So’zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi



Yüklə 232,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix11.12.2023
ölçüsü232,18 Kb.
#148433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Leksikologiya (2)



Leksikologiya
So’zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi 
ularning atash ma’nolari, yoki lug’aviy ma’nolari deyiladi. Tilshunoslikning atash 
ma’nolarini o’rganuvchi bo’limi leksikologiya deyiladi. Kelishik, ko’plik kabi ma’nolar 
grammatik ma’nolar deyiladi.
Tilshunoslikning “Leksikologiya” bo’limida so’z va uning ma’nolari,tilning 
leksikasi(lug’at boyligi) o’rganiladi.Tildagi so’zlarning jami leksikani—lug;at boyligini 
tashkil etadi.Leksikologiyada so;zlarning leksik(lug’aviy)ma’nosi o’rganiladi.Lug’aviy 
ma’no deb so’zdan nima anglashilsa,o’shanga aytiladi yoki so’zlarning borliqdagi 
predmet(narsa-buyum),harakat,belgi haqidagi bildirgan tushunchasini lug’aviy ma’no 
deb ataymiz.”leksikos”lug’at, “logos”ta’limot so’zidan olingan.Lug’aviy ma’noga 
mustaqil so’zlar ega bo’ladi.Mustaqil so’zlar atash ma’nosiga ega bo’ladi. Belgi-
xususiyatlar, harakat-holatni bildirish so’zlarning atash ma’nosi hisoblanadi. So’zlarning 
borliqdagi qanday narsa- hodisalar, belgi- xususiyatlar, harakat- holatlarni bildirishi 
uning atash ma’nosi sanaladi.Olmoshlar atash ma;nosiga ega emas.Ular atash ma’nosiga 
ega bo’lgan so’zlar o’rnida qo’llanadi,ularga ishora qiladi. 
Leksikologiyada so’zlar quyidagi guruhlar bo’yicha o’ganiladi:1) atash ma’nosiga ega 
bo’lgan so’zlar, atash ma’nosiga ega bo’lmagan so’zlar. 2)Bir ma’noli so’zlar va ko’p 
ma’noli so’zlar. 3)O’z ma’noli so’zlar,ko’chma ma’noli so’zlar. 4)Shakl va ma’no 
munosabatiga ko’ra: a)shakldosh so’zlar, b)uyadosh so’zlar, c)paronimlar, d) ma’nodosh 
so’zlar, e) zid ma’noli so’zlar 5) a)iboralar, b)tasviriy ifodalar, c)atamalar d)shevalar 
e)olinma so’zlar. 
Ijtimoiy hayotda ro’y beradigan o’zgarishlar ko’proq tilshunoslikning leksikasida 
uchraydi.Tildagi so’zlar bir ma’noli yoki ko’p ma’noli bo’lishi mumkin.Bir ma’noli so’z 
hamma matnlarda ham bitta ma’noni ifodalaydi.Ularga asosan ilmiy atamalar,kasb-
hunarga oid atamalar kiradi: morfema, leksika, randa kabilar. O’n, Toshkent, Mirzacho’l 
so’zlari aniq bir ma’noni ifodalagani uchun bir ma’noli so’zlar hisoblanadi. 
So’zning o’z ma’nosi deb uning matndan tashqarida ifodalagan ma’nosiga aytiladi. 
Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo’llanuvchi so’zlarga ko’p ma’noli so’zlar 
deyiladi. 
So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan ma’nosi o’z ma’no sanaladi.
Bir ma’noli so’zlar monosemantik so’zlar deyiladi. Tildagi bir ma’nolilik hodisasi 
monosemiya deyiladi. 
Tildagi asosiy so’zlar ko’p ma’nolidir. Bir so’zning matn mazmunidan kelib chiqib ,bir 
necha ma’no anglatishi ko’p ma’nolilik deyiladi.O’z va ko’chma ma’nolarga ega so’zlar 
ko’p ma’noli so’zlar deyiladi.Ko’p ma’noli so’zlar polisemantik so’zlar deyiladi, Ko’p 
ma’noli so’zlar bir so’zning o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llanishidan hosil bo’ladi. 
Tildagi ko’p ma’nolilik hodisasi polisemiya deyiladi.So’zning matn tarkibidagi boshqa 
so’zlar yordamida anglashilgan ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi yoki so’zning matndagi 
so’zlar bilan aloqador ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi: So’zning nutqda boshqa 
so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi kochma ma’no deyiladi. odam 
ko’rki 

Yüklə 232,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə