Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə16/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Beshinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga e’tibomi kuchaytirishimiz kerak.
Awalo, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha boshlagan misli ko‘rilmagan ishlarimizni davom ettirib, dengizning qurigan tubida o‘rmonzorlami kengaytirish, Nukus, Urganch va Xiva shaharlari atrofida «yashil belbog‘»lar barpo etishimiz lozim.
Ishlab chiqarish jarayonini ekologik nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ekologik audit o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqib, xususiy auditorlik faoliyatini jonlantirish ham muhim vazifadir.
. Hukumat sanoat rivojining ekologiyaga ta’sirining oldini olish bo‘yicha 2025-yilgacha mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin. Shuningdek, nufuzli xalqaro ekspertlami jalb etgan holda, joriy yil 1-oktabrga qadar Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari har bir hudud va korxona bo‘yicha ekologiyani yaxshilash, chiqindilarga doir ishlar yuzasidan dasturlar ishlab chiqishi va ulaming ijrosini ta’minlashi shart.
Oltinchidan madaniyat va san’at muassasalariga alohida e’tibor qaratish, ulaming moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish zarur.
Joriy yilda budjet mablag‘lari hisobidan 22 ta teatr va madaniyat obyektlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, davlat- xususiy sherikligi asosida 20 ta madaniyat markazi va istirohat bogMari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratish, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish, jumladan, yangi kino- teatrlar qurishni ta’minlash lozim.
■ b^h'^hinarkh daV'at buyurtmasi asosida kino mahsulotlari ishlab q shni moliyalashtirish takomillashtiriladi. Shu bois, Kmematografiyani 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ham a « inematografiya to g risida»gi qonunni ishlab chiqishimiz lozim.
Bundan tashqari, bu yil madaniy hayotimizdagi muhim voqea - Shahrisabz shahrida ikkinchi Xalqaro maqom festivalini muvaffaqiyatli o‘tkazishimiz kerak.
Shuningdek, 2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida ma rifat mash alasini baland ko‘tarib chiqqan ulug‘ allomava jamoat arbobi Mahmudxo ja Behbudiyning 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanadi.
Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi.
Muhtaram yurtdoshlar!
Har tomonlama mukammal va samarali boshqaruv tizimini yaratish - oldimizda turgan ulkan vazifalami bajarishning asosiy shartidir.
Biz parlamentning qonun ijodkorligi, parlament nazoratini samarali tashkil etish mexanizmlari bilan bog‘liq barcha masalalami kuni kecha Oliy Majlisda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda atroflicha va chuqur muhokama qilib oldik.
Shu bilan birga, quyidagi dolzarb masalalarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Birinchidan, joylarda ijro va vakillik organlarining davlat boshqaruvidagi roli va mas’uliyatini yanada oshirish zarur.
Hokimlar oxirgi 3 yilda ularga berilgan keng vakolatlardan qanchalik samarali foydalanayotganim, vazirhk va idoralaming hu- dudiy tuzilmalari faoliyati samaradorligini nazorat qilish bo‘y1Cha yangi tizim yaratish shart.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə