Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

Farg’ona naqqoshlik maktabi
nomi bilan tilga olinadigan Xo’jand, 
Marg’ilon, Qo’qon, Farg’ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq va 
Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidaxmad 
Norqo’zievni ham alohida ta`kidlash joizdir. Bugungi kun yoshlari ularning ishlarini 
sadoqat, ixlos, mehr-muhabbat bilan o’rganmoqdalar. Bu yo’lda ularga bajonidil 
ustozlik qilib kelayotgan Namangan naqqoshlik maktabini asoschilaridan biri xalq 
ustasi Asqarali Akbarovdir. Asqarali Akbarov 1951 yili Qirg’izistonning Yangiyo’l 


16 
tumanida Qutchu avulida tavallud topgan. Shahidlar mozori tabarruk Safed 
Bulondan 20-25 chaqirim masofada, tog’lar orasida joylashgan bu xushmanzara 
maskanga Asqarbekning ota avlodi 1917 yildagi o’zgarishlardan keyingi alg’ov-
dalg’ov yillari borib qolishgan. Aslida esa bo’lg’usi xalq ustasining ota jihat 
avlodlari Yangiqo’rg’on tumanidagi Iskovot qishlog’idanu, ona taraf qarindoshlari 
Namangan shahrining Langar Buvasida istiqomat qilganlar. O’rta Osiyo naqqoshlik 
san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O’tmishda ota-bobolarimiz ko’rgan
muxtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yuqotmagan. Yuksak 
did bilan ishlangan naqshlar bizni xayratga solib kelmoqda. Milliy naqshlarimiz 
g’oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak,
cholg’u asboblari, uy-ro’zg’or buyumlaridan tortib turar joy va jamoat 
binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni xayratga soladi, uni 
o’ylantiradi

Bu go’zal
 
naqshlar
 
ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo’lib, 
asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi,
 
me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji
 
bilan
 
bog’langan holda takomillashib bordi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə