Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


Xulosa ………………………………………………………………………....27



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix12.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#109855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
KURS ishi.Norqobilova M. Naqqoshlik maktablari

Xulosa ………………………………………………………………………....27 
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………....28 
Ilovalar………………………………………………………………………....29 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH. 
Qadimda odamlar yashayotgan maskanlariga, devor-u toshlarga ov jarayonlari, 
jang-u jadallar, bazmlar, tantanali marosimlarni aks ettirganlar. Jumladan
Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa va boshqa obidalar qoldiqlari shundan dalolat 
beradi. 
Keyinchalik, 
ayrim 
sabablarga 
ko‘ra 
tirik 
mavjudotni 
aks ettirish taqiqlab qo‘yildi. Shuning uchun tasviriy san’at o‘rnini o‘simliksimon, 
geometrik naqshli bezaklar egalladi.
Rang-barang, o‘simliksimon, geometrik naqshlar, ularning o‘zaro joylashishida 
chuqur mazmun singdirilgan. Tasvirlangan naqshlarda ramziylik ustivordir. Ota-
bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan 
bir qatorda ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini kuylaganlar. 
Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har taraflama o‘rganib, 
uylarni ajoyib naqshnigorlar bilan boyitganlar. Naqshlangan uyda kishilar xotirjam, 
ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr ko‘rishini donishmand bobolar 
asrlar davomida hayotiy tajribalar asosida ilg‘aganlar. Keksa ustalarimizning 
aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san’ati shunchalik rivojlangan ekanki, ular 
chizgan yoki bo‘yagan naqshlari orqali bir-birlari bilan unsiz ovozda gaplasha olar 
ekanlar. Naqqoshlik san’ati tilini bilish uchun naqshning har bir unsuri va 
ranglarining ramziy alifbosini bilmoq kerak bo‘lgan. Alisher Navoiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav 
Dehlaviy, Kamoliddin Behzod, Maoniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, Bobur kabi 
jahonga mashhur olim, shoir va naqqoshlar binolarimizni kishilar xayolini o‘ziga 
tortuvchi, tabiatning go‘zal manzaralariga monand naqshlar bilan bezashga 
chaqirganlar. Kishilarni go‘zallik bilan yaqin do‘st, birodar bo‘lishga undaganlar. 
Arab imlosi, g‘azal, bitiklar, naqshlar, me’moriy obidalar, tasviriy san’atning 
islimiy-tilsimiy turlari eshitish va ko‘rish a’zolarimiz orqali ruhimizga hissiy 
quvonch olib keladi.
Tasviriy va amaliy san’atni o’qitishda o’quvchilarni borliqdagi va san’at 
asarlaridagi nafosatni ko’rishga, idrok etishga undan zavqlanishga hamda 



qadirlashga o’rgatish o’qituvchining etibor berishi lozim bo’lgan asosiy jihatlar 
hisoblanadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə