Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə5/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Abu Ali ibn Sino (980–1037) yirik qomusiy olim sifatidatanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo‘lib, bizgacha 240 tasiyetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoxasari tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, o‘rta asr tibbiyot ilmitarqalishining oliy cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi. Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uningjahonga mashhur «Kitob-ash-shifo», ya’ni «Davolash kitobi»asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl,harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika,kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya,psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.Ibn Sinoning tog‘larning vujudga kelishi, yer yuziningdavrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilaning bo‘lishi kabiturli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilminingrivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530). Bobur nafaqatshoir balki podsho, ovchi, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunosbo‘lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o‘zi ko‘rgan-kechirganlari,yurgan joylari tabiati, boyligi, urf-odati, hayvonoti,o‘simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishlixalq so‘zlari ko‘plab uchraydi.Bobur o‘z asarida joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimgamansubligi, o‘simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan vaO‘rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‘doy, o‘rik,nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta’kidlagan. Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o‘zigaxos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan hamda O‘rta Osiyo,Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi haqidabatafsil bayon etib bergan.
Chexiyalik mashhur pedagog Ya.A.Komenskiy bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rinolgan. U o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va tarbiyalashdekoliyjanob ishga bag‘ishlagan.Uning fikricha, inson tabiatning eng go‘zal mavjudotidir.Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin. O‘zining «Buyuk didaktika», «Tillar hamma fanlarning ochiqeshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o‘zining muhim pedagogik g‘oyalarini ifodalagan. Ya.A. Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasligao‘xshatgan.«Onalar maktabi» xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullargaburkangan ajoyib bahorni eslatadi.«Ona tili» maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalargao‘xshaydi.
«Gimnaziya»da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l hosilniyig‘ib, uni «aql xazinasi»ga joylayotgan kuz faslinieslatadi.Va nihoyat, «Akademiya» yig‘ilgan hosilni umr bo‘yi sarflashnimo‘ljallab taqsimlayotgan kishiga o‘xshatiladi.Ya.A. Komenskiy «Onalar maktabi»da 18 ta fandan ma’lumotolishni tavsiya etgan. Uning fikricha olti yashar bola:
— suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni;
— yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh,oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni;
— o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘,vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishikerak.
Ya.A. Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab tushuntirgan.U bolalarlar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini to‘liq ifodalabbergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardan eng chiroylisi bog‘ning turli manzaralaridan namuna olishdir.
Masalan, nega endi 1- sinf uchun bitilgan kitobni «Gunafsha jo‘yagi», 2- sinf kitobini - «Atirgul tupi», 3- sinf kitobini - «Istirohat bog‘i» va hokazo deb nomlash mumkin emas? Ya.A. Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib bergan.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə