Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə14/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Kalit so`z: Ekologiya, Biosfera, o’simlik, hayvonlar

Ekologiya tirik organizmlarning ular yashab turgan muxit bilan o’zaro
munosabatlari to’g’risidagi fan sifatida ekanligi tan olinadi. «Ekologiya» atamasi “ uy, makon degan ma’noni bildiradi. Ernest Gekkel ekologiya-bu tabiat iqtisodiyotini bilish, bir vaqtning o’zida tirik organizmlarning muhitni organik va noorganik komponentlari bilan bo’lgan barcha munosabatlarni tadqiqot qilishdir», deb ta’rif bergan. Keyingi davrda ekologiya tushunchasi kengayib bordi. Ekologiya qonuniyatlarining organizmlar majmuasiga turlar, ko’p turli turkumlar, nihoyat tirik organizmlarning barchasi kiritildi. Ekologiya barcha darajalardagi biologik tizimlarni tashkil qilish va funktsional mavjud bo’lish to’grisidagi fan, degan makomni oldi.
Keyingi vaqtlarda ekologiya tabiiy, texnika, qishloq xo’jalik va boshqa fanlarga kirib bormoqda. Boshqacha aytganda, bu xodisani ekologiyalashtirish, deb ataladi. Ekologiyalashtirish jamiyat extiyojlaridan kelib chiqqan holda ekologik xavf-xatarning oldini olish maqsadida fan va amaliyotni birlashtirishga imkon beradi. Endilikda ekologiya fani biologiyadan ajralgan holda mustaqil ravishda juda keng miqyosda rivojlanib borayotgan makroekologik fanga aylandi. Uning tarkibida bir necha mustaqil bo’limlar yoki ilmiy yo’nalishlar mavjud Bular barchasi ekologiyaning boshqa fanlar bilan yakindan aloqada bo’lishi, o’z navbatida ularni ekologiyaning tadqiqot usullaridan foydalanib, mavjud masalalarni muaffaqiyatli hal qilayotgani bilan borliq.Makroekologiyaning tuzilishida quyidagi asosiy bo’limlarni ajratish mumkin: umumiy ekologiya, bioekologiya, geoekologiya, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya, tabiatdan foydalanishning ekologik iqtisodiyoti, amaliy ekologiya va boshkalar. Har bir bulim, o’z navbatida kichik bo’limlardan tashkil topgan, ular yo’nalishlari bo’yicha boshqa fanlar va ekologiyaning boshqa bo’limlari bilan aloqada bo’ladi.Umumiy ekologiya yagona fundamental ilm asosida turli xil ekologik bilimlarni birlahtirishga bagishlangan. Uning negizi nazariy ekologiya bulib, ekologik tizimlarni mavjud bo’lishining umumiy konuniyatlarini aniqlaydi. Ekologik jarayonlarni tajriba yuli bilan o’rganish ekologiyada ko’p qo’llaniladi. Eksperimental ekologiya yutuqlaridan fanning boshqa bo’limlarida keng miqyosda foydalaniladi. Shuningdek, ba’zi jarayonlar modellashtirish usulida o’rganiladi, masalan, sun’iy laboratoriya ekologik tizim modeli, matematik model va boshkalar. Bu jixatdan matematik modellashtirish keyingi vaktda amalda keng kullanilmokda va u nazariy ekologiyaning asosini tashkil kiladi.
Biologik ekologiya—ekologiyaning asosi. Uning asosiy kismi tizimli ekologiya bulib turlar (autekologiya), populyatsiya (populyatsion ekologiya yoki demekologiya), kup turli turkumlar, biotsenozlar (einekologiya), ekologik tizimlar (biogeotsenologiya, ekotizimlar tugrisida ta’limot) kabi kismlarni birlashtiradi. Evolyutsion ekologiya — ekologik omillarning evolyutsiyadagi axamiyati tugrisidagi ta’limotdir.
Geoekologiya—tirik organizmlarning atrof-muxit bilan bulgan munosabatlarini geografik nutstai nazardan urganadi. Bu munosabat tabiiy jixatdan chegaralangan geografik majmualarda sodir bulib, barcha ekologik tsonuniyat va konunlar mazkur hududlarda o’rganiladi.
Odam ekologiyasi — fanlar majmuasi bo’lib, odamning individ (biologik tur sifatida) va shaxe (ijtimoiy sub’ekt) sifatida uni o’rab turgan atrof muhit va ijtimoiy muhit bilan bo’lgan o’zaro munosabatini tadbiq qiladi. Odam ekologiyasininig muhim xususiyati ijtimoiy-biologik yondashuvning-biologik va ijtimoiy aspektlarining tugri muvozanatda bo’lishidir. Ijtimoiy ekologiya odam ekologiyasining bir qismi sifatida ijtimoiy tuzilmalar (oila va boshtsa ijtimoiy guruxlar) ning ularni urab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit orasidagi aloqalarini o’rganadi. Bu to’plamga odam populyatsiya ekologiyasi, axrlishunoslik ekologiyasi — ekologik demografiya, etnoelar ekologiyasi va etnogenez ekologiyasi — irk va millatlar kiradi. Ijtimoiy ekologiyaga [garatstsiyot( tsivilizatsiya) va evolyutsion (tarixiy) ekologiya xam kiradi.
Tabiatdan foydalanishning ekologik itstisodiyoti bir-biriga juda yakin tushunchalardir. Iqtisodiyot (ekonomika-grekcha xujalikni boshkarish) ning asosiy masalalaridan biri resurslardan tugri va okshyuna foydalanishni asoslash bulganligi tufayli u tabiat muxofazasi va ekologiyaga juda yakin turadi. Ekologik itstisodiyot ekologik tizimda xo’jalikni bir muvozanatda sharoitda amalga oshirishni takozo etadi. Bu xolda yagona turli mikyosdagi xududiy ekologik-iktisodiy tizim vujudga keladi. O’z navbatida mazkur tushuncha hududiy «tabiiy- ekologik tizim»ga yakin turadi.
Ishlab chiqarish xududining ekologik imkoniyatlari (mavjud tabiiy resurslar) negizida rivojlanadi, ekologik me’yor asosida ijtimoiy iktisodiy tarakkiyot amalga oshiriladi.
Hozirgi ekologiyaning bosh vazifasi fan sifatida yagona nazariy negizda utshng barcha bulimlari buyicha xakikiy vokealar xakidagi materiallarni tuplash, ularni bir tizimga keltirish va tizimli taxlil kilishdir. Bu sayyoramizning ekologik muammosini urganish, yangi ekologik goya va uslubiyotni ishlab chikish, ekologik bilimni tugri tashkil kilish, tabiatdan foydalanishda amaliy faoliyatni xolis amalga oshirish uchun zarur.
Umuman xozirgi zamon ekologiyasining vazifalari ancha murakkab bulib, xayotning vujudga kelishi konuniyatlarini urganishda inson ta’sirini e’tiborda tutib urganish; biologik resurslardan turri foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish;
insonning xujalik faoliyati ta’sirida tabiatda sodir buladigan uzgarishlarni bashorat kilish va insonning yashash muxitini saklashdan iboratdir.
Ekologiyaning bosh tadkikot ob’ekti — ekologik tizimdir, yoki ekotizim. U ma’lum maydondan iborat bulib, unda tirik organizmlar va ularni yashash muxitlari majmuasi moddiy-energetiK va axborotlarning uzaro ta’siri bilan birlashgan. «Ekotizim» atamasi ilk bor ingliz botanigi JI. Tensli (1935) tomonidan taklif kilingan. Ekotizim biror kattalikdagi yoki ulchamdagi XUDUD bilan chegaralanmaydi. Shuning uchun xam uni organizmlarning xoxlagan (masalan, sun’iy akvarium, issikxona, butdoy maydoni va boshk.) va murakkab yashash tabiiy muxiti (kul, urmon, okean)ga nisbatan kullash mumkin. Odatda kuruklik va suvli (akvatoriyali) ekotizimlar fark kiladi. Ekotizimlarni misollar yordamida tushuntiramiz: kora saksovulzorlar takirli delta tekisliklarida keng tarkalgan, daraxt-butali tukayzorlar daryo soxillarida rivojlangan, kamishli kayir kullari va boshkalar.
Har bir ekotizimda abiotik komponent-biotop yoki ekotop mavjud bulib, unda landshaft sharoitlari bir xilligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ekotizimda biotik komponent-turkuti yoki biotsenoz mavjud bulib, unda yashovchi barcha tirik organizmlar jamlangan. Biotop xamma turkum a’zolariiing yashovchi makoii xisoblanadi. Biotsenoz kup turdagi usimlik, xdyvonot olami va mikroorganizmlar vakillaridan iborat bulgan guruxlar makonidir. Xar bir tur, turli jins va yoshdagi zotlardan iborat ekotizimda mavjud bulib, populyatsiya (axoli)ni vujudga keltiradi. Turkum a’zolari makonda bir- birlari bilan juda inok yashashadi va uzaro boglikdir. Shuning uchun biotop va biotsenoz bir-biridan ajralmaydi va ular oir nom bilan, ya’ni biogeotsenoz, deb ataladi. Biogeotsenoz-elementar tabiiy ekotizim, u tabiiy ekotizimlarning asosiy yashash shaklidir. Biogeotsenoz uchun ma’lum usimlik turi xos. Shunga k a rab bir xil biogeotsenozlarni u yoki bu ekologik turkumga oidligi aiiklanadi (archazorlar, tukayzorlar, saksovulzorlar va boshk.).
Ekotizimda tirik organizlar urtasida murakkab uzaro ta’sir mavjud. Avvalo yashil bargli usimliklar (avtotrof- lar) fotosintez jarayonida utlerod ikki oksidni qabul qilib kislorod ishlab chikaradi. Ekotizimda tayyor organik moddalar hisobiga kupchilik xayvonlar oziklanadilar ( geterotroflar), masalan, kuyon tayyor utni iste’mol kiladi. Yana bir xodisa, kuchli xayvon turi uzidan kuchsiz bulgan hayvon xisobiga oziklanadi. Chunonchi, kuyon xisobiga chiya buri xayot kechiradi, uz navbatida u boshka kuchli xayvonga ozuka buladi va xokazo.Xullas, shu tariqa oziq-ovqat zanjiri vujudga keladi. Bu hodisa ekotizimni uz vaktida uz-uzidan tabiiy yul bilan tozalanib turishiga olib keladi. Shuningdek, ekotizimda usimlik va xayvonot turlarining (maydon nuktai nazaridan) bir maromda mivdoriy jixatdan teng bulishi ekologik muvozanatni barkaror bulishini ta’minlaydi. Ekotizimda atmosfera havosi, suv, tuprok, usimlik, xayvonot olami, ishlab chikarish va boshka tabiiy omillar xamda xodisalar ishtirokida murakkab biogeokimyoviy aylanma xarakat mavjud. Bunda uglerod, azot, kislorod, fosfor va boshka elementlarning yopik aylanma xarakati muntazam sodir buladi. Bu bilan xavoning tozaligi, tuprok x°sildorligi, usimliklarning maxsuldorligi va boshka xodisalarning barkaror me’yorda funktsional yuz berib turishligi ta’minlanadi.
Biosfera yer sharidagi eng yirik ekotizmdir. Yerning tirik organizmlar va oiogen chukindi t o f jinslari tarkalgan Kismini rus olimi akademik V. I. Vernatiskiy biosfera (yunoncha «bioo-x.ayot, «sfera»-shar), deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi «x,ayot kobiga» xisoblanib, tirik organizmlarning uzaro chambarchas aloka, munosabatlaridan iborat murakkab ekotizmlar majmuini tashkil etadi.
V.I.Vernadskiy tushunchasiga kura, biosferaga x,ozirgi vaktda fakatgina erning kobigada tartsalgad tirik organizmlar kirib kolmay, balki uning tarkibiga kadimgi Davrlarda organizmlar ishtirokida xoeil bulgan litosferaning kismi xam kiradi.
Biosfera tushunchasi biologiyaga J. Lomark, geologiyaga esa E. Zyuss tomonidan kiritilgan bulsada, uning mox,iyati tygrisida ular biror anik fikr bildirmaganlar. Shu tufayli biosfera turrisidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy xisoblanadi. Sayyoramiz kiyofasining geologik davrlar mobaynida uzgarib kelganligi kadimda fa kat fizik-kimyoviy jarayonlar natijasi, deb qaralib kelingan. V.I.Vernadskiy birinchi bulib tirik organizmlarning geologik roli tugrisidagi ta’limotni yaratdi va er pustining uzgarishida tirik organizmlar faoliyati bosh omil ekanini kursatdi.
Biosfera Quyosh energiyasi ta’sirida uzoq biokimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan erning uziga xos kobigadir. Biosfera tarkibiga; Atmosferaning tsuyi tsatlamlari, ya’ni 15-20 km balanlikkacha bulgan troposfera va stratasferaning paetki kismi, Dunyo okeanining eng chutsur botiklari 11 km, litosferaning yutsori er yuzasidan 4,5 km gacha bulgan chukurlik kismlari kiradi. Bu chukurlikdagi neft katlami suv tarkibida xamda yutsorida ozon ekranigacha bulgan chegaralar oraligada tirik mikroorganizmlar uchraydi. Inson ham biosferaning tarkibiy tsismidir.
Biosfera mavjudligining asosi unda modda va energiya almashinuvidir. Unda organizmlar va ularning xayot muxiti uzaro borlanishda bulib, bir butun organik xarakatdagi tizimni vujudga keltiradi.Biosferaga xos xususiyatlar kuyidagilar; tirik moddalarning tsatnashishi, suyuk holdagi ko’p miqdordagi suvning mavjudligi, kuchli kuyosh energiyasi okimi xamda moddalarning qattiq suyuk va gaz holda uchrashidir.
Biosfera rivojlanishi koinotga bevosita boktshk. Chunki, Erga zarur energiya otsimi keladi. Erga keladigan energiyaning asosiy manoai kuyoshdir. Ushbu energiya kuyidagilarga sarflanadi:
• atmosfera, gidrosfera va metosferadagi sodir buladigan fizik va kimyoviy jarayonlarga;
• havo massalarining aralashuviga;
• suvning buglanishiga;
• gazlarning ajralishi va singishiga;
• moddalarning erishiga.
Umuman yerdagi xar kanday jarayonlarning manbai va boshlanishi kuyosh energiyasi xisoblanadi.
Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas botik. Moddalar kichik (biologik) va katta doiralarda (geologik) aylanadi. Biologik kurukpikda tunrok bilan organizm urtasida, gidrosferada esa organizm bilan suv urtasida sodir buladi. Geologik modda aylanishi kuruklik bilan Dunyo urtasidagi jarayondir. Demak, biosfera yaxlit, bir butun xosila ekanligi ravshan.
Inson yer yuzasidagi hayot rivojlanishi (biogenez )ning navbatdagi bosk.ichi bulib, eng kuchli tabiiy omildir. U nafakat Yer sayyorasi, balki Koinotni uzgartirishga xam kodir. Hozirda biosferani noosfera («fikrlovchi kobik») ga aylanishi kuzatilmokda. V. I. Vernadskiyning fikricha noosfera biosferaning konuniy rivojlanishi natijasi bulib, inson bilan tabiatni uzaro ongli al oka munosabatlaridan iboratdir.
Ekologik omillar. Tirik organizmlarni urab turgan fizik kurshov yoki tevarak atrofdagi uzaro boglanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmui muxit, deb ataladi. Odatda tabiiy va sun’iy muxitlar ajratiladi, u larning uzaro boglikligini ekologik muxit tushunchasi ifodalaydi. Tirik organizmlar asosan turtta mu'xitda: su v, xavo, tunrok, organizm (muxit sifatida)larda yashashga moslashgan. Suv va xavo ulik, tunrok. oralik, organizm tirik muxitlardir. Muxitning tirik organizmlarga tutridan tutri ta’sir etuvchi tarkibiy kismlari ekologik omillar, deb ataladi.
Hozirda ushbu omillarning kelib chikish vakti buyicha mu'xitga, xarakteriga, ta’sir etish xususiyatlariga karao abiotik(ulik tabiatning ta’siri), biotik(tirik organizmlar bilan boglik ta’sir) va ontrapogen( inson faoliyati natijasida ta’sir) omillarga bulinadi.
1. Abiotik omillar organizmlarga muxitning fizik va kimyoviy jixatlari orkali ta’sir kursatadi. Ularga kuyidagilar kiradi:
a) Iqlim, yorug’lik, harorat, havo, namlik va b. ;
b) Tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi, xossalari va b. ;
v) Rel’ef sharoiti-joyning baland-pastligi va b.
2. Biotik omillar organizmlarning turli shakllaridagi uzaro munosabatlari natijasidagi ta’siridir. Ular kuyidagicha ruy beradi:
a)Fitogen-birgalikda yashayotgan usimliklarning bevosita va bilvosita ta’sirlari;
b ) Zoogen-hayvonlarning oziklanishi, payxon kilinishi, changlatishi, meva va uruglarini tarkatishi, muxitga ta’sir etish kabi ta’sirlari;
v)Mikrobiogen va mikogen-mikroorganizm va zamburutlarning ta’siri orkali.
Umuman biotik omillar kuyidagi xollarda:
1. O’simliklarni usimliklarga;
2. Hayvonlarni usimliklarga;
3. Xayvonlarni xayvonlarga;
4. Mikroorganizmlarni o’simlik va xayvonlarga;
5. Usimlik, xayvon va mikroorganizmlarning uzaro bir-biriga ta’sirida yakkol namoyon buladi.

3. Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chikadigan ta’sirdir. Bu omil yashash mux,itining uzgarishiga, ekotizimlarning tarkibiy kismlaridagi boglanishlarning buzilishiga, inkiroziga xatto biotsenozlarning butunlay yukolishiga sababchi bulishi mumkin. Antropogen omil deyilganda insonning atrof-muxitni uzgartirishdagi ta’siri tutpuniladi. Uning tirik organizmlarga bevosita kursatadigan ta’siri antropik omil deyiladi Inson hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanib, abiotik va biotik sharoitlarni ham o’zgartirmoqda. Ayniqsa, uning salbiy ta’sirlari asoratlari biosferadagi ekologik muvozanatning barkarorligiga putur etkazmokda.Tabiat bilan tanishtirish orqali ekologik tarbiyalashda bolalarning psixik xususiyatlarini rivojlantirish


Jonsiz tabiat. Bolalarga ob-havo holatini (sovuq, issiq, iliq, quyoshli, bulutli, shamol esayapti, yomgir yog’ayapti, do’l yog’ayapti), suv va qorning ayrim xususiyatlarini(suv tiniq, qor yumshoq bo’lishi, undan qorbobo yasash, qorbo’ron o’ynash mumkin va hokazo; qor quruq ham bo’ladi) farqlashni o’rgatish.
Ayrim predmetlar suvda cho’kishini, ayrimlari cho’kmasligini: issiq kunda ko’lmak suv tez, sovuq kunda sekin qurishini anglab olishlariga yordam berish.
Jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq, qum-sochiluvchan)ni farqlashni o’rgatish.Bolalarga ob-havodagi o’zgarishlarni (sovuq shamol esayapti, yomg’ir, qor yog’ayapti) farqpashgao’rgatish. Qorning' xususiyatlari (sovuq, yumshoq, yopishkoq, ho’l, quruq) bilan tanishtirish.
Bolalarni tong, kunduz, kechqurun, kechasi tushunchalari bilan tanishtirish, kun qismlarida insonlar va bolalarning harakatlari hakida suhbatlar o’tkazish.
O’simliklar dunyosi. Sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg’om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi uzum, o’rik) bilan tanishtirishni davom ettirish. Bolalarga sabzavot va mevalarning nomlarini, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha. pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilarini bilishlari: Sabzavotlar polizda mevalar esa daraxtda o’sishi bilan tanishtirish. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha berish.Sabzavot va mevalar yetishtirishda kattalarning mehnati haqidagi tasavvurni shakllantirish.Kuzda daraxtlar bargining to’kilishi, o’tlarning sargayishi, dala va boglarda yig’im-terim ishlarining boshlanishi haqida suhbatlar uyushtirish.
Kuzning oxirida daraxtlarning bargi butkul to’kilib bo’lishi, o’t-o’lanlarning esa xazonga aylanishi, faqat igna bargli archalargina har doimgidek ko’m-ko’k qolishi haqida tushuncha berish. Urugdan o’simliklar o’stirish (o’sishidagi izchillik, o’sish uchun zarur sharoitlar. parvarish qilish) haqida; o’simliklar hayoti va o’sishiiing ayrim shartlari (ular yerda o’sadi, ularni suv bilan sug’orish kerak, tuproq ser ozuqa bo’lishi uchun uni o’g’itlash, yorug’lik kerak) haqidag'i tasavvurlarini shakllantirish.
Bolalar diqqatini kunlar ilishi bilan daraxtlarning kurtak chiqarishi, gullashi, barg yozishi, o’t-o’lanlarning ko’karishi kabilarga jalb etish. Gilos va shaftoli daraxtining gulini qiyoslash va farqlashga o’rgatish. O’simliklarning tuzilishi haqidagi tasavvurni aniqlash va mustahkamlash. Daraxtlarda bitta tana, yo’g’on va ingichka shoxlar, yaproqlar bor. Butalar va bir necha ingichka tana, shox, barglari borligi, o’tsimon o’simliklarda poya, barg, gullar borligi, o’simliklar ildizlari bilan o’zlarini yerda tutib turishi va yerdan suv hamda ozuqa moddalarini olishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Atrofdagi o’simliklarning quyidagi belgilariga qarab tanish:daraxtlar, butalarning barglari, po’stlog’iga; o’tsimon o’simliklarning rangi va gulining shakliga qarab tanish. Yumshoq mevalar, sabzavotlar bilan, o’simliklar o’sadigan joylar (xiyobon, maktabgacha ta’lim muassasasi, bog’) bilan tanishtirish. Tanish o’simliklar nomlarini eslab qolishga o’rgatish. Maktabgacha ta’lim muassasasida sabzavotlar o’stirilishi haqidagi tasavvurlarni aniqlash, kengaytirish. Hayvonot dunyosi. Kuz-qish davrida olmaxon, quyon va tipratikan singari hayvonlar xayoti va tabiiy sharoitlari (qayerda yashashi, qanday yurishi, nimalar bilan oziqlanishi, dushmanlaridan qanday himoyalanishi) haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. Fasllar o’zgarishi bilan quyon, olmaxon, tipratikan kabi hayvonlar hayoti (tabiiy sharoitda ular qayerda yashaydilar, nimalar bilan oziklanadilar, dushmanlardan qanday qutuladilar) bilan tanishtirish. Uy hayvonlari vaularning bolalari (it, kuchukchalar, mushuk, mushukchalar), qushlar (chumchuq, kabutar, musicha va boshqalar), atrof muhitda uchraydigan hasharotlar (chumoli, kapalak, xon qizi, ninachi kabi)ni farqlashga o’rgatish.Uy hayvonlarining hayoti, insonlarning ularni parvarish qilishdagi mehnatlari haqidagi tasavvurlarini aniklash va kengaytirish.
Uy hayvonlari va ularning bolalari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Bolalar ularning tana qismlarini, yurish-turish xususiyatlarini ajrata bilishni va to’g’ri xarakterlashni, nima bilan oziqlanishini qanday yurishi, qanday foyda keltirishini, odamlar ular to’grisida kanday gamxo’rlik qilishlari haqida bilimlarini kengaytirish.
Bolalarni uy hayvonlari hayoti haqidagi tasavvurlarini boyitish. Ularni uy hayvonlari va parrandalarni parvarish qilishda kattalarga yaqindan yordam berishga o’rgatishni davom etshrish.Yovvoyi hayvonlar (quyon, olmaxon, tipratikan) haqidagi tasavvurni kengaytirish, ularning bahorgi-yozgi mavsumdagi tabiiy sharoitdagi hayoti (ovqatlanish, tullash, uya kurish, bolalarni o’stirish, bolalari haqida ota-ona g’amxo’rligi xususiyatlari) bilan tanishtirish; tashqi kiyofasi, xatti-harakatiga ko’ra yosh hayvonlarning kattalaridan farq qilishini ko’rsatish.Kunlar ilishi bilan bolalar diqqatini kushlar ko’payib, hasharotlar paydo bo’la boshlagani, kunlar sovishi bilan hashoratlar butkul ko’rinmay qolganiga, muassasa hovlisidagi qushlar ham kamayib ketganiga qaratish. Sovuq qish kunida qorni ochib ovqat izlayotgan qushchaga naqadar qiyin ekanligini his etishga undash. Bolalarda qushlarga gamxo’rlik qilish hissini tarbiyalash. Qushlarning nima bilan oziqlanishi, qishloq xo’jaligiga keltiradigan foydasi xaqida ham qisqacha ma’lumot berish. Qushlarga hayrixoxlik bilan munosabatda bo’lish kerakligini tushuntirish.Tabiat burchagida piyoz o’stirish, parvarish qilish, tashqari sovuq bo’lishiga qaramay, xonada ularning o’sish sababini tushuntirish.O’rmon hayvonlari ularning yurish-turish xususiyatlarini bilishni va to’g’ri xarakterlashni; yashash sharoitlari, nima bilan oziqlanishini qanday yurishi, qanday foyda keltirishi haqida tasavvur hosil qilish.Uy hayvonlari hayoti, yoz vaqtida odamlar ularni parvarish qilishdagi mehnatlari (sigir, echki, qo’ylar yaylovlarda o’tlashi, odamlar o’t o’rishi, xashak jamgarishlari va hokazo) haqidagi tasavvurlarini aniqlash. Yaqin atrofdagi hayvonlarni, hovliga keladigan qush, kapalak, qo’ngiz va ninachilarni bir-biridan farqlashga o’rgatish.Bolalarni uy hayvonlari hayoti haqidagi tasavvurlarini boyitish. Ularni uy hayvonlari va parrandalarni parvarish qilishda kattalarga yaqindan yordam berishga o’rgatishni davom ettirish. O’quv yili oxirida bola:
• muassasa hovlisidagi 3-4 xil daraxt;
• madaniy va begona o’tsimon o’simliklardan 1-2 xili, ba’zi sabzavot va mevalar, uy hayvonlari, ularning bolalari, kush va hashoratlarni tanishi va ularni guruhlay olishi;
• 4-5 xil xona o’simliklarini nomini bilishi;fasllar almashishi va ob-havodagi ayrim o’zgarishlar (yomg’ir, qor yog’ishi, quyosh charaqlab turishi)ni payqashlari va tabiatni muhofaza qilish haqida dastlabki tushunchaga ega bo’lishlari;
• jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq, kum-sochiluvchan)ni farqlay olishlari; • predmetlarni kuzatadi, oddiy tajribalar (cho’kadi-cho’kmaydi, yirtiladi-yirtilmaydi) o’tkazishni bilishi lozim. mayda motorika tizimida ijobiy o’zgarishlar amalga oshadi (chaqqonlikning ortishi )
Uchinchi savol bayoni.
Katta yosh guruhi.
Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish
Bolalarni predmetlar (sharchalar, kubiklar, o’yinchoqlar mashinalar) harakatlari bilan tanishtirish, ularning yo’llari va tezliklarini qiyoslashga o’rgatish.
Moddalarning qattiq holatdan suyukdikka aylanishi (muzning, smola(qora saqich)ning erishi) va suyuq holatdan qattiq holatga aylanishi haqida tasavvurni kengaitirish.
Suyuklikni parga va aksincha, parni suyuqlikka aylanishi hodisalari bilan tanishtirish. Qaltiq moddalarni suyuqlikka va suyuqlikni qattiq moddaga aylanishi haqida tasavvur hosil qilish. Qor yog’ishi. qor bo’roni. muz yurishi. momaqaldiroq, do’l yog’ishi, tuman tushishi va shu kabi tabiat hodisalari bilan bolalarni tanishtirish.
Bolalarga suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik ekanligi, uni asrash bizning burchimiz ekanligi haqida tushuncha berish. Turli xil predmetlar: o’yinchoqlar, transport harakati haqida va bulutlar, qora bulut, quyosh harakati haqida boshlang’ich tasavvurlarni hosil qilish. Boshlang’ich harakat nuqtasini va jism harakat qilayotgan chiziqni belgilashga, harakat xarakterini aniqlashga(predmetlar sekin, tez xarakat qilayapti) o’rgatish
O’simliklar dunyosi. Mahalliy o’simliklar haqida bolalar tasavvurlarini mustaxkamlash. Bolalar daraxtlarning 4-5 turi (tut, terak, kayrag’och, tol)ni (barglariga, po’stlog’iga, mevasiga qarab), butalarning xili(na’matak, maymunjon) ni(barglari, ranglari, mevalariga qarab) nomini aytishlar, farqlashlari, sabzavotlarning 6-8 xilini, mevali daraxtlardan 4-5 xili(olma, nok, anor, anjir, olcha)ning nomlarini, ranglari, shakli, mazasi, ovqatda iste’mol qilishda xarakterli belgilarini bilishlari kerak.
Sabzavotlar va mevalar haqidagi umumlashtirilgan tasavvurlarni quyidagi belgilariga qarab shakllantirish: sabzavot va mevalar ovqatda qo’llaniladi, ularni maxsus yetishtiradilar: sabzavotlar poliz(dala)da o’sadi, mevalar esa bog’da yetishtiriladi.
O’simlik (suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqatlantirish, kattalar yerdamida akvarium yoki qafasni tozalash)ni parvarishlashni bilishi xona gullaridan aloe bilan tanishtirishni davom ettirish, ularni parvarish qilish yo’llarini o’rgatish.Bolalarda tabiatdagi go’zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani buzmaslik(tevarak-atrofni iflos qilmaslik. o’t-o’lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, gullarni yulmaslik, buning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish. O’simliklarning tuzilishi, ularning ayrim qismlari vazifalari haqidagi tasavvurni aniqlash va kengaytirish: ildizlar suvni, ozuqa moddalarni shimib oladi, bular poyalar orqali, tana orqali, shoxlar orqali yaproqlar, gullar, mevalarga yetkazilishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O’simliklarning o’sishi uchun havo, suv, kuyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy ishlar orqali tanishtirish.
Hayvonot dunyosi. Yevvoyi hayvonlar(tulki, bo’ri, ayiq)ning xayoti bilan tanishtirish. Hayvonlarning tashqi kiyofasi, yashash tarzi xususiyatlarini ajrata bilish va xarakterlash ko’nikmasini shakllantirish. ular kayerda yashaydi. o’ziga qanday uy quradi, qanday yuradi, kuzda, kishda nima bilan oziqlanadi, k.ishga qanday tayyorgarlik ko’radi. Bolalarni hayvonlarning ko’rinishi va xulqidagi umumiylik va o’xshashliklarni ajrata bilishga, bir-biriga o’xshashligiga karab xulosa chiqarish (o’rmon hayvonlari, yirtqich hayvonlar)ga o’rgatish. Ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga o’rgatish.
Bolalar diqkatini kuz faslida ob-havo o’zgarishiga, daraxt barglarining sarg’ayibto’kilishiga, kishilar kiyimidagi o’zgarishlarga, hashorat va kushlarning kamayib qolganiga karatish, bularning sabablarini mustaqil aytib berishga o’rgatish
Kuz faslining eng go’zal xususiyatlari turli-tuman yorqin ranglarga boy ekanligi haqidagi bilimlarini aniqtashtirish. Bu davrdameva va sabzavotlar garq pishadi, yig’im-terim mavsumi boshlanadi. Kuz fasli haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda mustaqil ravishda kattalarga yordam berii1ga odatlantirish
Bolalar ongiga tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, hayvon va kushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik, gullarni yulish oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish.
Hayvonot dunyosi. Uy hayvonlari (tuya, ot, sigir, qo’y, echki) va parrandalar (tovuq, xo’roz, kurka, o’rdak, goz)ning asosiy turlari, xayoti va sharoitlari haqidagi bilimlarini mustahkamlash va sistemalashtirish kuyidagi belgilar asosida umumlashtirilgan tasavvurni tashkil kilish, odamlar yenida yashaydigan va undan qo’rkmaydigan hayvonlar, foyda keltiradigan hayvonlar, insonlar, ularning hayot kechirishlari uchun zarur bo’lgan sharoitlarniyaratishi, uy hayvonlarining kishilar hayotida tutg’an o’rni haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ularda g’amxo’rlik tuyg’ularini mustahkamlash.Bolalarga respublikamizda qishlab qoluvchi kushlar (musicha, chumchuq, kaklik, bedana) haqida tushuncha berish. Kushlarning ovqatlanishi, tashqi ko’rinishi, ulardagi o’zaro o’xshashlik va farkli tomonlarini farklashga o’rgatish. Ularga qishda g’amxo’rlik ko’rsatish va xayrihohlik munosabatini tarbiyalashni davom ettirish.
Qish faslining o’zigaxostabiati haqida tushuncha berish (kunlar qisqa, sovuq, ayozli bo’lishi, ariq va ko’lmaklarning muzlashi, qorning pag’a-paga yog’ishi va b.) yer yuzi va daraxtlar usti oppoq qor bilan qoplanganda tabiat qanchalik jozibali ko’rinishiga bolalar e’tiborini qaratish, ularning estetik tuyg’ularini shakllantirish.
Kunlar ilishi bilan qushlar, hashoratlarning ko’payishi, ularning harakatini kuzatish. in kurishi. tuxum qo’yishi, bola ochishi va h.k. haqidagi tushunchalarini kengaytirish.
Bolalarga qushlarning donxo’raklariga don solishni, suvlarini almashtirishni o’rgatish. Qafasga paxta, yumshoq matolardan tashlab, kushlarning harakatlarini kuzatish. Kushlarning sayrashini tinglash va farklashga o’rgatish. Ninachi, chumoli, asalari. kapalaklarning paydo bo’lish sababi, hayot tarzi, nima bilan oziklanishini tushuntirish. Bahorda tabiatdagi o’zgarishlar haqidagi tasavvurni bir tizimga kegma ketlikka tushirish. Issiqlikning ortib borishi bilan qor, muzlarning erib borishi o’rtasidagi, tuproqning xolati. Bularning barchasini tabiat uyg’onishiga ta’siri to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish.
Yoz faslida poliz, bog’ va dalalardamevalar pishishi, ayri.m sabzavotlarning yer ostida meva tugishi va pishishi(kartoshka, sabzi, yeryong’oq) haqida ma’lumot berish, mevalarni hididan ajratishga o’rgatish, sabzavot va mevalarni inson organizmiga ta’siri, foydasi haqida bolalarga tushuntirish hamda ularni qanday iste’mol qilish haqida suhbatlashish.Yer maydoichasidagi va yaqin oradagi o’simliklar haqidagi bilimlarini aniqpash. Yaproq, gul, va mevalari, po’stlog’iga qarab daraxt, butalarni farqlashga o’rgatish. Boshoqli ekinlarni o’stirish bilan, o’rmon mevalari, qo’ziqorinlar bilan tanishtirish. Turli xil o’simliklarning o’sish joylari(o’tloq, dasht, o’rmon, dala, bog’, poliz, xiyobon) haqidagi tasavvurlarini aniqlash
Bolalarga o’zlariga tanish uy hayvonlari va parrandalarning inson uchun foydali tomonlari haqida ma’lumot berish. Ularni parvarish qilishga o’rgatish. Hasharotlar(kapalak, ninachi, chumoli, asalari, chigirtkalar)ning tabiiy sharoitdagi hayoti haqida tasavvurlarini shakllantirish. Ma’lum joylarda yashaydilar (kapalaklar- o’tloqlarda, kurbaqalar-botkoqliklarda va h.k.) ovkat izlashadi (kapalaklar, asalarilar-gullar shirasini, kurbaqalar mayda chivinlarni), dushmanlaridan qochish uchun yaxshi moslanganliklari (ninachilar tez uchadi, kapalaklar pirillab uchadi, chigirtkalar, qurbaqalar sakraydilar va h.k.), uchib ketadigan qushlar (3-4 xili) bilan, tashqi ko’rinishi xatti-harakati(nima bilan oziqlanadi, nima uchun issiq o’lkalarga uchib ketadi) bilan tanishtirish. Kushlardan birining in kurish va bola ochishi bilan tanishtirish.
Bolalarning tabiatdagi yozgi hodisalar, issiqlik, namning ko’nligi bilan o’simliklarning birdaniga gurillab o’sishi, barcha hayvonlarning faol hayot boshlashi o’rtasidagi aloqadorliklari haqidagi tasavvurlarni bir tizimga ketma ketlikka tushirish.
To'rtinchi savol bayoni.
Maktabga tayyorlov guruhi .
Jonli va jonsiz tabiat to’g’risida tasavvurga ega bo’lish
Jonsiz tabiat. Bolalarda jonsiz tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarini shakllaitirish. Havo, magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Bolalar uchun tushunarli vositalar yordamida havo hamma joyda: suvda, g’ishtda, yerda va shu kabilarda mavjudligini tajribalar orkali ko’rsatish. Havoning qayishqok bo’lishi, ma’lum hajmni egallashi (sovun ko’iiklarini nuflash, sharlarni puflash) mumkinligini ko’rsatish. Havo harakatlanadi(shamol) va u harakat qilib, predmetlarni joydan-joyga ko’chirishi va shuningdek, harakatga karshilik ko’rsatishi mumkin(parashyut).
Bolalarni magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Magnit o’ziga metall buyumlarni tortishi, magnitning xususiyatlari to’siklar orqali ham namoyon bo’lishi(magnitta predmetlar suv,plastmassa, yogoch, karton orqali ham tortilishi). Magnit o’ziga tortinsh va o’zidan itarishi bilan tanishtirish.O’simliklar dunyosi. Bolalarni yangi hona o’simliklari bilan tanishtirish. Ularning xususiyatlari: shakli, hajmi, poyasi, barglar, gulining’ rangini ajratish va xarakterlashga o’rgatish. O’simliklariing yorug’likka, issiqlikka, namga, oziklantiruvchi tuprokka ehtiyojlari haqidagi tasavvurni shakllantirish. Bolalarni yerug’likni sevuvchi va salqinga chidamli, suvni sevuvchi va suvsizlikka bardosh beruvchi o’simliklarning tashqi tuzilishiga qarab farqlashga o’rgatish.
Sabzavotlarning (8-9 xili), meva (5 xili)larning va sitrus o’simlik (3-4 xili)larning shakli, rangi, hajmi, ta’mi, ozik-ovkat sifatida qo’llanilishi, belgilarg’a qarab qiyoslash va xarakterlay olish ko’nikmasini shakllantirish, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so’zlarni ko’llashga o’rgatish
Bolalarda tabiatdagi go’zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Ular ongiga tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o’t- o’lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va kushlarga ozor bermaslik. uyalarini buzmaslik, gullarni yulmaslik, bu ning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q bo’lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongig a singdirish.
Bolalarning hovlidag’i barcha o’simliklar va xonaki(kishda vaktincha utkazilgan) o’simliklarning yorug’likka, issiqlikka, suvga, (ozuqa) tuproqqa oo’lgan ehtiyejlari hak,idagi tasavvurlarini aniqlash. O’simliklarning o’sish va usmasligi shart-sharoitlarining’ mavjudligi va ularning turlicha talablarga bog’liqligini belgilashga o’rgatish.Usimliklarning’ o’sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy1iy ishlar orkali tanishtirish.Bolalarning o’simliklarni turli yo’l bilan ko’paytirish haqidagi bilimlarini kengaytirish. O’simliklar qalamchasidan, piyozidan, butasini ajratib ekishdan . nishi mumkinligini xonaki o’simliklar misolida ko’rsatish. O’simlikning U ishi uchun yorug’lik, suv, issiqlik, ozuqali tuproq zarur ekanligi to’g’risidagi vdimlarini tajriba, amaliy mashg’ulotlar orqali takomillashtirish. Bahor Uldari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bolalarni ularning rangi, shakli. gullari, yaproqlariniig xajmi. belgilarigaqarab kiyoslash asosidaxarakterlashga o’rgatish.
Erta gullaydigan o’teimon, butasimon o’simliklar va daraxtlar bilan I tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar(o’rik, bodom) avval gullab, so’ng barg chikarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma, behi) so’ng gullashini tushuntirish.



Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə