So’zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi


tazod  san’atini yaratishda xizmat qiladi.  Iboralar



Yüklə 232,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix11.12.2023
ölçüsü232,18 Kb.
#148433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Leksikologiya (2)

tazod 
san’atini yaratishda xizmat qiladi. 
Iboralar
Ma’nosi bir so’zga teng keladigan so’zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi. Iboralar 
gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida 
keladi. Iboralar nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi.
 


Ikki va undan ortiq mustaqil so’zlarning yaxlit bir ma’no anglatishiga ibora 
deyiladi.Ma’nosi bir so’zga teng keladigan so’zlar birikmasi yoki gaplarga ibora 
deyiladi.Iboralar so’zlarga qaraganda obrazliligi kuchli bo’ladi,xotirada xuddi so’zlar 
kabi bir butun holda saqlanadi.Iboralar “frazeologik birlik”,yoki “frazeologizmlar”deb 
ham 
ataladi:do’p-pisi 
yarimta—beparvo,beg’am; 
ko’ziga 
chop 
solmoq—
aldamoq;(aldanmoq,al—mashmoq emas); oyoq osti bo’ldi—xo’rlandi; oralaridan 
mushuk o’tdi—urushib qoldi; ko’zlari yashnamoq—ruhiy holat natijasini bildiradi
po’stagini qoqmoq—ayovsiz tanqid qilmoq; barmog’ini tishlab qolmoq—afsuslanmoq; 
Ikkala do’st gapni bir joyga qo’yib ish boshladi (kelishib).Iboralar “turg’un birkma”deb 
ham ataladi va erkin birikmalarga shaklan o’xshash bo’lishi ham mumkin:Hovlini 
boshiga ko’tarib shovqin soldi—ota-onasini boshiga kotaradi.Shoshimang,to’ydan oldin 
nog’ora chalish yaxshi emas—Bolalar to’ydan oldin nog’ora chalib o’tirishardi. 
Iboralar bir-biriga sinonim bo’lishi ham mumkin:qo’lini yuvib qo’ltig’iga urdi—
hafsalasi pir bo’ldi;tepa sochi tikka bo’ldi—ko’zlari qonga to’ldi;ikki odim—ikki qadam; 
(bir chimdim ularga sinonim emas);burni ko’tarilmoq—dimog’I shishmoq; og’zi 
qulog’ida—boshi osmonda.(yulduzni benarvon uradi—yerga ursang,ko’kka sapchiydi 
sinonim iboralar emas)Sinonim iboralarning ma’nosi ot,sifat ravish so’z turkumlariga 
mos kelishi mumkin:oyog’ni qo’liga olib—ravish iboralar; terisi qalin,qo’li egri—sifat 
iboralar;yulduzni benarvon uradi—fe’l ibora. 
Sinonim iboralar frazeologik iboralar deyiladi, Iboralar so’zlar bilan ham sinonim 
bo’lishi mumkin.Bunday sinonimlar leksik-frazeologik sinonimlar deyiladi: tutgan 
yeridan kesadi—o’jar;oyog’ini qo’liga olib—tez;laganbardorlik—soyasiga salom 
bermoq. 
Iboralar o’zaro antonimlik hosil qilishi ham mumkin:Tegirmonga tushsa butun 
chiqadigan—ammamning buzog;I; 
Omonim iboralar:qo’l ko’tarmoq,ko’z yummoq,boshga ko’tarmoq, og’ziga olmaslik, 
Iboralar so’zlar kabi lug’aviy birliklar hisoblanadi.Ular nechta so’zdan iborat bo’lishiga 
qaramasdan,bitta ma’no—tushuncha ifodalaydi.Iboralar gapda bitta bo’lak vazifasida 
keladi. 

Yüklə 232,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə