Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə4/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Abu Nasr Forobiy.O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiyfikrlarining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu NasrForobiyning (873–950) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimiM.K.Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalargaoid 180 ta asarining nomi keltirilgan. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, uning «Kitob al-hajm va al-miqdor», «Kitob al-mabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»). «Kitob al-a’zo al-hayvon» («Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi. Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi», «Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlaridaodam va hayvonlardagi ayrim a’zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to‘xtab o‘tilgan. Odam a’zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so‘z yuritilganda o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, debtushuntiriladi. Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta’sirikatta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatgako‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) koinotdagi hodisalarnitaraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarniquyoshning ta’siri orqali izohlaydi. Beruniyning fikricha, yerdagio‘simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarurimkoniyatlar cheklangan. Lekin o‘simlik va hayvonlar doimoko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniyningtabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o‘zdolzarbligini yo‘qotmagan:«Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi.Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o‘tishi bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agar o‘simliklardanyoki jonivorlardan biror xilining o‘sishiga sharoitbo‘lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolibketmaydi. Bordi-yu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xilhayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar».
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin.
Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, «Saydana», «Minerologiya », «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida o‘z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o‘simlikva hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulqatvori yil fasllarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi misollar bilan tushuntirilgan. Beruniy yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik vahayvonot dunyosining o‘zgarishi bilan, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kavlab, uning orasidan chig’anoqni topishmumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubibo‘lgan, deb ta’kidlaydi alloma.
Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 hil dori-darmonlarnitavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan,101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishihamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Beruniy o‘zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o‘zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə