Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

XUDOYBERGAN MUHRKAN – 
(1822-Xiva-1920) – xattot, naqqosh, 
bastakor. To‘p quyuvchi Usta Muhammad Panohning o‘g‘li. Otasidan to‘p 
quyushni, xattot Usta Ermon xalifadan xattotlikni, muhrkan Usta Islom xo‘jadan 
muhrkanlikni o‘rgangan. Xudoybergan Muhrkan xon saroyida devon lavozimida 


13 
ishlagani uchun «devon», davlat zarbxonasida tanga pullar uchun qoliplar va 
muhrlar yasagani uchun «muhrkan» nomlariga sazovor bo‘lgan. Xudoybergan 
Muhrkan Muhammad Rahimxon II saroyi kutubxonasidagi kitoblarning asosiy 
qismini (masalan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida 
saqlanayotgan Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang», «Silsilat o‘z-zahab», 
«Layli va Majnun», «Yusuf va Zulayxo» dostonlari va boshqalar chiroyli nafis 
yozuvlarda ko‘chirgan. Xudoybergan Muhrkan marmar taxtalar, o‘ratosh 
(poyustun)larni chiroyli yozuv va nafis naqshlar bilan she’riy tarixlarni marmar 
toshga o‘yib yozgan va gullar bilan bezagan; Xudoybergan Muhrkan ishlaridan 
namunalar Xivadagi ko‘pgina me’moriy obidalarda saqlangan: Said Mahruyjon 
maqbarasi (1864), Asfandiyorxon harami (1896) va qabulxonasi (1912), Yusuf 
yasovulboshi (1906). 
 2.2. Farg’ona naqqoshlik maktabi tarixi. 
Farg‘ona naqshi Xo‘jand, Marg‘ilon, Qo‘qon, Farg‘ona, Andijon, Namangan, 
Chust, Quva, Oltiariq va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublardan iborat. 
XIX asr va XX asr boshlariga mansub bo‘lgan naqshlar ko‘plab osori atiqalarda 
saqlanib qolgan. Qo‘qondagi Madalixon dahasi va Dahai Shohon, Xudoyorxon 
o‘rdasidagi va boshqa naqshlar o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lsada, Farg‘ona 
naqshlarida ko‘proq Buxoro, Xiva naqshlarining ta’siri bor. Hattoki rus 
naqqoshlarining uslubi ham har yerda uchrab turadi. Lekin Farg‘ona vodiysida 
o‘ziga xos naqqoshlik maktabi rivoj topgan edi. Farg‘ona naqqoshlari girih, 
o‘simliksimon (islimiy) va gulli girih naqshlarini bezaklarda qo‘llaganlar.
Kompozitsiyalarning 
simmetriyali 
bo‘lish 
prinsipiga 
amal 
qilganlar 
(Qo‘qonlik naqqosh S.Mahmudovning ishlagan naqshi). U boshqa naqqoshlik 
maktablaridan naqshlarining tabiatga juda yaqinligi, erkin ishlanishi, ranglarining 
kontrastligi bilan farqlangan. Bulardan tashqari Farg‘ona naqshlarida tabiatdagi gul, 
barg, g‘uncha va boshqalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilgan. Chunonchi 
Farg‘ona naqshlariga qarasak, pista gul, anor, atirgul, majnuntol, bodomgul va 
boshqalarni ko‘rishimiz mumkin. Farg‘ona vodiysidagi naqsh kompozitsiyalarning 


14 
tabiatga juda yaqinligi Toshkent, Xiva va Samarqand naqshlaridan ajralib turadi.
Farg‘onada naqqoshlar chetlari chiroyli qilib, ichiga islimiy shakl tushurilgan qizil, 
yashil bo‘yoqlar bilan turunjni afzal ko‘radi. Farg‘ona naqqoshlik maktabining 
namoyondalaridan biri Saidmahmud Norqo‘zievdir. Saidmahmud Norqo‘ziyev 
naqqoshlik maktabini yaratgan ustazoda naqqoshlardan. Saidmahmud Norqo‘ziyev 
1883-yili Qo‘qon shahrida naqqosh oilasida tug‘ildi. Uning otasi Norqo‘zi 
Nurmatov o‘sha davrda Qo‘qon shahrida dong taratgan usta naqqoshlardan edi. 
Saidmahmud Norqo‘ziyevning otasi juda ko‘p shaharlarga borar edi, 
ayniqsa Toshkentdagi Knyaz N.Romanovning saroyini, A.Polovtsev uyini (hozirgi 
xalqqa amaliy san’ati muzeyi) va boshqa turarjoy binolarini bezashda qatnashib 
xalqqa tanilgan. Saidmahmud yoshligidan naqsh chizishga, rasm solishga qiziqib, 
bu san’at sirlarini o‘rgana boshladi. U 7 yoshligidan boshlab xususiy maktabga bordi 
u ko‘pincha otasining naqsh andozalarini tamosha qilib, ulardan nusxalar ko‘chirar 
edi. Keyinchalik u har xil naqsh kompozitsiyalarini o‘zi ijod qilib chiza boshladi. 
Bir kuni Qo‘qonda mashhur naqqosh Muhammad Soli, Saidmahmudning 
naqshlarini ko‘rib hayratda qoladi va unga tasanno o‘qiydi. 1895-yildan boshlab 
usta naqqosh Muhammad Solihga shogird bo‘lib, ko‘pgina boylarning uylarini 
bezashda qatnashdi. 1899-yili Saidmahmud otasi bilan birga Farg‘ona, 
Andijondagi bir qancha uylarni bezadilar. Uning tajribasi oshib, o‘zi bemalol naqsh 
kompozitsiyalarini mustaqil chiza oladigan, xohlagan naqshini qiynalmasdan 
chizadigan dara jaga erishdi. U 30 yoshida otasidan fotiha olib usta bo‘ldi. O‘sha 
kundan boshlab u mustaqil ishlashga muyassar bo‘ldi. 1903 yildan boshlab 
shaharlardagi boylarning buyurtmalarini, ayniqsa, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, 
Jalolobod, o‘sha va boshqa joylardagi uylarni, masjidlarni bezab shuhrat qozondi. 
Avval boylarning uylarini bezagan bo‘lsa, keyin madaniyat uylari va saroylarini, 
choyxona va boshqa joylarni bezadi. 30 yillarda usta o‘g‘illari Saidmahmud va 
Saidumar naqqoshlik sirlarini o‘rgandilar o‘g‘li va nevaralari bilan Farg‘ona 
vodiysidagi 30 ga yaqin choyxonani bezadilar. 1946-yili Alisher Navoiy nomidagi 
teatr binosiga turli viloyatlardan ganch o‘ymakorlar, naqqoshlar, yog‘och 


15 
o‘ymakorlar, misgarlar va boshqalar taklif qilindi. Shu ustalar ichida Usta 
Norqo‘ziyev ham naqsh bezagiga taklif etildi. 
Uning boshchiligida Farg‘ona zali bezatildi va ko‘pgina boshqa zallar uchun 
naqsh andazalar tayyorlab berdi. Norqo‘ziyev andozalari bo‘yicha naqshlar chizildi 
va ganch o‘ymakorligi bajarildi. Arxitektor S.Polupanov duxobaga zardo‘zlik 
naqshini bajarish uchun ko‘pgina andozalar taklif qildi. Saidmahmud 
Norqo‘ziyevning ko‘pgina arxitektura yodgorliklarini qayta tiklashda xizmatlari 
katta. U 30-40 yillarda Qo‘qondagi Xudoyorxon o‘rdasini ta’mir etishda qatnashdi. 
Usta 1954-yili o‘zining ajoyib naqsh kompozitsiyalari bilan birinchi butunittifoq 
xalq amaliy san’ati ustalari ijodi va jumhuriyat xalq amaliy bezak san’ati 
ko‘rgazmalarida qatnashdi. 1959-yili Moskvada ochilgan O‘zbekiston adabiyoti va 
san’ati ko‘rgazmasida o‘zining naqshli namoyoni bilan qatnashdi. «Usta 
Norqo‘ziyev – talantli naqqosh, sidqidildan o‘z ishiga berilgan – yangilik yaratuvchi 
rassomdir. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə