Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə11/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Sakkizinchidan, turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog'iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa bo‘ lib qoladi.
Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri - joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazishdan iborat.
Ma’lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020-yilda O‘zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Biz bunday imkoniyatdan unumli fbydalanishimiz kerak.
Katta salohiyatga ega bo‘lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish zarur.
Yurtimizda 8 ming 200 dan ziyod madaniy meros obyekti mavjud bo‘lib, turizm marshrutlariga ulaming atigi 500 tasi kiritilgan.
Hukumat uch oy muddatda ziyorat va an’anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan marshrutlardagi obyektlar sonini 800 taga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlami belgilasin.
Yana bir vazifa - UNESCOning Umumjahon moddiy madaniy merosi va Nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga O‘zbekistondagi yangi obyektlami kiritishni tezlashtirish lozim.
Joriy yilda yangi zamonaviy mehmonxonalarni qurishga davlat budjetidan 200 milliard so‘m subsidiya ajratib, turizm infratuzil- masini jadal rivojlantirish zarur.
To‘qqizinchidan, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirgan holda, hududlami kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib tur- mush sharoitini yaratish kerak.
Ana shu ishlar doirasida 7 ta yirik shahar - Andijon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona, Namangan, Nukusga tutash bo‘lgan 12 ta yo‘ldosh shaharcha tanlab olinib, ulami rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Ana shu vazifa bilan bog‘liq yana bir masala shuki, asosiy ish- chi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi - ichki migratsiyani erkinlashtirishdan iborat.
Shu bois, parlament va hukumat 2020-yil 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflami ishlab chiqishi lozim.
Uy-joy qurilishiga xususiy sektomi faol jalb qilmasdan turib, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlash mumkin emas. Shu sababli yangi ipoteka tizimi joriy etilmoqda.
Bu borada viloyatlardagi shaharlar va Toshkent shahrida 18 mingga yaqin hamda qishloqlarda 4 mingta uy-joy xususiy sek- tor tomonidan quriladi. Davlat banklar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash maqsadida ularga qariyb 4 trillion so‘m mablag‘lami auksionlar orqali ajratadi.
u i^al? ^inlangan Polini qo‘llab-quwatlash maqsadida shahar ar a . " mng 011a$a uy-J°y olish uchun boshlang4ich badal va krecnt lOizim qop ashga budjetdan 1 trillion so‘m subsidiya ajratiladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə