R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə7/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan. 1009 kishi yarador bo‘lgan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Mudhish voqealardan keyin berilgan rasmiy bayonotlarga ko‘ra, respublikada vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikdan ommaviy tartibsizliklarni, millatlar o‘rtasida nifoq va to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishga uringan ekstremistik kuchlar turgan. Bu ataylab uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik edi. Farg‘onadagi mudhish voqea Sumgayit, Boku, Tog‘li Qorabog‘, O‘sh-O‘zgan va boshqa mintaqalarda xuddi shunday tarzda uyushtirilgan ig‘vogarlik bilan bir qatorda turar edi. Farg‘ona voqealaridan keyin O‘zbekistonning I.Karimov boshliq siyosiy rahbariyati bu masalada fojeaning asl sabablarini ochib tashlash, o‘z xalqining shon-shuhrati va
qadr-qimmatini himoya qilish yo‘lidagi o‘zlarining mashaqqatli urinishlarida ular respublikaning eng keskin muammolarini birinchi bor oshkora ravishda muhokamaga qo‘ya boshladilar.
XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan «kadrlar to‘dasi» ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy insonniing O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
Islom Karimovning mustaqillik arafasida markazga har doim ham xush kelmaydigan, ammo respublika va uning aholisi manfaatlariga javob beradigan ichki hamda tashqi siyosati, amalga oshirgan chora-tadbirlari, rahbarlik irodasi va siyosatchi sifatidagi aql-idroki tarixiy burilish pallasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. I. A. Karimov respublikamizdagi o‘sha davrdagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni chuqur tahlil qilib, aholining, ayniqsa, qishloq aholisining moddiy va ijtimoiy ahvolini bir muncha bo‘lsa-da yaxshilash uchun paxta ekin maydonlarini qisqartirish, uni ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishni maqsad qilib qo‘ydi. Shuning uchun 1989-yil 17-avgustda I.Karimov boshchiligida respublika hukumatining yig‘ilishida «qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida»gi qaror qabul qilinadi. Qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 sotihdan er ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko‘paytirish kuzda tutilgan edi. Buning natijasida 1989-1990 yillarda 1,5 mln.dan ko‘proq oilaga qo‘shimcha er ajratildi. 700 ming oilaga yangi tomorqa erlari berildi. Paxta etishtirish plani 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkaxokimligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki, ammo o‘ta muhim amaliy qadam edi Respublikada kuchayib ketgan bu jarayonlar o‘z navbatida iqtisodiy tanglik bilan bog‘liq ekanligi ma’lum edi. Avval milliy manfaatlari toptalgan xalqlarga o‘zligini anglashga yo‘l ochgan O‘zbekiston endi butun respublikada iqtisodiy tanglikni oldini olish chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak, ularni izga solish uchun chora-tadbirlarni belgilab, amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqish ham muhim edi.
1990-yil 1-noyabrga kelib qishloqda yashovchi 2.220.129 oiladan 1.327.149 oila yangi tomorqa uchastkalari olish va mavjudlarni kengaytirishga muhtoj bo‘lgan holda ularning 394.098 nafar oilasi yangi yer uchastkalari olishdi. Ularga foydalanishlari uchun 55.036 gektar yer ajratib berildi. O‘z uchastkalarini kengaytirishga muhtoj bo‘lgan 933 164 oiladan hammasining talabi qondirildi. Ularga ko‘shimcha ravishda 101.117 gektar yer ajratildi. Natijada, qishloq
mehnatkashlarining davlat tomonidan olgan erlari 156.153 gektarga etdi. Bundan tashqari bu qaror bajarib bo‘lingandan so‘ng yangi tashkil topgan oilalarga ham maydoni 11.009 gektar bo‘lgan 87.515 ta tomorqa uchastkasi ajratib berildi. Mazkur tashkil topgan xo‘jaliklarda etishtirilgan mahsulotlarni sotib olish maqsadida davlat 1990-yilda 765.862 ta shartnoma tuzdi.
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi xo‘jalikda etishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga chiqarish imkoniga ham ega bo‘ldi. Natijada, mayda tovar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila boshladi. Bunday yordamchi xo‘jaliklar bozor munosabatlarini rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirishga muayyan hissa qo‘sha boshladilar. 1990-yil 28-iyulda Prezident Islom Karimovning «Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risida»ni Farmoni e’lon kilindi. Mazkur farmoning qabul qilinishi qishloq qiyofasini tubdan o‘zgartirish, u erda yashovchi fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash borasida tashlangan yana bir muhim qadam edi.
Shunday murakkab ijtimoiy, siyosiy vaziyatda respublikada keng munozaraga sabab bo‘lgan muammolardan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bo’ldi. Ma’lumki turg‘unlik yillarida o‘zbek tiliga munosabat o‘zgacha edi. O‘zbek tili davlat idoralarida ham, yig‘ilishlarda ham iste’molda emas edi. 80 yillarning oxiriga kelib xalq milliy ongining o‘sishi, jamiyatning ijtimoiy qonuniyatlari va talabi o‘zbek tili masalasini ko‘rib chiqishni kun tartibiga qo’yilishiga turtki bo‘ldi. Shu tarzda xukumat va mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi sa’i xarakatlari tufayli yangi loyiha tayorlanib, u 1989-yil 11-oktyabr kuni matbuotda e’lon qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so‘ng O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktyabrda bolgan 11 sessiyasida «O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida» Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun xalq madaniy merosi, milliy qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, shu asosda milliy ong, ruhiyat mustahkamligi, ijtimoiy faollik kuchayishiga ham yo‘l ochib berdi. Shu ma’noda milliy tillarga davlat maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi olib borilayotgan mustaqillik yo‘lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy ta’sir etdi. Davlat tili haqidagi qonun milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam bo‘ldi va milliy mustaqillikning ma’naviy poydevoriga asos bo‘ldi. O‘z-o‘zidan, ushbu Qonun o‘zbek xalqining mavqeini tiklashga, uning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to‘la amal qilishiga katta imkon yaratdi.
2019-yil o‘zbek tiliga «Davlat tili» maqomining berilganiga 30 yil to’ldi . Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 21-oktyabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Farmoni qabul qilindi. Unga binoan 21-oktyabr sanasi yurtimizda «Oʻzbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganinig o’ttiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqida shunday degan edi: «Bugun Jonajon O’zbekistonimiz «Milliy tiklanishdan –milliy yuksalish sari» degan ustivor g‘oya asosida o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil
qadam qo‘ymoqda. Barcha sohalar bilan birga davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda o‘zbek tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo’llanmoqda, xalqaro minbarlardan barilla yangramoqa.
Davlatimiz tomonidan ma’naviy hayotimizni yanada rivojlantirish, jumladan, ta’lim tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, madaniyat,san’at va adabiyot soxalarini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish bo’yicha qabul qilingan o’nlab farmon va qarorlar o‘zbek tili ravnaqiga bevosita xizmat qilmoqda .
Bu haqda gapirganda, keyingi yillarda ona tilimizda faoliyat yuritayotgan yuzlab bog‘chalar, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yangi gazeta va jurnallar, tele- radiyo kanallar, nashriyotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, kutubxonalar tashkil etilayotganini qayd etish lozim.
Aliser Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda fol’klorshunoslik, dialektologiya, turkalogiya, matnshunoslik kabi yo‘nalishlar ochildi.
Bu borada yangi o‘quv dasturlari yaratilayotgani, darslik va qo‘llanmalar, risola va monografiyalar nashr etilayotgani, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalari o‘zbek tilining buguni va istiqboli haqida amaliy taklif va tashabbuslar bildirayotgani g’oyat muhim ahamiyatga ega” .
Shuningdek, ushbu ma’ruzada O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lganligi, bu o‘z navbatida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, o‘zbek tilini esa xalqaro maqomini yuksalishiga olib kelishi haqida ham to‘xtab o‘tildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish tog‘risida»gi Farmonning imzolanishi va unga binoan
«Davlat tili haqidagi»qonunning qabul qilinishi xalqimiz hayotida ulkan voqea bo‘ldi. 2019-yil 21-oktyabrdan e’tiboran yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni»ni noshonlash an’anaga kiritildi. Bu esa xalqimizning milliy ruxini va g‘ururini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə