgarishlari, sabab-oqibatlari haqida tabiatdagi o’zaro bogliqliklar haqida ilmiy tushunchalar paydo bo’ladi. "Bolalar bogchasida ta`lim-tarbiya dasturida" belgilangan bolalarga singdirish uchun bolaning bilishga- bo’lgan faolligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yuli bilan o’rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog’i kerak.
Ekskursiya bolalar tabiatni kuzatishi.
Kuz fasliga tavsifnoma.Ob-havodagi o'zgarishlar. Kuzda harorat astasekin pasayib boradi, buning natijasida o'simlik va hayvonot dunyosi hayotida o'zgarish hamda susayish ro'y beradi (o'simlik barglari sarg'ayadi, to'kiladi, ba'zi qushlar uchib ketib, boshqalari uchib keladi va hokazo).
Sentabr kuz faslining birinchi oyidir, biroq O'zbekistonda sentabr oyida ham yoz faslidagidek issiq boiadi. Sentabr oyida havo issiq bo'lib, kechalari harorat +7 darajagacha tushib ketadi. Kunduz kunlari esa +20+25 darajagacha ko'tariladi.
Oktabr odatdagidek kuz oyi hisoblanadi. Bu oyda oikamiz quvoshli, issiq va quruq bo'ladi, kunning birinchi yarmida harorat +7+10 daraja bo'ladi, kunduz kunlari +15+23 darajaga, ba'zi hollarda esa +27 darajagacha ko'tariladi. Ana shunday juda issiq vaqtlarda o'simliklar, ayniqsa gunafsha, dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi
Hayvonlar dunyosida ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko'rish mumkin: g'urraklarg'urullay boshlaydi, to'rg'aylar sayraydi, qurbaqalar qurullaydi, ba'zi bir hasharotlarda esa kuzgi urchish boshlanadi.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida harorat odatda pasayadi, ertalab +3+5 daraja bo'lib, kunduz kunlari esa +16+20 dara­jagacha ko'tariladi. Uzoq yillik tajriba shuni ko'rsatadiki, o'simliklarning katta qismini va ayniqsa, qishloq xo'jalik o'simliklaridan paxta, kartoshka, pomidor, bodring va boshqalarni sovuq uradigan ayozlar o'lkamizda taxminan 12—18 oktabrlarda bosh­lanadi.
Sovuq tushishi — bu haroratning qisqa vaqtli pasayishi bo'lib, yer qatlamlari va yer yuzasining ustki qatlamlari nol darajadan pastroq bo'ladi. Ana shunday dastlabki ayozlar kuz faslining boshlanganidan dalolat beradi. Shimoliy kenglikdan sovuq shamol esa boshlashi bilan sovuqlar boshlanadi. Sovuq darajasi joyning relyefiga va tuproqning issiqligiga bog'liq bo'ladi.
Odatda, sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi, ba'zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo'lishi kutiladi. Agar, kechasi osmon bulutsiz boisa, yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Bunday sovush yer qatlamlariga tegib, havoning haroratini yanada ko'proq pasaytiradi. Sovuqning dastlabki to'lqinlari o'zi qoplagan barcha hududni ozgina muzlatadi, u faqatgina past joylarga tarqaladi va birikki kun davom etadi. Agar havo to'lqinining harorati nol darajadan past bo'lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Shunda tuproq va o'simliklaming ustki qatlamlariga ertalabki shudring tushadi. Ba'zi vaqtlarda oktabr oyida kuchli va sovuq shamollar aralash yomg'irlar ham yog'ib o'tadi. Bunday paytlarda tarbiyachi bolalarning diqqat e'tiborini daraxtlarning katta shoxlari va ingichka novdalarning tebranishiga jalb etadi. Noyabr qishga o'tish oyi hisoblanadi. Odatda noyabr oyida o'lkamizda obhavo qulay bo'lmaydi: goh yomg'ir, goh qor yog'adi, kun goho iliq, goho sovuq bo'lib turadi.
O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar. O'zbekistonda, asosan, paxta yetishtiriladi. Bu vaqtda g'o'za barglari bir tekisda yetila boshlaydi (g‘o‘za chanoqlari pishib, astasekin ochila boshlaydi va momiqdek oq paxta paydo bo'ladi).
Bog’larda kechki olmalar, kechki uzumlar, yong'oq pishib yetiladi, shuningdek, O'zbekiston uchun xos bo'lgan behi, anor pishadi, yovvoyi do'lana, olcha va na'matak hamda bolalarning eng sevimli mevalaridan biri - jiyda pishadi. Gulxonalarda gultojixo'rozlar, xrizantemalar gullaydi, floks va boshqa gullar esa so'liy boshlaydi.
Kuzning tushishi avvalo mevasiz daraxtlarga ta'sir qiladi. Birinchi galda bu daraxtlarning barglari sarg'aya boshlaydi. Bunday o'zgarishlarni bolalar butun kuz davomida kuzatib boradilar. Ushbu davrda ma'lum turdagi o'simliklaming hammasi birdaniga o'zgarmaydi, albatta. Bu vaqtda ularning bir qismi «kuz libosi»ni kiya boshlaydilar, boshqa bir qismi esa, o'zining yozgi holatini to'la qoplaydi (barglari ko'mko'k bo'ladi). O'sim­liklaming yoshi ham ma'lum darajada ta'sir qiladi, qari daraxtlarda yosh daraxtlarga nisbatan ilgariroq o'zgarish ko'zga tashlanadi.
Barglarning rang o'zgarishlari xlorofillning parchalanishi bilan bog'liq bo'ladi. Xlorofill donalarining yordami bilan daraxt barglari butun yoz davomida karbonat kraxmal oladilar.
Yoz davomida xlorofill ko'proq hosil bo'ladi va kamroq parchalanadi. Kuzda haroratning pasayishi bilan xlorofillning hosil bo'lishi kamayadi. Aksincha, quyosh nurlarining ta'siri ostida xlorofillning parchalanishi kuchayadi. Shuning uchun xlorofill­ning umumiy miqdori kamayib boradi.
Xlorofill murakkab modda bo'lib, bir necha (rang beruvchi) pigmentlardan: ikkita ko'k va ikkita sariq pigmentdan iboratdir. Xlorofillning parchalanish vaqtida (ko'k va sariq pigmentlar) sariq rangdagi yana yangi moddalar paydo bo'ladi. Ana shu moddalar kuzda barglarni sariq rangga bo'yaydi. Barglardagi hosil bo'lgan pigmentlar, oradan birmuncha vaqt o'tgach parchalanadi va barg­lar qo'ng'ir tusga kiradi. Barglarning qo'ng'ir rangga kirishi lear­ning xazon bo'lishidan dalolat beradi.
Bundan tashqari barglarning sariq tuslari qizg'ish tusga, qizg'ish tusdan to'q binafsha tusga o'tadi. Bolalar bog'chalarining tarbiyachilari esa tabiatda bo'layotgan bunday o'zgarishlarga bolalarning e'tiborini jalb qiladilar. Bu rang antotsian deb ataluvchi alohida pigmentga bog'liq bo'ladi. Har turli qizg'ish barglarning tusi barglardagi nordon va ishqor moddalarning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.
Kuchli yorug' va past harorat bo'lgandagina barglarda antotsian hosil bo'ladi. Barglarda shakar moddalarining mavjudligi antotsian hosil bo'lishining muhim shartlaridan biridir. Ma'lumki, kuzda harorat pasayishi bilan shakar kraxmalga aylanadi. Barglarning kuzdagi rang o'zgarishi bilan tiniq rangli zarang ilgariroq o'zgara boshlaydi (ular och sariq rang hosil qiladilar) va majnuntolning barglari to'q sariq, oqish tusga kiradi.Uzum, o'rik, nok va keyinroq esa qayrag'och, shaftoli va boshqa daraxtlarning barglari sarg'ayib, qizg'ish tusga kiradi.
Oktabr oyida, odatda, quruq obhavo sharoitida barglar rangining o'zgarishi tezlashadi va ular o'ziga xos go'zallik kasb etadi: barglar yana ham ravshanroq tus oladi. Tarbiyachi bolalarning diqqate'tiborini daraxtlarning go'zalligiga jalb qiladi. Bolalar barglardan guldastalar yasaydilar va ular bilan tabiat burchaklari, shkaflar, jovonlarni bezatadilar.
Barglarning rangi o'zgara borishi bilan asta-sekin xazon bo'la boshlaydi va o'simliklarning qishga tayyorlanishiga zamin hozirlaydi, chunki bunday tayyorgarlik o'simliklar hayoti bilan bog'liqdir. Oktabr oyida barglar to'kila boshlaydi. Avvalo zarang daraxtining barglari to'kiladi, keyinchalik esa, akatsiya, qayrag'och, gledichiya, eman, yong'oq, oq terak va chinorlarning barglari to'kila boshlaydi.
Zarang daraxtining siyraklashgan barglari orasidan juft-juft boiib o'suvchi bir pallali meva boshlari ko'rinib turadi. «Pallalar» orasida jigarrang, yumaloq urug'lari bo'ladi. Kuzda to'kilgan urug'dan yana daraxt o'sib chiqaveradi. Zarang daraxtining urug'lari juda ko'p bo'ladi, uzoq payt yaxshi saqlanadi (buzilmaydi), shuning uchun bu daraxtning unib o'sishini kuzatish va shunday daraxtlarni ekib o'stirishga bolalarni jalb qilish oson. Shu maqsadda kuz faslida zarang, shumtol va boshqa daraxt navlarining urug'larini yig'ish tavsiya etilad
Xazohrezgilik o'simlik hayotida katta ahamiyatga egadir. Agar barglar to'kilmaganida, eski barglar daraxt tanasidagi namlikni parlatib yuborar, natijada daraxtlar qurib qolgan bo'lar edi, shuning uchun ham barglarning to'kilishi o'simliklarni qurib qolishdan saqlaydi. Bundan tashqari, barglar to'kilmasa, qishda qorni tutib qolub, novdalarga zarar yetkazar edi. Barglarning to'kilishi bilan o'simliklarning hayot kechirishlari uchun zararli bo'lgan shavel kislotasi yo'qoladi. Bu nuqtai nazardan qaraganda o'simliklar bargining to'kilishi ularning yashashi uchun tug'ilgan yangi shartsharoit hisoblanadi. Barglarning to'kila borishi turli daraxtlarda turlicha: eman daraxtining barglari bir necha kundayoq to'kilib bo'ladi, teraklarda esa uzoqroq saqlanadi. Jumladan, terak sovuq tushguncha ko'karib turadi, sovuq tushgach esa barcha barglari tezda to'kiladi.
Bolalar barglarning to'kilishi ustida bir necha marta kuzatish olib borishlari natijasida kuz fasliga xos xazonrezgilik haqida to'g'ri tasavvurga ega boiadilar.
Noyabr oyida daraxt va butalarning barglari ko'proq sarg'ayib qo'ng'ir tusga kiradi, keyinchalik astasekin to'kilib tamom bo'ladi. Eman, chinor va boshqa daraxtlarning barglari ayrim hollarda qattiq sovuq tushgunga qadar ham ko'mko'k bo'lib turadi.
Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo`lgan munosabatlar shakillanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa ma`suliyat bilan yondashishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo`lishlari, o`z mehnatlarining ahamiyatlarini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish narsalarning sensor belgilarini nazarda tutishga o`rgatadi. Masalan o`simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun uning holatini barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so`lg`inligi, yumshoqligini, tuproqda esa uning namligi zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim. Mehnat jarayonida bolalar o`simliklar holatining yorug`likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo`lgan ehtiyojlarining qondirilishiga bog`liq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitning o`zgarishi qonuniy tarzda o`simliklar holatini ham o`zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o`zlashtirishlari ularning mehnatga bo`lgan munosabatiga ham ta`sir etadi mehnat ongli va maqsadga yo`naltirilgan bo`lib boradi. Bolalarda mehnatga qiziqish mehnatsevarlik shakllanadi. Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o`stirish usullaridan biridir. Agar kuzatish mehnat bilan bog`langan bo`lsa samaraliroq bo`ladi. Tabiat bilan tanishtirishda bolalar mehnatini tashkil etish. Bolalarning tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi. Yakka topshiriq bolalar bog`chasidagi barcha yosh guruhlarda qo`llaniladi. Bular tarbiyachiga bolaning xatti-harakatini puxtaroq boshqarish: yordam ko`rsatish qo`shimcha tushuntirish maslahat berish topshiriqning bajarilishini nazorat qilish bolaning faoliyatini boshqarish imkonini beradi. Bularning barchasi malaka hamda ko`nikmalarning aniq va mustahkam shakillanishiga shuningdek topshirilgan ish uchun mas`uliyat his etish g`ayrat bilan mehnat qilish odatining tarbiyalanishiga yordam beradi. Jamoa mehnat bir vaqtning o`zida guruhning barcha bolalarida mehnat malakalari va ko`nikmalarini tarbiyalashga imkon yartadi. Mehnatning bu shakli jamoadagi munosabatlarning tarkib topishi uchun zarurdir.Bunda mehnatning umumiy maqasadini tushuntirish keishib olish o`z harakatlarini muvofiqlashtirish ishni hamkorlikda rejalashtirish o`rtoqlarga yordam berish ularning mehnatini baholash kabi muhim ko`nikmalar shakllanadi. Bolalar mehnatini tashkil etish shakillaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydi. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar.
Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o`simliklarni parvarish qilishga yo`llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1-2 ta individual topshiriqlar oladilar( qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo`rakka solish, o`simliklarni oldindan hozirlab qo`yilgan suv bilan sug`orish va shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi asta sekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O`rta guruh
Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakillari kichik guruhdagi bilan birxildir. Bunda individual topshiriqlar katta o`rin egallasa ham biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o`zini 2-3 kun davomida bajaradilar. Natijada o`rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi.
Katta guruhlar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko`nikmasigina emas, balki mehnat topshirig`ini uning natijasini ko`rsatishni topshiriqlarning ketma-ketligini kerakli anjomlarni tanlashni mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida ) ham tarkib toptirish lozim. O`simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo`yicha individual topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi. Navbatchilikni tashkil etishar ekan, tarbiyachi mashg`ulot o`tkazib unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2-3 bola navbatchilik qiladi. Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllnamagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.
Kuz fasliga tavsiyanoma
Ob-havodagi o`zgarishlar. Kuzda harorat asta-sekin pasayib boradi, buning natijasida o`simlik va hayvonot dunyosi hayotida o`zgarish hamda susayish ro`y beradi(o`simlik barglari sarg`ayadi to`kiladi ba`zi qushlar uchib ketib boshqalari uchib keladi va hokazo). Ana shunday juda issiq vaqtlarda o`simliklar ayniqsa gunafsha dastargul va boshqalar 2 marta gullaydi. Hayvonot dunyosi ham bahorgi hodisalarning takrorlanishini ko`rish mumkin: g`urraklar g`urullay boshlaydi, to`rg`aylar sayraydi, qurbaqalar qurillaydi ba`zi bir hashoratlarda esa kuzgi urchish boshlanadi. Odatda sovuq tushganining dastlabki kuni kunduzi ba`zi hollarda esa tunda havoning bulutli bo`lishi kutiladi. Agar kechasi osmon bulutsiz bo`lsa yer ustki qatlamlarining parlanishi natijasida yerning yuza qatlami muzlaydi. Agar havo to`lqining harorati nol darajadan past bo`lsagina muzlash barcha hududga yoyilishi mumkin. Bog`larda kechki olmalar, kechki uzumlar yong`oq pishib yetiladi, shuningdek O`zbekiston uchun xos bo`lgan behi anor pishadi, yovvoyi do`lana olcha va na`matak hamda bolalarning sevimli mevasi bo`lgan jiyda pishadi. Gulxonalarda gultojixo`rozlar, xrizantemalar gullaydi, floks va boshqa gullar esa so`liy bo`shlaydi. Eman chinor va boshqa daraxtlarning bargalari ayrim hollarda qattiq sovuq tushgunga qadar ham ko`m-ko`k bo`lib turadi.
Qushlar va hasharotlar hayotidagi o`zgarishlar. Sentabr oktabr oylarida o`lkamizga go`ngqarg`alar uchib kelishadi. Biz ularni bolalar bog`chasi bog`larida ham ko`ramiz. Ular bizga tog`lardan tushib uchib kelishadi( bu qushlar bahor va yoz fasllarida tog`larda yashashadi). Qarg`a turli qoldiqlarni yeydi. Toshkentning chekka joylarida sentabr oyining ikkinchi yarmida qizilto`shlar(o`rmon sayroqi qushi) paydo bo`ladi. Dastlabki sovuqlar tushishi bilan turnalar va g`ozlar janub tomonga gala-gala bo`lib uchib ketishdi.
Qish fasliga tavsifnoma. Kalendar bo`yicha qish birinchi dekabrdan boshlanadi. Yerning ustki qatlamini qor qoplashi va suvlarning muzlashi qishning boshlanishidan darakdir. O`zbekistonda qish o`ziga xos xususiyatga ega. Qor qatlamlari muntazam bo`lmay tez eriydi, va qishda bir necha marta qor yog`adi. Odatda qor dekabr oyining boshida yog`adi. Qishning ikkinchi yarmida yanvar oyida fevral oyining boshlarida ko`proq qor yog`adi, mart oyida ham bir oz yog`ishi mumkin. Qishda daraxtlar ``yalang`och`` holda bo`ladilar va nisbiy osayishtalik holatida yashaydilar. Osimliklar yer usti qismi o`sishdan to`xtab, qishki osayishtalikka o`tadi. Dekabr oyida shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan punktlarda chumchuqlar, qarg`alar zag`chalar va boshqa qishlaydigan parrandalar yig`iladi. Qor yoqqan vaqtda bu qushlar och qolishadi va hatto ochlikdan o`la boshlaydilar. Qish faslida Sirdayo vohasidagi cho`llarda uchraydigan mahalliy karagan tulkilar junining tusi o`zgaradi. Uy parrandalari ayniqsa tovularda katta jonlanish boshlanib ular tuxum qilishga kirishadilar. Agar havo issiq kelsa fevral oyida ham ekin ekishga kirishish mumkin.
Bahor fasliga tavsifnoma. Bahor mavsumi kalendar hisobi bo`yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahorning kelishi har yili turlicha bo`ladi. Mart oyida qattiq yog`ingarchilik bo`ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko`tariladi. Lekin sovuq ham bo`lib turadi. Aprel oyida harorat ko`tarildi. May oyida dalalar ``ko`klam libosini kiyadi``. Boychechak chuchmoma sovrinjon gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o`simliklar lolalarning ko`pgina turlari giatsintlar har xil turli narsislar barg chiqara boshlaydi. Daraxtalar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o`ziga tortadi. Mart oyida qushlar uchib kela boshlaydi. Qushlarda ko`payish davri boshlanishi sababli ularda uyalariga qaytib kelish zarurati tug`iladi. Qushlar qo`sha – qo`sha bo`lib urchiy boshlaydi.Bolalar bilan mevali bog`larga ekskursiyaga chiqilganda asalarilarning o`rik shaftoli va boshqa o`simlik gullarining biridan ikkinchisiga qo`nib yurganlarini kuzatish mumkin. Mart oyida qurbqalar cho`l baqalari va quruqlikda yashovchi hayvonlar o`z ``konsertlarini,, boshlaydilar. Mart oyida baliqlar ikra yig`ishga va urchishga kirishadilar. Aprel oyida havo yaxshi isiganida tipratikanlar uyqudan uyg`onadilar. Toshkent atrofida va Toshkent viloyatida ``quloqli tipratikan,,lar uchraydi. Bu tipratikan Yevropa tipratikanlaridan kichikroq bo`lib ignalari ham kaltaroqdir. Uning quloqlari katta ( boshining yarmidan ham uzunroqdir) , shuning uchun ham u quloqli tipratikan deb ataladi. Tipratikanlar havzalarda tog`li o`lkalarda va bog`larda yashaydi. Mevali bog`larda qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi.
Yoz fasliga tavsifnoma. Birinchi iyun kalendar hisobi bo`yicha yozning birinchi kuni hisoblanadi. 22-iyun yoz faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o`tagan kuni bo`lib bunda eng uzun kun va eng uzoq nuqtadan o`tgan kuni bo`lib bunda eng uzun kun va eng qisqa tun bo`ladi. Iyun oyida ob-havo yaxshi bo`ladi. Kunlik o`rtacha harorat +20+30 daraja atrofida bo`ladi. Ko`pincha yoz oylarida havo ochiq bo`lib turadi. Bog`larda o`rik olcha erta pishar olma va noklar pishib yetiladi. 3-4 yil ilgari o`tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli olcha hosil bera boshlaydi. Kapalaklar ham gullarga qo`nadilar. Barglarning quyi qismlarida hasharotlarning ignalari izini ko`rish mumkin. Avgust oyida hali kapalak ninachi va qo`ng`izlar bo`ladi.Avgust oyida ko`kqarg`a, jarqaldirg`och ko`rkunaklar singari ba`zi bir qushlar uchib keta boshlaydilar. Laylakalar Toshkentdan sentabr oyida Butun O`rta Osiyodan esa oktabr oylarida uchib ketadilar. Yovvoyi hayvonlarning ham bolalari jumladan bo`ri bolalari ulg`aya boshlaydilar. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek bo`ri bolalari 5-6 hafta ona suti bilan ovaqtlanadi. Oltinchi haftadan boshlab asta – sekin go`sht yeya boshlaydi. Iyun - iyul oylarida ona echkemar qoyalarning yoriqlariga
1-2 tadan bir necha marta tuxum qo`yadi.Avgust oyida tipratikanlar 5-7 tadan bola tug`adi. Yozda havo issiq bo`lgan taqdirada kechki payt darxtlarga ko`kat devorlarga suv sepiladi. Dalalarda g`o`zalar bedalar kechki makkajo`xori va qish uchun tayyorlanadigan kartoshka hamda boshqa sabzovotlarni parvarish qilish ishlari davom etadi.



Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə