Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə14/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha islohotlarimizni ham qat iyat bilan davom ettiramiz.
Shifokorlaming jamiyatdagi o‘mi va maqomini kuchaytirish, xalqimiz o'rtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish, ushbu kasb egalari uchun munosib mehnat sharoiti yaratish va daromadini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ко rishimiz darkor.
Davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga o'tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko'p yoki qariyb 1,5 trillion so‘m ajratiladi. 281 ta tibbiyot muassasasint
qurish va ta’mirlashga budjetdan 1,1 trillion so‘m sarflanadi. Shu- ningdek, 17 ta ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot muassasasini boshqarishda zamonaviy menejment mexanizmlarini joriy etish zarur.
Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish, birinchi navbatda, ixtisoslashgan tibbiyot markazlariga xorijiy investorlami jalb etish choralarini ko‘rish darker.
Gematologik va virusologik yordam sifatini oshirish, bu turdagi davolash qiyin bo‘lgan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan isloh etishning vaqti keldi.
Qon va virusli kasalliklarni barvaqt aniqlash, davolash uchun malakali gematolog, virusolog va immunolog tayyorlash, dori- darmon va tibbiyot texnikasi uchun mablag‘lami ko‘paytirishimiz kerak.
Ixtisoslashgan markazlar va ulaming filiallarida, shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shu yil elektron tibbiy kartalami joriy etish darkor.
Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni tubdan isloh qilish maqsadida bu yil majburiy tibbiy sug‘urtaga oid qonunlami qabul qilish va ulami amalga oshirish bo‘yicha barcha tashkiliy chora- tadbirlami ishlab chiqish lozim.
Ushbu tizimni joriy yilda Sirdaryo viloyatida tajriba sifatida qo‘llash boshlanadi.
Dori vositalari harakatini nazorat qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishiga chek qo‘yish va dorilaming real narxini onlayn tartibida kuzatib borish tizimini yaratish ham dolzarb vazifadir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə