Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə15/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Uchinchidan, biz bu yil xotin-qizlar va yoshlami qo‘llab- quvvatlash borasidagi ishlami yangi bosqichga ko‘taramiz.
2020-yilda 5,5 ming nafar xotin-qizning kichik biznes yo‘nalishidagi loyihalariga 100 milliard so‘m miqdorida imtiyoz- li kredit beriladi. Buning uchun banklarga davlat budjetidan resurs ajratamiz. Bundan tashqari, 1 ming 576 nafar xotin-qizga yangi uy- joylarga ega bo‘lishi uchun budjet hisobidan boshlang*ich badal to‘lab beriladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj opa-singillarimizni Xotin-qizlar tadbir or i markazlanda 5 ta muhim tashabbus doirasida qisqa o‘quv kurslanda 0‘qitish tashkil etiladi.
Mamlakatimizdagi tub o'zgarishlar, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Yoshiar bilan ishlash samaradorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshiar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish kerak.
О zbekiston yoshiar ittifoqi «O‘zbekiston yoshlari — 2025» kon- sepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi zarur.
Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hech kim chetda turmasligi, «O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachig‘idek asrang!» degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerak.
Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Shu bois, «Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari» degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlami ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlami shakllantirish - o‘ta sharafli vazifadir.
Yoshiar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlangan yangi tashabbusimizni butun mamlakatimiz bo‘yicha amalga oshiramiz. Men viloyat rahbarlarini, joylardagi barcha jamoatchilikni ushbu masalaga jiddiy e’tibor berishga chaqiraman.
To4rtinchidan, aholi o‘rtasida sog’lom turmush tarzini keng qaror toptirish kerak.
Bu borada hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz uchun yangi ommaviy sport obyektlarini qurish zarur. Bu yil 269 ta futbol, voley- bol basketbol va badminton maydonlari, 178 ta boks, kurash, fitnes va gimnastika sport zallari, 32 ta tennis korti qurish bo'yicha salkam 500 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshinladi.
Yoshlar orasida iqtidorli sportchilami seleksiya qilishning «tashkilot - tuman (shahar) - hudud - respublika» bosqichlaridan iborat to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi.
Bu yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz munosib ishtirok etishi uchun hukumat va Milliy olimpiya qo‘mitasi barcha sharoitlami yaratishlari zarur.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə