Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə6/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

I.G.Pestalossi 1746- yilda shveytsariyalik shifokor oilasida tug‘ilgan. U o‘z zamonasining mashhur pedagogi bo‘lgan. Uning fikrlari haligacha pedagogika sohasida qo‘llanib kelinadi. U «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi», «Kuzatish alifbosi», «Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim», «Oqqush qo‘shig‘i» kabi asarlarni yaratdi. I.G. Pestalossining fikricha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. U Ya.A. Komenskiy, Jan Jak Russolarning ushbu g‘oyasiga amal qildi:
«Insoniy kuchlarning o‘sishi uchun tabiat qilayotgan harakatga yordam berilmasa, bu harakatlar odamlarni hayvoniyhissiy xususiyatlardan sekinlik bilan qutqaradi. To‘g‘ri tarbiya esa ularni, ya’ni barcha insoniy kuchlarni o‘stirishga yordam beradi».I.G. Pestalossi bolalarning aqliy kamolotini o‘stiruvchiquyidagi didaktik qoidalarni olg‘a suradi:
1. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi.
2. Oddiydan murakkabga yo‘naltirish.
3. Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish.
4. Ko‘rsatmalilik.
I. G. Pestalossi boshlang‘ich ta’lim xususiy metodikasiningasosini yaratdi. Bunda u ona tili, hisob, geografiya,o‘lkashunoslik fanlaridan elementar ta’lim berish mazmuniniasoslab berdi va bola tilini boyitish uchun geografiya, tibbiyotfanlarining ham uzviy ravishda olib borilishini tavsiya etganedi.I.G. Pestalossi dunyo pedagogika fanining taraqqiyotigakatta hissa qo‘shib, o‘z asarlari bilan o‘ziga haykal yaratganolimdir.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi K.D. Ushinskiy1824- yili Rossiyaning Tula shaxrida tug‘ilgan. U «Bolalardunyosi», «Ona tili», «Muallimlar uchun qo‘llanma» asarlariniyozgan. K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktabdagi ta’lim mazmunini asoslab berish bilan birga undagi qonun-qoida, tartib,metod va vositalarini ham ishlab chiqib, didaktika fanigakatta hissa qo‘shdi. Bu esa ajoyib yangilik sifatida muhimahamiyat kasb etdi. U eng avvalo o‘qitishni bolalar mehnatibilan bog‘lashni tavsiya qildi.K.D. Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining «Pedagogik adabiyotning foydasi», «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» hamda «Ona so‘zi»asarlarini yozdi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish masalalari bilan juda ko‘p pedagog-olimlar shug‘ullanganlar.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə