Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


II BOB. NAQQOSHLIK MAKTABLARI VA ULARNING O’TMISHI



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

II BOB. NAQQOSHLIK MAKTABLARI VA ULARNING O’TMISHI 
BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. 
 2.1.O’zbekiston naqqoshlik maktablari va ularning shakllanish tarixi. 
Xiva, Qo‘qon, Buxoro xonliklari davrida xalq amaliy san’ati ustalari shu 
shaharlarga yig‘ila boshladilar. XIX asr arxitektura yodgorliklarini kuzatsak, ular bir 
xil uslubda yaratilganligini ko‘ramiz. Chunki o‘sha vaqtlari naqqoshlar 
ish axtarib boshqa shaharlarga borar edilar yoki buyurtma bo‘yicha boshqa 
shaharlarga borib binolarni bezatar edilar. Ko‘pincha Farg‘ona va Buxoro 
naqqoshlari Samarqandga, Qo‘qon, Marg‘ilon ustalari Toshkentga kelib ko‘pgina 
binolarni bezar edilar. Bu esa naqqoshlik maktablarining yanada rivojlanishiga 
o‘ziga xos kompozitsiyalarning yaratilishiga, ranglar majmuasini yanada boyitishda 
juda katta rol o‘ynadi. Lekin bu naqshlar bir-biriga o‘xshasada har bir 
shahar va har bir ustaning o‘ziga xos rang majmuasi, koloriti, uslubi, kompozitsiyasi 
jihatidan farq qiladi. Agar biz XX asr orasida yaratilgan ishlangan naqshlarni 
kuzatsak, har bir tuman va viloyatning o‘ziga xos naqqoshlik maktablari 
yaratilganligini ko‘ramiz. 
SHAYXZODA MAHMUD 
– (XV asr oxiri XVI asr) - naqqosh va musavvir. 
Behzod, Oqa Miraklardan ta’lim olgan. Avval Sulton Husayn Mirzo saroyida ijod 
etgan, keyinchalik (1529-yil Ubaydullaxon Xirotni egallagach) Mir Ali Hiraviy 
bilan birga Buxoroga kelgan, Behzod an’analarini davom ettirib samarali ijod etgan 
va o‘ziga xos maktab yaratgan. Musavvir Hofiz Sheroziyning «Devon»i, 
Abdurahmon Jo-miyning «Tuhfat Ul-afkor» (AQSH, Vashington, Sakkler 
galereyasida), «Haft manzar», Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan Ul-asror» (Parij 
milliy kutubxonasida), Sa’diy Sheroziyning «Bo‘ston» (Fransiya, Gulbekiyan va 
Kayr to‘plamida), «Ravzat Ul-muhibbin» (Hindiston, Xaydarobod, Salar Jang 
muzeyida) qo‘lyozmalariga miniatyuralar yaratgan. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə