Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə17/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

3 - SH. Mirziyoycv, 4-jild
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: nima uchun Bosh vazirdan boshlab hukumatning barcha a’zolari, viloyat hokimlari parlamentga hisobot beradi-yu, viloyat va tumanlardagi rahbarlar o‘z faoliyati haqida mahalliy kengashlarga hisobot bermasligi kerak? Shuning uchun viloyat va tuman hokimlari o‘z dasturlari va ulaming ijro- si to‘g‘risida viloyat kengashlarida hisobot beradigan tizim joriy qilinadi.
Ayni vaqtda farmonlar, qarorlar, konsepsiya va strategiyalarda belgilangan indikatorlar va maqsadli parametrlaming ijrosi bo‘yicha hokimlar o‘z hududlaridagi ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikka muntazam axborot berib borishlari zarur bo‘ladi.
Ishning samarasini oshirish maqsadida mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so‘rovi institutini joriy etishni taklif qilaman.
Yana bir muhim masala. Amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklaming 300 ga yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi, mazmun-mohiyatiga ko‘ra, hokimlaming asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralaming funksiyalarini takrorlaydi. Bu esa, ish sifati va ijro intizomiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy.
Shu sababli Oliy Majlis Senatiga, Adliya vazirligini jalb etgan holda, shu yilning birinchi yarmida hokimlaming vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘ Imagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalami tegishli organlarga o‘tkazishni ta’minlash bo‘yicha taklif tayyorlash topshiriladi.
Ikkinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini o‘ylan- tirayotgan muammolarga davlat idoralari e’tiborini qaratib, o'zlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvo- fiq bo‘ladi.
Buning uchun mamlakat va hududlar darajasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni keng yo‘lga qo‘yib, grantlar va ijtimoiy buyurtmalami ko‘paytirishimiz kerak. Vazirlik va idoralar ham bir chetda tomoshabin bo4 lib o‘tirmasdan, bunday ijtimoiy hamkorlik ishlarini kengaytirishi lozim. Shuning uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati-
ning boshqa institutlarini qo‘llab-quwatlash jamoat fondining faoliyatim takomillashtirish darkor.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va jamoat­chi i a a о i a qiziqish uyg‘otadigan o‘ta muhim masalalarga doir qaror ami qabul qilishda jamoatchilik bilan maslahatlar, jamoatc i i eshituvlarini o‘tkazish majburiyligini aniq belgilash kerak. Jamoatchilik ma qul desa-ma’qul, noma’qul desa-noma’qul bo‘ladi.
Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida о zaro yaqin hamkorlik o‘matish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etishni taklif qilaman.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bu masala bo‘yicha muntazam ravishda parlament va jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish lozim.
Hurmatli deputat va senatorlar!
Bugungi kunda islohotlarimiz samarasi ko‘p jihatdan to‘rtta mu­him omilga - ya’ni, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi qat’iy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlami shakllantirishga bog‘liq.
Qonun ustuvorligi va sud-huquq sohasidagi asosiy vazifalar haqida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda batafsil to‘xtalib o‘tganimizdan yaxshi xabardorsiz.
Bu borada quyidagi qo‘shimcha vazifalarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Awalo, sud mustaqilligini to‘liq ta’minlash - eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lishi zarur.
Yana bir bor aytmoqchiman - dastlabki tergovda davom etib kelayotgan qonun buzilish holatlarini faqat va faqat sudlaming haqiqiy mustaqilligiga erishish orqali bartaraf etish mumkin.
Bu borada qabul qilgan qonuniy chora-tadbirlarimiz aniq natijalar bera boshladi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlami Birlashgan Millatlar Tashkilotining sudyalar mustaqilligi bo‘yicha maxsus vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari hain alohida e tirof etdi.
О tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019-yilning o‘zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019-yilda 3 ming 81 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo‘lsa, 2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarildi va o‘zgartirildi.
Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud- huquq sohasidagi eng katta yutug‘imizdir. Men, Prezident sifatida sudyalaming bunday jasorati va qat’iyatini bundan keyin ham to‘liq qo ‘ 1 lab-quwatlayman.
Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e’tirof etish bilan cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‘lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan savolni ham ko‘ndalang qo‘yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan chaqirib olib, o‘rganish amaliyotini cheklash lozim. Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o‘rganishi mumkin.
Sud raislari tomonidan sudyalaming faoliyatini baholash vaularga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlami qayta ko‘rib chiqish kerak.
Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab ol- sin: sudlarning mustaqilligini ta’minlash masalasi bundan bu- yon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘ladi. Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to6la ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, «Adolat yo‘qolgan paytda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi».

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə