Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə9/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari. O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim kontseptsiyasigako’ra bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o’zaro bir-biriga bog’liqta’limiy-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda jonsiz tabiat, o’simliklar,hayvonlar haqida ma’lumot berish, ularning tabiat voqea-hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizatorlarni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo’ladiganhissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. Dastlabkitushunchalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuvchanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog’langan bo’lishi kerak.Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchunbolalarning tabiat predmet-hodisalari bilan tanishtirish, ularnikuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o’rgatish va ular orasidagi alokava munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiathodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Bola o’zini o’rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan,havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning rangini ko’zibilan, tovushlarni qulog’i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turlisezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali boshmiyasiga borib etib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to’g’risidabilim paydo bo’ladi, ularning ko’rinishlari, qiyofalari, tasvirlari,manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalargahayvonlar va o’simliklarni qanday kuzatishni ko’rsatish, ularning diqqatiniularning tashqi ko’rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqattabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas’uliyatli munosabatnishakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uningdiqqatini mazkur predmet va hodisadagi predmetlarga qaratishni bilish zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ahloqiy, jismoniy, mehnatva estetik tarbiyani amalga oshirish zarur. Bolaning ahloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tabiatgaehtiyotkorona munosabatda bo’lish asosiy o’rin tutadi. Bolalarga bu borada engyaqin yo’l ular o’sib ulg’ayotgan joydir. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachibolalar bilan hayvon va o’simliklarni kuzatadilar va parvarishlaydilar. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnatqilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas’uliyat o’z-o’zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’simliklarni sug’orish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiyusullarini o’rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o’zlari bajarayotgan ishjarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarliksifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilantanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarningtabiatda bo’lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi vasalomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir.Tabiatning go’zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o’ziga rom qilmasdanqolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e’tiborlarinio’rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhimjihati bola kelajakda o’z hayotida dunyoning barcha va xilma-xil go’zalliklariniidrok eta olishiga sharoit yaratishdir.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etishi zarur:
-inson organizmi va uning salomatligi haqida ma’lumot berishi
-jonli va jonli tabiat haqida aniq bilimlar berishi, ularning o’zaroaloqadorligini ochib berishi
-maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatdagi o’zgarishlarni kuzatishgadoir xulq-atvor ko’nikma va malakalari bilan kurollantirish
-tabiatdan okilona foydalanish va uning boyliklariniko’paytirishga yo’naltirilgan inson mehnat faoliyati bilan
tanishtirish
-Ona-tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylashga doir ishtiyoqnitarbiyalash.
Tabiatga muhabbat-juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg’udir. U yuksak ruhiy va akliyqatlamlarni o’z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muxitga mas’uliyatli munosabatnishakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M.Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o’zi yashab turgan mahalliy o’lka va O’zbekistontabiatiga muhabbat bilan qarash, ungako’ngil qo’yish ishtiyoqi o’sib boradi. Bolalikda tug’ilgan bu tuyg’u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi. Ana shuning uchun ham P.Yusupova o’zining «Formirovanie nachal materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v protsesse oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot ishida metodist olim A.V.Zaporojetsning quyidagi fikrini o’rinli keltiradi:«... maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo’lga qo’yish kerakki, bolalar tevarak-atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagieng oddiy bog’lanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari,o’zgarish va rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar,bunday material saviyaga mos bo’libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli hamdir». Bola ana shu bog’lanishlarni anglash orqali tabiatqonunlarini bilib boradi.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə