Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə10/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Yettinchidan, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini strategik yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish zarur.
Tarmoqdagi hozirgi o‘sish sur’atlari bizni mutlaqo qoniqtinnaydi. Bu borada bozor mexanizmlarini keng joriy etib, fermer va dehqonlar manfaatdorligini oshirmas ekanmiz, biz kutgan sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Shu bois paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tamiz. Agar bu yo‘Idan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda er kin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek man- faat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi o‘zgarmaydi.
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash jamg‘armasini isloh qilib, agrar sohaning boshqa tarmoqlariga ham arzon kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi soha korxonalariga ko‘rsatma berish, resurslami taqsimlash, reja belgilash kabi eski ish usullaridan mutlaqo voz kechishi zarur. Buning o‘miga vazirlik servis tashkilotiga aylanishi, xususiy agrosanoat tashkilotlariga yer holatini aniqlash, ekin turlari va urug'ni to‘g‘ri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, moliyaviy ko‘maklashish, mahsulot bozorini topish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi kerak.
Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo‘llab-quwatlash bilan birga, paxta va g‘alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma- bosqich o‘tkazish bo‘yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz.
Meva sabzavot, sholichilik, chorvachilik, ipakchilik kabi boshqa tarmoq ar a am ugungi kun talabiga javob beradigan klasterlami tashkil etish ishlarini davom ettiramiz.
Bu yil 2 milliard dollarlik, keyingi 5-7 yilda esa 3—4 barobar ko'p meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun mahsulot yetish- tirishni keskin ко paytirish choralarini ko‘rish zarur.
Parlamentimiz ushbu islohotlarimizning huquqiy asosi bo‘lgan «Kooperatsiya va klasterlar to‘g‘risida»gi yangi qonunni tezroq qabul qilsa, ushbu katta reja va niyatlarimizga mos ish bo‘lur edi.
Bu yil meva-sabzavotchilik, uzumchilik, urug'chilik, chorva­chilik, agro-logistikani rivojlantirish, suvni tejaydigan texnologiya- larni keng joriy etish, ilmiy tadqiqot ishlari, soha uchun malakali kadrlami tayyorlashga 3 trillion so‘m mablag4 yo‘naltiramiz. Chor- vachilik, qorako‘lchilik, baliqchilik, parrandachilik kabi sohalarda naslchilikka alohida e’tibor qaratilib, uni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning yangi mexanizmlari tatbiq etiladi.
2020-yilda 44 ming gektar yerda yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalami joriy etamiz. Buning uchun davlat budjetidan 300 milliard so'm subsidiya ajratiladi. Shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini, suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimi- ni avtomatlashtirish zarur. Ushbu masalalar Suv xo‘jaligini rivojlan­tirish konsepsiyasida o‘z aksini topishi kerak. Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1-aprelga qadar ana shu konsepsiya loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə