Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə1/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020






SHAVKAT MIRZIYOYEV
MILLIY
TIKLANISHDAN-

MILLIY
YUKSALISH SARI

TOSHKENT - «0‘ZBEK.ISTON» - 2020





UO*K 323.(575.1)
КВК 66.3(50*)
М 54
O‘zbekiston Rcspublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining 4-jildi to‘rt bo’limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limiga mamlakatimiz siyosiy- ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlangan nutq va ma’ruzalar kiritilgan.
Kitobning ikkinchi bo‘limidan koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan vidcoselektordagi ma’ruza, nutq hamda murojaatlarjoy olgan. Uchinchi bo‘limga xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar, to'rtinchi bo‘limga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayolgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
© «0‘ZBEKJSTON» NMIU, 2020



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA
MUROJAATNOMASI

Hurmatli deputatlar va senatorlar!
Aziz yurtdoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Jonajon O‘zbekistonimiz yangi o‘n yillikka qadam qo‘ymoqda. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizda yangi-yan- gi o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha ulkan vazifalar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Shu bois, bugun Sizlar biian birgalikda mamlakatimizni 2020-yi 1 va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalami belgilab olishimiz lozim.
Yaqinda «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» shiori ostida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida respublikamizda demokratik islohotlami yuqori bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan yangi siyosiy muhit vujudga keldi.
Saylovlar ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlatdan hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining 316 kishilik to‘laqonli missiyasi biian yaqin hamkorlik qildik.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlar erkin raqobat muhitida, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi qizgMn tortishuv va bahs- munozaralar sharoitida o‘tganini, bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining roli sezilarli darajada oshganini alohida e’tirof etdilar.
Barcha xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonlari haqidagi xolis fikrlari va tavsiyalari uchun butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Biz albatta ushbu tavsiyalaming har birini chuqur o‘rganib, te- gishli dastur qabul qilib, amaliyotga keng joriy etamiz. Bu borada saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, siyosiy partiyalaming o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, partiyalaming siyosiy faolligini oshirish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir.
Shu bilan birga mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, bunda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Parlament va Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalami amalga oshirish uchun yaqin hamkorlikda ish olib borishi zarur bo‘ladi.
Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman: demokratik islohotlar yo‘li - biz uchun yakka-yu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, hayotimizni, ish ushibimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz.
Biz yangi O‘zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug‘vor maqsadni o‘z oldimizga qo‘yganmiz. Bu borada «Jamiyat - islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda.
Islohotlaming amaliy samaradorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslami ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor bo‘lishiga erishmog‘imiz lozim.
Eng asosiysi, bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz lozim. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko‘paytirishimiz zarur. Bu g‘oyat dolzarb ishlami o‘zimiz qilmasak, hech kim bizga chetdan kelib qilib bermaydi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə