Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


 O’zbek xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

1.2. O’zbek xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini 
saqlashda usta naqqoshlarning ijodiy faoliyati. 
Naqqoshlik san`ati O’rta Osiyoda
juda qadimiy bo’lishi bilan birga, ajib, o’ziga 
xos, betakror namunalari bilan ajralib turadi. Har bir naqshning tashqi ko’rinishini 
ifodalovchi ajib bir gullari, yaproq, novda, islimi, girixi kabilar bilan birga chuqur 
ichki ma`nosi bor. Bunda har bir shakl aniq o’lchamda, hamohang bo’lishi, ranglar 
did bilan o’zaro mutanosib tanlanishi kerak. 


10 
Ma`lumki, O’rta Osiyoga islom dinini kirib kelishi bilan joriy etilgan jonli 
mavjudot tasvirini ishlashning ma`n qilinishi tasviriy san`atni rangtasvir, 
haykaltaroshlik kabi turlarini rivojlanishiga to’sqinlik qilgan, biroq, xalq amaliy 
san`ati, xususan naqqoshlik san`ati keng taraqqiy etishiga ham katta turtki bo’lgan. 
Binolar, turli idish-tovoqlar, buyumlar, qurol-aslahalar naqsh bilan bezatildi. 
Shaharlar husniga ko’rk bo’lgan qadimiy obidalar, masjidu- madrasalar, xonoqo va 
maqbaralar naqsh bilan bezatildi, ganch va yog’och o’ymakorligi keng ko’lamda 
qo’llanildi. 
Naqqoshlik amaliy sanʼatning qadimiy sohasi naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta 
qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi 
(ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), andoza tayyorlaydi. Amaliy 
sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan andoza 
yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayoni-daustalar 
tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. Naqqoshlikda naqsh, bezakni malakali 
naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik, 
kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqa dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish 
mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka 
talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilimdon, isteʼdodli qismini 
tashkil etgan, ular ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, 
kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan. Oʻrta Osiyo hududidagi meʼmoriy yod-
gorliklar, 
arxeologik 
qazilmalar 
naqqoshlikning 
bu 
yerda 
qadimdan 
rivojlanganligini koʻrsatadi. Amaliy bezak sanʼati turlari (kulollik, miskarlik, 
zargarlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqalar) hamda 
meʼmorlikning taraqqiyoti N.ning ham rivojini taqozo etdi. Qoʻyqirilganqalʼa, 
Tuproqqalʼa, Koʻhna Urganch, qad. Termiz, Ayritom, Bolaliktepa, Varaxsha, 
Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan turli xil uslubdagi naqsh namunalarining 
jozibadorligi ajdodlarning yuksak madaniyatidan darak beradi. Naqqoshlik ayniqsa, 
oʻrta asrlarda (9—12, 14—15, 18—19-asrlar)da keng tarqaldi. Kitobat sanʼatiaa 
qoʻlyozmalarni moʻʼjaz asarlar bilan bezashda naqqoshlik musavvirlik asosiy oʻrin 


11 
tutadi; meʼmorlikda naqshlarni qoʻllash, ayniqsa, taraqqiy etib, oʻz qonunqoidalari 
hamda uslublari, oʻziga xos ranglar uygʻunligiga va mustaqil mujassamotlariga ega 
boʻlgan. O’zbek xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlash va 
madaniy merosini to’plashni davlatimiz o’z zimmasiga oldi. Madaniy yodgorliklarni 
saqlash jamiyati tuzildi. 1918 yili 5 dekabrda qadimiy arxitektura yodgorliklarini va 
san’at asarlarini hisobga olish va saqlash haqida dekret chiqarildi. Naqqosh ustalar 
ham boshqa ustalar qatori machit, madrasa, turar joylarni, saroylarni ta’mirlashni 
boshlab yubordilar. 1930-yildan so’ng ko’pgina jamoat uylari, choyxonalar, 
madaniyat uylari, saroylarni va boshqa joylarni yog’och naqsh va ganch bilan 
bezatila boshlandi. Naqqoshlik san’atini rivojlantirishda ajoyib xalq ustalari 
Farg’onalik Saidmaxmud Norquziyev, Toshkentlik Toxir To’xtaxo’jayev, Olimjon 
Qosimjonov, Yoqubjon Raufov. Jalil Xakimov, Xivalik Abdulla Boltayev, S. 
Xudoyberganov, X. Raximov, Samarqandlik Jalol va Bolta Jalilovlar, usta 
Madaminjon Xusanov va boshqalar hamda ularning shogirdlari yaratgan asarlar 
hozir ham xalqqa xizmat qilyapti. Ular avloddan avlodga meros bo’lib kelayotgan 
naqqoshlik san’atiga katta xissa qo’shdilar. Ular o’zbek naqshlarining elementlariga 
yangicha elementlar (o’roq va bolta, kabutar, paxta, yulduz va boshqalar) yangicha 
g’oyalar kiritdilar. Lekin o’zimizning an’anaviy o’zbek xalqining o’ziga xos milliy 
san’atini saqlab qoldilar. Ular zamonaviy binolarga moslab o’zbek milliy naqsh 
elementlari bo’lmish nozik majnuntol nixollari, anor bo’togi, guli butalar va boshqa 
o’simliklarni tasvirladilar. XX asrning urtalarida naqqoshlik san’ati yanada rivoj 
topdi. Devorlarga manzarali monumental tasvirning mashxur ustasi Chingiz 
Axmarov Sharq miniatyurasining eng yaxshi namunalaridan hamda O’rta Osiyo 
xalqlarining badiiy merosidan ilhomlanib ajoyib devoriy rasmlar yaratdi. O’zbek 
xalqi ikki ming yil davomida xalq amaliy san’atining shunday ajoyib namunalarini 
yaratdi va yaratib kelmoqda. Naqqoshlar o’zlarining yuksak badiiy maxorati va 
nazokati bilan bugungi kunda ham kishilarni xayratga solmoqdalar. 
Ana shunday milliy san`atimiz bo’lgan xalq amaliy san`atining bizgacha etib 
kelishi va rivojlanishida mashhur ustalar Usta Shirin Murodov, Yusufali Musaev, 
Umrzoq Ahmedov, Ota Polvonovlarning hissalari beqiyosdir. 


12 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə