Shavkat mirziyoyev


Amaliy natija bilan mustahkamlangan, o‘z mevasi, hosili- ni berayotgan islohot odamlarning qalbiga, yuragiga tez kirib



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə22/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Amaliy natija bilan mustahkamlangan, o‘z mevasi, hosili- ni berayotgan islohot odamlarning qalbiga, yuragiga tez kirib
boradi. Va bunday islohotni, bunday shiddatli jarayonni hech kim, hech qanday kuch to‘xtata olmaydi.
Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini yurtimizda yashayotgan har bir inson, har bir oila bugun o‘z hayotida his etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar foizlar, raqamlar, qog‘ozning ortidan quvmasdan, har bir fuqaro uchun, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy keksalarimiz, muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, hurmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, ko‘pmillatli butun xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi.
Bugungi Murojaatnomada bayon qilingan har bir maqsad va vazifaga, ulami amalga oshirishga aynan shu nuqtayi nazardan yondashsak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi hudud rahbarlari bilan birgalikda Murojaatnomada belgilab berilgan barcha vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlab, har chorakda Oliy Majlis oldida hisobot berishi zarur.
Prezident Administratsiyasi va hukumat Oliy Majlis palatalari bilan birgalikda 20 kun muddatda 2020-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasini puxta tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritsin.
Shu o‘rinda yana bir muhim masalaga alohida e’tiboringizni qaratmoqchiman.
O‘tgan 3 yil mobaynida O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’min­lash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jumalist va blogerlaming erkin faoliyat yuritishi va ijod qilishlari uchun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratildi. Bundan keyin ham «to‘rtinchi hokimiyat» vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlami xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uchun ochiq-oydin yoritishlari uchun barcha shart-sharoitlami yaratamiz.
Joylardagi muammo va kamchiliklami ro‘y-rost ochib berish, ulami haqqoniy yoritishlarida men professional jumalistlami hami- sha va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.
Aziz do‘stlar!
Imom Buxoriy bobomiz o‘z kitoblarida keltirgan muborak hadisda aytilganidek, «Barcha amallar niyatga qarab bo‘ladi».
Darhaqiqat, рок niyatlar bilan boshlangan xayrli ishlar albatta ijobat bo‘ladi.
Bugun biz ham tanti, sabr-qanoatli va mehnatkash xalqimiz bilan birga ulug‘ maqsadlami belgilab, marram baland olmoqdamiz.
Oldinda bizni ulkan vazifalar, katta imkoniyatlar kutmoqda.
Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik: biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz - hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo‘rqmaydigan, adolatni qadrlaydigan, azm-u shijoatli, buyuk xalqmiz.
Barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib, yakdil va ahil bo‘lib harakat qilsak, halol-pok bo‘lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir xalqmiz.
Bu yo‘lda qanday qiyinchilik va mashaqqatlar bo‘lmasin, barchasini mardona yengib o‘tishga tayyormiz. Bunday ezgu ishlarda bizga Yaratganning o‘zi, buyuk ajdodlarimizning pok ruhlari madadkor bo‘ladi, deb ishonaman.
Men sizlaming timsolingizda, butun xalqimiz, navqiron o‘g‘il- qizlarimiz timsolida oldimizga qo‘ygan olamshumul maqsadlar yo‘lida o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilayotgan, qalbimga yaqin, samimiy insonlami ko‘raman. Bugungi Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor maqsad va vazifalami amalga oshirishda, awalo, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimizga hamda uning munosib vakillari bo‘lgan sizlarga ishonaman va tayanaman.
Yana bir bor barchangizga sihat-salomatlik, cheksiz kuch-g‘ayrat, yutuq va omadlar, oilaviy baxt va saodat tilayman.
Doimo sog‘-omon bo‘ling!
Katta rahmat sizlarga!
2020-yil 24-yanvar
PARLAMENT XALQ IRODASINING HAQIQIY
KOZGUSI BO‘LISHI ZARUR

Assalomu alaykum, hurmatli deputatlar!
Qadrli majlis ishtirokchilari!
Avvalo, sizlami xalqimiz ishonchiga sazovor bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati degan yuksak maqomga ega bo‘lganingiz bilan chin dildan muborakbod etaman.
Parlament va mahalliy kengashlarga o‘tkazilgan saylovlar, O‘zbekistonimiz uchun katta siyosiy imtihon bo‘ldi. Xalqimiz bu sinovdan yorug4 yuz bilan o‘tdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tabiiy savol tug‘iladi, bu saylovlaming asosiy xususiyatlari avvalo nimalarda namoyon bo‘ldi?
Birinchidan, saylovlar xalqimizning ong-u tafakkuri, siyosiy bilimi va madaniyati o4sib, jamiyatimizda demokratik tamoyillar ildam qadamlar bilan chuqur qaror topib borayotganini yaqqol namoyon etdi. Ushbu saylovlar xalqaro talab va standartlarga to4 liq javob beradigan yangi Saylov kodeksi asosida, «Yangi O‘zbekis- ton - yangi saylovlar» shiori ostida o‘tgani bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bizning amaliyotimizda birinchi marta saylov jarayonlarini boshqarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim va saylovchilaming yagona elektron ro4yxati joriy etildi. Fuqarolaming saylovda qatnashishiga oid konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida ozodlikdan mahrum etilgan, biroq og4ir va о ta og ir jinoyat sodir etmagan mahkumlarga ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratildi.
Eng muhimi, saylovlar ochiqlik, oshkoralik va halollik tamoyili asosida hamda keskin kurashlar ostida о tkazildi. Ulami 70 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchi hamda 10 ta xalqaro tashkilot, 50 ga yaqin xorijiy davlatning 825 nafar kuzatuvchisi, xalqaro va mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining 1 ming 155 nafar vakili kuzatib bordi.
Hurmatli yig‘ ilish qatnashchilari!
Qizg‘in siyosiy kurashlar ostida o4gan saylovlar natijasida yangi parlament quyi palatasi deputatlarining tarkibi shakllandi. Ulaming 48 nafarini ayollar, 9 nafarini yoshlar tashkil etmoqda. Bu - yosh avlod va xotin-qizlami qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlarimiz samarasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Sizlaming orangizda avvalgi chaqiriq parlamentimizda samarali faoliyat ko‘rsatgan, xalq o‘rtasida tanilgan, saylovchilar yana bir bor ishonch bildirgan tajribali 39 nafar deputatimiz ham borligi alohida ahamiyatga ega.
Fursatdan foydalanib, Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibida ish olib borgan, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim qonunlar qabul qilishga hissa qo‘shgan barcha deputatlarimizga minnatdor- chilik bildirib, ularga sihat-salomatlik, yangi muvaffaqiyatlar tilashga ijozat bergaysiz.
Bugun ushbu zalda o‘tirgan siz, muhtaram deputatlaming ayrimlarini shaxsan taniyman. Ko‘pchiligingizni esa televideniye, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlaringiz orqali yaxshi bilaman. Sizlar parlamentimiz hayotiga albatta yangi ruh va mazmun olib kirasizlar, deb ishonaman.
Aziz do‘stlar!
Ma’lumki, bo‘lib o‘tgan saylovda beshta partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar sog‘lom siyosiy raqobat muhitida kurash olib bordi. Jonli teleefirdagi debatlarda partiyalar tomonidan boshqa partiyalar dasturi jiddiy tahlil qilindi, ochiq tanqidlar ham bo‘ldi, dolzarb masalalar bo‘yicha qarama-qarshi yondashuvlar ilgari surildi.
O‘zingiz ayting, oldingi Parlament saylovlarida mana shunday siyosiy jarayonni - yutuqni yutuq, kamchilikni kamchilik deb ochiq ayta oladigan muhitni tasawur qila olarmidik?
Ayni vaqtda, tan olish kerak, saylov jarayonida partiyalar tomonidan chuqur asoslanmagan ayrim takliflar ham bildirildi. Tabiiyki, ular fuqarolaming haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Deputatlikka nomzodlarning joylarda saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida, ommaviy axborot vositalarida bildirilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar, ко tarilgan savol va muammolar- bulaming barchasi albatta e’tibor- ga loyiq. Ular parlament va hukumat uchun kelgusi besh yillik faoliyat dasturiga aylanishi lozim.
Ta kidlash kerakki, bu saylovlar aholining siyosiy faolligini yuksaltirib, xalqimizning partiyalarga nisbatan ishonchi bilan birga, talabchanligini ham kuchaytirdi. Bu, o‘z navbatida, nomzodlar saviyasini oshirish va saylovchilar bilan tizimli ish olib borish bo yicha partiyalar oldida yechimini kutayotgan bir qator masalalar mavjudligini ko‘rsatadi.
Eng muhimi, partiyalar o‘rtasidagi siyosiy raqobat soxta obro‘ orttirishga emas, balki xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim.
Ma’lumki, saylovoldi tashviqotlarida siyosiy partiyalar tomoni- dan jamiyatimizdagi dolzarb muammolami hal qilish bo‘yicha ko‘plab va’dalar berildi. Xalqimiz ana shu va’dalaming amalda bajarilishini kutmoqda.
Har bir deputat besh yil davomida o‘z so‘zining ustidan to‘liq chiqishi, partiyasining obro‘sini saqlashi uchun bugundan boshlab jiddiy harakat boshlashi kerak. Sizlar alohida «yo‘l xaritasi»ni tuzib, saylov vaqtida bildirgan barcha-barcha tashabbuslaringizni yaxlit tizimga solib, ishni puxta tashkil etsangiz, o‘ylaymanki, bu xalqimizga va saylovchilaringizga juda ma’qul bo‘ladi.
Endi «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar - yangi parlament» degan ustuvor g‘oya dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yil- moqda.
Siyosiy partiyalaming quyi palatadagi fraksiyalari o4zlarining istiqbol rejalarini aniq belgilab oladi va ulami to‘ liq amalga oshiradi, deb ishonaman.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Saylov natijalarining tahlili saylov kampaniyasi davrida ayrim kamchiliklarga yo4l qo'yilganini ham ко rsatdi. Masalan, Toshkent shahrida saylovchilar ishtiroki boshqa hududlaiga nisbatan pastligi kuzatildi. Bu esa, ko‘pchilik yirik shaharlar aholisiga xos tendensiya- dir. Ayni vaqtda mazkur holat siyosiy partiyalar saylovchilar bilan yetarli ish olib bormayotgani, ulaming g‘oya va dasturlari elektorat ichiga to‘liq kirib bormayotganidan ham dalolat beradi.
Afsuski, bir kishi tomonidan bir necha saylovchi o‘miga ovoz berishga urinish holatlari oz bo‘lsa ham uchradi. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tizimi bilan ishlashda ham kamchiliklar ko‘zga tashlandi.
Mashhur davlat va siyosat arbobi Teodor Ruzvelt aytganidek, «Faqat hech qanday ish qilmaydigan odamgina xato qilmasligi mumkin. Xato qilishdan qo‘rqish kerak emas, balki ana shu xatoni takrorlashdan qo‘rqish kerak».
Shuning uchun yangi saylangan deputatlarimiz hozirgina zikr etilgan muammolami atroflicha tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlami bartaraf etish ustida hozirdan boshlab jiddiy o‘ylashlari lozim. Bu, bir tomondan, ular a’zo bo‘lgan siyosiy partiyalarning faoliyatini kuchaytirishga, ikkinchi tomondan esa, mamlakatimizda parlamentarizm tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Albatta, saylov jarayonidagi har bir qonunbuzish holati bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tegishli choralar ко‘rildi va ko‘riladi. Ayni vaqtda milliy saylov tizimimizni tashkiliy- huquqiy jihatdan yanada takomillashtirish bo‘yicha ham zarur ishlami amalga oshirishimiz kerak.
Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayoni bilan bog‘liq muammolami o‘rganib, joriy yilda xalqaro ekspertlar ishtirokida forum o‘tkazish haqidagi taklifini to‘la qo‘llab- quvvatlaymiz. Shu bilan birga, parlament a’zolari ham bu jarayonda faol qatnashib, milliy saylov tizimimizni yanada takomillashtirish maqsadida mahalliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili muntazam ravishda turli forumlar o‘tkazib borsa, o‘ylaymanki, bundan ishimizga faqat foyda bo‘ladi.
Xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar tahlili ham saylov komissiyasi a’zolari va saylovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Ana shunday taklif va tavsiyalami inobatga olgan holda, Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman. Shuningdek, xorijiy kuzatuvchilar tomonidan bayon etilgan saylovni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishga doir tavsiya bo‘yicha parlament o‘z munosabatini bildirishi lozim.
Parlamentga mavjud kamchiliklami bartaraf etish bo‘yicha komissiya tuzib, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni tavsiya etaman. Mazkur komissiya xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilaming taklif va tavsiyalarini chuqur o‘rganib, milliy qonunchiligimiz hamda saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalami ishlab chiqishi lozim.
Vazirlar Mahkamasi va Markaziy saylov komissiyasiga saylovchilaming yagona elektron ro‘yxati tizimining samarali ishlashi uchun zarur choralami ko‘rish topshiriladi.
Fursatdan foydalanib, saylovlarda ishtirok etgan barcha saylovchilarga, saylov uchastkalari va okruglari a’zolariga, noyob tizim - mahallalar faollariga, ertangi kunga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizga, butun xalqimizga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar, mahalliy va xorijiy jumalistlarga ham samimiy tashakkur izhor etaman.
Muhtaram xalq vakillari!
Mana, hozirgina Siyosiy partiyalar vakillari kengashining taklifiga asosan Qonunchilik palatasining yangi Spikeri lavozimiga deputat Nurdinjon Muydinxonovich Ismoilov saylandi.
Awalo shuni ta’kidlash kerakki, bu rahbar ko‘p yillar davomida qonun ijodkorligi sohasida va huquqni muhofaza qilish idoralarida faoliyat ko‘rsatgan. Yetarli ish va hayot tajribasiga ega. U kishi milliy parlamentimiz taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab uning rivojiga katta hissa qo‘shgan rahbarlardan hisoblanadi.
Spikeming mehnat faoliyatiga nazar tashlasak, u davlat va xalq manfaatlarini ta’minlash yo‘lida o‘zining bor bilimi va tajribasi, kuch-g‘ayratini safarbar etib kelayotganini ko‘ramiz. Shuningdek, bugun Qonunchilik palatasi Spikerining yangi ta’sis etilgan birinchi o‘rinbosari lavozimiga deputat Akmal Xolmatovich Saidov saylandi. Qonunchilik palatasida bu yangi lavozimni ta’sis etish haqidagi qaror o‘z vaqtida va to‘g‘ri qabul qilingan deb hisoblayman.
Ayni vaqtda yangi parlament instituti bo Imish Spikeming birinchi o‘rinbosari faoliyatining asosiy yo nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə