Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

 
Naqqoshlik

Kasb-hunar 
kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.
 
T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010, 6- 368 bet 
 
 
 
 
 
 



I BOB. O‘RTA OSIYO NAQQOSHLIK SAN’ATI TARIXI. 
1.1 Qadimgi O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’atining rivojlanishi. 
O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O‘tmishda ota-
bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini 
yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda. 
Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, 
sandiq, belanchak, cholg‘u asboblari, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib turarjoy va 
jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga 
soladi, uni o‘ylantiradi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan 
bo‘lib, asrlar davomida rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan 
bog‘langan holda takomillashib bordi (Xorazmlik naqqoshlar, “Majnuntol” turarjoy 
binosi devoridagi naqshning bir qismi. Buxoro, “Anor” turarjoy binosi devoridagi 
naqshning bir qismi. Buxoro G‘ishtlik masjidi, naqshning bir qismi, 
Jomiy masjidi, shift va ustun sharafasidagi naqshning bir qismi. Qo‘qon. XIX asr, 
Kalontarov uyi, zalidagi naqshning bir qismi. Samarqand, XX asr, Kalontarov uyi, 
yotoqxona uyidagi naqshning bir qismi. Xayroboddagi masjid, ustun (bolor)dagi 
naqshlar. (Toshkent XX asr). Naqsh – arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. 
Qush, hayvon, o‘simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma’lum tartibda 
takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir (Beshik - Samarqand. Shatranj doskasi - 
Buxoro, XIX asr. Egar - Buxoro, XX asr boshlari. Turqovoq - Samarqand
1901 yil. Kursicha - Toshkent, XX asr o‘rtalari. Ganchkorlik, kandakorlik, 
kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish, to‘qimachilik, 
inkurustatsiya, panjaralar va hokazolarda har xil yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi. 
Masalan, o‘yib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa usullarda naqsh 
solinadi. Naqqoshlik san’ati tarixi insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadimiydir. 
Madaniyatning rivojlanishi natijasida rassomlik va naqqoshlik ajralib chiqdi hamda 
rivojlandi. Har xil arxeologik qazilmalar shuni ko‘rsatadiki, naqqoshlik jahondagi 
barcha 
xalqlarda 
qadimdan 
mavjud 
ekanligi 
bizga 
ma’lum 
bo‘ldi. Chunonchi, Xitoyda, Qadimiy Eronda, Hindistonda va boshqa joylarda 
naqshning har xil turlarini ko‘rish mumkin. Naqqoshlik har bir davlatning o‘ziga xos 



muhitiga: geografik o‘rniga, o‘lkaning o‘simlik dunyosiga ko‘ra rivoj topdi. 
Masalan, arman va gruzinlarda uzum va uzum bargi, shimol xalqlarida archa va har 
xil hayvonlar, qirg‘iz va qozoqlarda mol shoxi, tojiklar va o‘zbek xalqlarining 
naqshlariga qarasak anor, bodom, gullar, qalampir va boshqalarni ramziy naqsh 
tariqasida ishlatilganligini ko‘rasiz. Yevropada barokko, gotika, roman, klassitsizm 
uslublari har xil davrlarda hukmron bo‘ldi. Bu esa o‘z-o‘zidan naqqoshlik 
san’atining rivojlanishiga ta’sir etdi. O‘zbekiston territoriyasidagi arxeologik 
qazilmalardan Xorazm, Sug‘d, Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqsh san’atining 
rivojlanganligi ma’lum. Olimlarimiz Surxandaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II asr), 
Dalvarzintepa (I asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan naqsh qoldiqlari 
orqali isbotlab berganlar. Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumental naqshlar 
bilan bezatilganligi bizga ma’lum. VI-VII asrlarda ibodatxonalar, qasrlar va 
boylarning uylari o‘yma naqshlar hamda tasvirlar bilan bezatilgan. Tantanali 
marosimlarga mo‘ljallangan xonalardagi dabdabali ajoyib naqshlarni ko‘rib hayron 
bo‘ladi kishi. Ularning birini qarasangiz devorlarda bazmi jamshid, ov ko‘rinishi, 
manzaralar hamda diniy marosimlar tasvirlangan. Jonli maxluqlar qizil va ko‘k 
ranglar bilan bo‘yab tasvirlangan. VII asrning oxiri VIII asrning boshlarida O‘rta 
Osiyoni arablar bosib olishi natijasida qaror topgan islom dini o‘zidan oldingi 
madaniyatning ildiziga bolta urdi. Yangi din hamda yangi g‘oya O‘rta Osiyo tasviriy 
san’atiga ta’sirini o‘tkazdi. Jonli mavjudotlarni aks ettirish man etildi. Keyinchalik 
yuzaga 
kelgan 
diniy 
sharhlar 
va 
hodisalar 
ko‘proq 
murosasiz 
yo‘l tuta borib, qat’iy ravishda shunday der edi: “Tangri yoki odamzod suratini 
chizishdan tiyiling, faqatgina daraxtlar, gullar va jonsiz mavjudotlarning suratini 
chizing aks holda bu qoidani buzgan kishi gunohi azim qilgan bo‘ladi”, deb 
qo‘rqitilgan. Jonli mavjudotlar suratini chizish man etilishining ma’nosi shundaki, 
xudodan boshqa hech kim biror narsa yaratish u yoqda tursin, hatto xudo yaratgan 
narsani qayta gavdalantirishi ham mumkin emas va bu uning qo‘lidan kelmaydi, aks 
holda, musavvir xudo bilan bahs boylashib, uning irodasiga shak keltirgan bo‘ladi». 
Islom talablariga bo‘ysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va odamlarni 
tasvirlash yo‘qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi o‘zlashtirildi. Natijada 



naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi paydo bo‘ldi. Arab yozuvi naqshlar 
bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham bezak, ham duo afsunlar vazifasini bajardi. 
IX-X asrlarda O‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi. Arxitekturada 
g‘isht qalab naqsh solish yuksak darajada rivojlandi, binolarning ichki tomoniga 
ganch, yog‘och o‘ymakorligini qo‘llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa, 
maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch naqshlar bilan juda nafis 
bezatiladi. Naqshlar murakkablashib bordi. Ularning yangi nusxalarida ramz, 
tasvirlar, timsol, duo afsunlar, tasbih va boshqalar naqadar mo‘lligini ko‘ramiz. 
Ramziy naqshlar dunyoda sodir bo‘layotgan voqeliklar, tilaklarni aks ettirgan. Har 
bir chizilgan naqshda o‘ziga xos ma’no bo‘lgan. Chunonchi, o‘simliksimon naqsh 
gulsapsarni olaylik, u osoyishtalik va umr uzoqlik timsoli, «pechak islimiy» naqshi 
boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to‘kinchilik hamda bahor chog‘ida 
uyg‘onishni bildiradi. Musavvirning tasvirlari bu uning ona tabiatga bo‘lgan 
muhabbatini bildiradi. Uning ranglari o‘ziga xos ma’no va xarakterga ega. Naqsh 
o‘zbek madaniyatining hamma bosqichlarida hamroh bo‘lib kelgan. Eng oddiy 
prinsiplari bir-biriga mutanosiblik, uyg‘unlik, yo‘sin va usullarini ajoyib qayta-qayta 
takrorlashuvidir. Xalq naqqoshlari naqshlarning har bir detaliga alohida e’tibor 
berib, uning tabiiyligini yo‘qotmaganlar, har bir element ustida puxta fikr 
yuritganlar. Har bir naqsh negizida ma’lum ramziy ma’no singdirilgan. XI-XII 
asrlarda O‘zbekiston territoriyasida arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, 
naqshlar ichida geometrik naqsh ko‘p ishlatilgan. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə