Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari)



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə3/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari)


1-mavzu: Maktabgacha ta’limda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asosiari va tabiat xaqida tushuncha
Reja

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlonishida tabiatdan foydalanish.

2. Tabiat va biz.
3. Tabiat, inson, jamiyat tushunchalari
4. Sharq va g’arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o’rni haqida qarashlari
Maqsad: bolalarni tabiat bilan tanishtirish, tabiat xaqida tushunchaberish, Sharq va g’arb olimlarining qarashlari haqida tushuncha berish
Kalit so`zlar : tabiatini muhofaza qilish, ekologik ta`lim-tarbiya, inson tabiat mahsulidir, qizil kitob.

Mustaqil O’zbekistonning milliy davlatchiligimiz poydevori kun sayin mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. O’z tarixiy an`analaridan, yashash tarzidan kelib chiqib, ulug’ ajdodlarning tajribdlariga tayangan holda ko’p qonunlar yaratilmoqda. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan "Ta`lim to’g’risida"gi qonun va uzluksiz ta`limning o’zbek modelini belgilovchi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ta`lim-tarbiyaning sifatini yanada yaxshilash vazifasini belgilab berdi. Qonunning asosiy maqsadi ta`lim sohasini isloh qilish, uny o’tmishdan qolgan mafkuraviy, qarashlaridan to’la xalos etish, rivojlangan mamlakatlar darajasida, yuksak ma`naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir.


Bu qonunni amalga oshirishda ta`lim tizimining birinchi bosh bo’g’ini hisoblangan maktabgacha tarbiya muassasalari, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish. tabiatini muhofaza qilish, ekologik ta`lim-tarbiya berishning ahamiyati kattadir. Yosh avlodni etuk mutaxassislar, aqlan, ruhan kamol topgan, o’z vatanini sevuvchi, uni e’zozlovchi inson qilib tarbiyalashda ushbu sohaning urni beqiyos. Bola shaxsining mukammal shakllanipshda tabiat, unda bo’ladigan voqea-hodisalar, tabiat qonuniyatlari muhim rol oynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar ekanlar ham aqlan, ham axloqan, ham jismonan, ham ilmiy dunyo qarashlari mujassamlashib, shakllanib boradi va ular tabiatini asrash, extiyot qilish va muhofaza kilish ruhida tarbiyalanadilar.
Prezidentimiz Sh Mirziyoyev parlamentga qilgan murojaatnomasida yang ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruktsiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruktsiya qilindi va qurildi, 195 ta bog’cha kapital ta’mirlanganligi, farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo’g’in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o’rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog’chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko’tarishimiz lozim.
Ko’plab ota-onalar, o’qituvchi va o’quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi.
Joylardagi o’qituvchilarga bo’lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo’limlarda o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.
Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug’bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o’qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga etdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po’lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo’yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo’limlar ochildi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko’p yillik tanaffusdan so’ng Fanlar akademiyasiga saylov o’tkazilib, o’zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan iste’dodli olimlar akademik degan yuksak sharafga sazovor bo’ldilar. Endi barchamiz Fanlar akademiyasidan yangi ilmiy ishlanmalar, istiqbolli tadqiqotlar yaratish bo’yicha amaliy natijalar kutib qolamiz.
Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko’zda tutmoqdamiz. Ya’ni O’zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo’lishi shart. Biz yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko’tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonunni yangi tahrirda qabul qildik. Shu asosda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilmoqda.
Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o’ylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o’z yo’lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo’lmay yashayotganlari ham ko’p. Lekin Vatan sog’inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o’rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo’lganlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur.
Shu maqsadda O’zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berishimiz kerak. Yoshlarimiz xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo’lishlari maqsadga muvofiq. Bu ularning o’z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun kelgusi yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o’tkazish ko’zda tutilmoqda.
Joriy yilda olib borgan islohotlarimizning eng muhim natijalaridan biri – bu, hech shubhasiz, mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek qo’yilgani bo’ldi. Bunday ijobiy o’zgarishlar Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa tuzilmalar tomonidan e’tirof etilgani e’tiborga loyiq, albatta.
Biz bundan buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o’qitish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga, biz uchun zarur bo’lgan mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng ko’lamda yo’lga qo’yamiz.
Bu haqda so’z yuritganda, aytish lozimki, biz ulug’ bobolarimizning munosib davomchilari bo’ladigan etuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, etarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga etkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo’q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan etgani – bu ham haqiqat.
Ming afsuski, mamlakatimizda katta ilmiy salohiyatga ega bo’lgan ayrim olimlar, iste’dodli yoshlar o’rtasida xorijiy davlatlarga ketib qolish holatlari ham yo’q emas. Qancha-qancha o’zbek yigitlari, o’zbek qizlari bugun chet ellardagi yirik kompaniya va banklarda, nufuzli universitetlar, xalqaro tashkilotlarda katta-katta lavozimlarda xizmat qilmoqda. Men shaxsan o’zim xorijiy mamlakatlarga safarlarim chog’ida o’nlab ana shunday vatandoshlarimiz bilan uchrashib, muloqotda bo’ldim.
Chet ellardagi yurtdoshlarimizga konsullik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko’rsatish, ularning yurtimizga bemalol kelib-ketishi, mamlakatimizni taraqqiy ettirishda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Biz bu ishlarni kelgusida yanada kengaytiramiz.
Shu munosabat bilan chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o’zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqishni taklif etaman. Inson tabiat mahsulidir. Insonni tabiat yaratgan, kamol toptirgan. Shunday ekan. biz tabiatni e`zozlashimiz, unga tugri munosabatda bulib, tabiatni yana ham ko’rkamligiga, abadiyligiga uz hissamizni qo’shishimiz zarur. Yosh bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli omillar asosida amalga oshiriladi. Buning eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir. Sababi inson go’dakligidanoq, qoynida o’sadi, ulg’ayadi kamol topali. Bolani go’dakligidap boshlab tabiatdan zavq olishga. tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatib borishimiz zarur.
Bu kursni o’qitish jarayonida talabalar tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining tashkil topishga xissa qo’shgan pedagog psixologlarning ilmiy-pedagogik faoliyatlari bilan ham tanishadilar. Sharq mutafakkirlarining tabiat hayotida insonniig tutgan o’rni haqidagi fikrlari va ilmiy asarlarini o’rganadilar. Talabalar tabiat burchangida, haynovot olami, yer maydonchasida o’sadigan o’simliklar dunyosi haqida bilimga ega bo’ldilar hamda ularni parvarnsh qilishning ko’nikma va malakalarini egallaydilar.
Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ekologik muammodir. Shu sababdan ham bolalar bog’chalarida ham ekologik ta`lim-tarbiya berishga alohida e`tibor berilmoqda. Tabiat bilan tanishtirish metodika fanida talabalarga ekologik ta`lim-tarbiya berish usullari, «Qizil kitob» haqida qisqacha ma`lumot va «Qizil kitob»ga kiritilgan, noyob o’simlik va hayvonot olami haqida ham bilim berishga katta o’rin berilgan.
Shunindek, talabalar bolalar boqchasilagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish sohasidagi yangi tajribalarni ham o’rganib olishlari zarur Buni ular o’sha boqchalarda amaliyotda bo’lgan davrlarida o’rganadilar. Bolalarni tabiat qonun-qoidalari bilan tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning to’g’ri o’sib ulg’ayishiga, tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni ilmiy asosda tushunishga olib keladi. Bu bolaning shakllanishida, tabiatga, ona-Vatanga, tabiat boyliklariga bo’lgan mehr-muhabbatni oshiradi. Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb qaralmasdan barchamizning ishimiz ekanligi zedan chiqarmasligimiz kerak. Bog’cha yog’adagi bolalarning xar tomonlama kamol topishida tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayon turli vositalar, metodlar orqali amalga oshiriladi.
Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. Biz. tarbiyachilar, ana shu rang-baranglikni, imkoniyatlarni ko’ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak. Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol toptirish kerak deymiz? Chunki inson organizmining imkoniyatlari beqiyosdir. Bu imkoniyatlar ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’proq foizini tashkil etadi. Faqat biz tarbiyachi-murabbiylar uni vaqtida parvarish qilsak. uning o’sib voyaga etishi uchun sharoit yaratsak. u, albatta, kurtak yozib xosil beradi. Ma`lumki, har bir odam shaxsining o’ziga xos xususiyatlari ya`ni ehtiyoji, temperament tinlari, xarakter xislatlari, iste`dodi, qobiliyatlari bo’ladi. Bu xususiyatlarning rivojlanishi shakllanishi bevosita bola yashaydigan muhitga, tevarak-atrofga bog’liq. Demak, bola psixologiyasi ham tabiat bilan chambarchas bog’langan bo’ladi va ular bir-birini to’ldiradi, mustahkamlaydi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi boqcha sharoitida xilma-xil bo’lib bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni va tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o’rgatadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining ana shunday o’ziga xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o’zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab chikish, haet tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi uzining yashaydigan muhiti, sharoitiga moe usullarni topib amalda qo’llashlari kerak. Har bir tarbiyachi ijodiy izlanuvchan, kuzatuvchan, tabiatdan ilhom oladigan. hayotda dadil qadam tashlaydigan bo’lmogi kerak Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan hozirgi talabalarga qoyilayotgan talab yanada kattadir. Chunki hayotimiz doimo rivojlanishda, fan-gexnika, ta`lim-tarbiya sohasida yangi-yangi kirralar ochilmoqda.
Tabiat - bizni o‘rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi.
Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar. Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga joylashganlar.
Xo‘jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi. «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Muayyan hududning hayvonot olami va o‘simlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga ko‘chirish va ko‘paytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajo‘xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qo‘y, tovuq, asalari, kofe, bug‘doy, sholi, arpa, karam, sholg‘om, nok kabilar olib ketilgan. Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi:
1. Tabiiy landshaltlar.
2. Tabiiy-antropogen landshaftlar.
3. Antropogen landshaftlar.
Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, tog‘lar, cho‘llar, qalin o‘rmonzorlar tipik misol bo‘ladi.
Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig‘ida tarkib topadi. Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir.
Antropogen landshaftlar - kishilarning xo‘jalik faoliyati ta'sirida o‘zgargan tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam «qal'a-shahar» , «shahar-davlat» sifatida shakllana boshlagan.
Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar, zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi. Yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonot olami «Qizil kitob» larga kiritiladi va alohida muhofaza qilinadi. Bunday chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va insonlarning sog‘lig‘ini asrash uchun xizmat qiladi. Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» - fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi.
Yangi asrning barkamol kishiisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir.
Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvon­larga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi.
Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekologiyani o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod ko'p qo'llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda.
Buni yodda tuting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod davlat dasturi va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi, «Ekosan» jamg'armasi tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi.
Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi.
Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi.
O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi.
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi. Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir?
Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi». Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlarning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan.
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo'shadi. Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi.
Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi.
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. Buni yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir.
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.
Bugungi kunda dunyodagi ekologik muammolarni hal etishdaaholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, mamlakatning noyob tabiati, tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish, ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitgasalbiy ta’sirning oldini olish eng dolzarb vazifalardanbiri hisoblanadi.
Odamlarimizning hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashda bu muhim masalaning naqadar o’tkir va dolzarb muammo bo’lib turganini hisobga olib, bu ishlarning hajmini oshirgan holda, biz yangi yilda ham albatta davom ettiramiz. Chunki, xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ko’rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko’ngil, bag’rikeng xalqimiz bunga to’la haqlidir.
Orolbo’yida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko’rildi. Moliya vazirligi huzurida Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi tuzildi va unga 200 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi. Ana shu mablag’lar hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, mazkur hududlarda 3 ming kilometrdan ortiq ichki yo’llar kapital ta’mirlandi va rekonstruktsiya qilindi. O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi qadimdan ekologikmadaniyat merosiga ega.Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto» xalqimizningbebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundano‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizningbiz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. «Avesto»,ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiyhujjatdir. «Avesto» tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabatlarnima’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi,kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlaguvchifalsafadir.
«Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatlima’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muhit,tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalarberilgan.
«Avesto»da yer, suv, xona, inson tana a’zolari, kiyimkechaklarnitoza tutish haqida yozilgan. Atrof-muhit, ko‘chalarni,butazorlar-u o‘tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar.
Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va kasalliklarningoldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh,tuproq, qum bilan ko‘mib tashlash buyurilgan. Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari ham ko‘rsatilgan.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ularhali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagimuvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlashhaqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783– 850) risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko‘zlari» deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning «bir-birlarini tushunishlari», o‘zaro mehr-muhabbatqo‘yishlarini nazarda tutgan. 
847- yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob surat al-arz»nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagiqit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar,ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi,shuningdek, Yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika,geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot,shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə