5-MAVZU. XIX ASRDA QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIKNING
VUJUDGA KELISHI.
VILGELM FON GUMBOLDT TA‟LIMOTI.
Reja:
1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi.
2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari.
3. F. Bopp, R. Rask, A.X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari.
4. Vilgelm fon Gumboldtning tarixiy-falsafiy qarashlari.
1. XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
XVIII asrgacha til o„zgarmas hodisa deb hisoblangan. Aynan mana shu
asrdan boshlab tilga bunday qarash o„zgardi. XVIII asrning diqqatga sazovor
eng katta xizmati shunda bo„ldiki, u tilga o„zgaruvchan, rivojlanuvchan
hodisa sifatida baho berdi. Aniqrog„i,
ushbu davrda Sharl de Bros, Jan-Jak
Russo, Monboddo, Adam Smit, Pristli, Gerder va boshqalar tillarning tarixiy
taraqqiyoti g„oyasini qo„llab-quvvatlardilar va uni rivojlantirdilar.
XIX asrning birinchi choragida til sohasidagi kuzatishlar va ular asosida
kelib chiqqan jiddiy fikrlar faktlarni yig„ish, ularga e‟tibor berish g„oyasidan
qiyosiy-tarixiy g„oya – nuqtai nazarga o„tishga o„tildi. Tilshunoslikka alohida
fan sifatida qarash g„oyasi ushbu nuqtai nazarlarning o„zgarishiga
sabab
bo„ldi. Aslida tillar o„rtasida o„xshashlik borligi XIX asrdan ancha oldin
ayrim aniqlangan bo„lsa-da, ammo
uzoq vaqtlar davomida ushbu
o„xshashlikning sabablari ilmiy jihatdan yoritib berilmagan,
asoslab
berilmagan edi. XIX asrning boshlariga kelib,
turli mamlakatlardagi ayrim
tilshunoslar deyarli bir vaqtda bir qancha tillar o„rtasidagi sistematik
o„xshashlikni faqatgina ularning qarindoshligi bilan –
bir umumiy qadimiy
bobotildan kelib chiqqanligi bilan, keyinchalik
esa har biri alohida, mustaqil
rivojlanganligi
bilangina tushuntirish mumkin, degan xulosaga kelishdi.
Shuningdek, tillar o„rtasida o„xshashlik mavjudligi g„oyasining
maydonga kelishida fanga tarixiy yondashishning yuzaga kelishi til hodisalari
tarixiylik
nuqtayi
nazaridan
izohlana
boshlanganligi,
tilshunoslikka